.1 Jahon amaliyoti ko'rsatishicha, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energiya, material va kapital sig'imkorligini yuqoriligi, zamonaviy texnologiyani o'zida mujassamlashtirmaganligi mahsulotlarning
raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiy adabiyotda "iqtisodiyotni modernizasiyalash" kategoriyasi "innovasiya", "diversifikasiya", "barqaror iqtisodiy o'sish", "o'tish iqtisodiyoti" kabi tushunchalar bilan uzviy bog'liqlikda tahlil qilingan. O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida modernizasiya nazariyalaridan deyarli foydalanilmagan va aksariyat hollarda "islohotlar" va "o'tish (tranzit) iqtisodiyoti" tushunchalari qo'llanilgan. Iqtisodiy islohotlar jarayonida birgina bozor institutlari samarali iqtisodiy rivojlanishni ta'minlab bera olmasligi ma'lum bo'ldi va iqtisodiy aylanmaga "modernizasiya", "tarkibiy o'zgarishlar", "milliy raqobatbardoshlik" tushunchalari kiritildi. Bunda modernizasiya aksariyat mamlakatlarda milliy dastur sifatida qabul qilina boshlandi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash mexanizmi "iqtisodiyotni modernizasiyalash" kategoriyasi "sanoatlashtirish", "innovatsiya", "iqtisodiyotni erkinlashtirish", "iqtisodiyotni diversifikasiyalash", "inson kapitali", "milliy boylik" kabi qator tushunchalar bilan uzviy birlikda o'rganildi. Natijada ushbu tushunchalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik iqtisodiyotni modernizasiyalash kategoriyasining tavsifini to'liqroq ochib beradi va iqtisodiyotni modernizasiyalashning iqtisodiy qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun real sektor tarmoqlarini modernizasiyalash va diversifikasiyalash zarur. Bunda iqtisodiyotni modernizasiyalash diversifikasiyalash jarayonlari bilan parallel ravishda kechadi va o'zaro uzviy bog'liqlikda amal qilib, pirovardida innovasion taraqqiyotni ta'minlaydi. Innovasion taraqqiyot yuqori texnologiyani mujassamlashtirgan qo'shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, eksport hajmini ortishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlab, milliy boylikni ko'paytirish orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi ta'minlanadi. Iqtisodiy adabiyotda iqtisodiyotni modernizasiyalash kategoriyasiga turlicha iqtisodiy qarashlar berilgan. V. Gelman iqtisodiyotni modernizasiyalash deganda, dastlab, iqtisodiy o'sish, turmush darajasini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini 3 tushunadi.Ushbu ta'rifning kamchiligi shundaki, chora-tadbirlar majmuasining o'zi bilangina modernizasiyalash ro'y bermaydi, ular to'g'ri amalga oshirilishi zarur. Ye. Yasin fikricha ko'ra, iqtisodiy modernizasiya "...barqaror rivojlanish va rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin egallashni ta'minlash uchun davlat va undagi yetakchi tarmoqlarning jahondagi raqobatbardoshligiga erishishdir4 ." Ushbu ta'rif modernizasiyaning mohiyatini to'laroq ochib beradi, modernizasiyalash orqali barqaror rivojlanishga erishish mumkin, lekin modernizasiyalash jarayonida iqtisodiyotning real tarmoqlarida, jumladan sanoatda iqtisodiy o'sish sur'atlari yuqori bo'ladi. V. Krasil^ikov tomonidan iqtisodiyotni modernizasiyalash kategoriyasiga to'laroq ta'rif berilgan. Uning fikriga ko'ra, "Umumiy ma'noda modernizasiya XX asrning ikkinchi yarmida Avstraliya va Yangi Zelandiya, G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning yetakchi davlatlaridagi turmush darajasi va jamiyatning taraqqiyot darajasiga yetkazishga yo'naltirilgan ijtimoiy va texnologik o'zgarishlar yig'indisidir5." Mazkur ta'rifda modernizasiya dasturi amalga oshiriladigan davlatning spesifik xususiyatlari nazardan chetda qoldirilgan. Ayrim mamlakatning tajribasini ko'r-ko'rona mexanik ko'chirib olish, kutilgan natijani bermaydi. Ayrim iqtisodchilar fikriga ko'ra, iqtisodiy modernizasiyaning konseptual g'oyasi "iqtisodiy, texnologik va institusional jihatdan ortda qolishni tan olish va uni yangi rivojlanish bosqichiga olib o'tish zaruriyati"6dan iborat. Ushbu ta'rifdagi ortda qolish tushunchasiga aniqlik kiritish zarur. Iqtisodiyotni modernizasiyalashni iqtisodiy kategoriyasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Iqtisodiyotni modernizasiyalash ishlab chiqarish omillarini takomillashtirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat uzluksiz jarayondir. Jahon amaliyotida iqtisodiyotni modernizasiyalashga xos bo'lgan xususiyatlarni umumlashtirgan holda quyidagicha guruhlashimiz mumkin: Birinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalash mamlakatning geosiyosiy va strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda muayyan milliy model asosida amalga oshadi. Ikkinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalash bosqichi ma'lum muddat ichida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash loyihasini amalga oshirish muddatlari 10 yildan 30 yilgacha davom etib, jahonning rivojlangan mamlakatlarida XX asrning ikkinchi yarmi va oxirgi choragida amalga oshirilgan modernizasiyalash tajribalari diqqatga molik. Uchinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalash siyosati o'zining harakatlantiruvchi kuchlariga ega (investisiya va ishchi kuchi). Milliy iqtisodiyotda investisiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi, investisiya normasi 25-35 foiz oralig'ida bo'lishi tarkibiy o'zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizasiya qilishni ta'minlaydi. To'rtinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalashda makroiqtisodiy ko'rsatkichlar barqaror o'sish sur'atlariga ega bo'ladi. O'zbekistonda 2005-2017 yillarda YAIMning o'rtacha yillik o'sishi 7 foizdan yuqori bo'lgan va bu o'sish sur'ati aholi jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromadning mos ravishda ortib borishini ta'minladi. YAIMning tarmoq tarkibi va YAIMning o'sishiga alohida iqtisodiyot tarmoqlarining qo'shgan ulushi dinamikasidan ko'rinadiki, iqtisodiyotni modernizasiyalashning milliy xususiyati industrlashtirishdan boshlanadi. Ma'lumotlaridan ko'rinadiki, 2000-2017 yillarda tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati 2,3 foizli punktga o'sgan bo'lsa, sanoatning ulushi mos ravishda 9,9 foizli punktga ortib, qishloq xo'jaligining qo'shilgan qiymati 12,9 foizli punktga kamaygan. Tahlil qilinayotgan davrda qishloq xo'jaligidagi o'sish sur'atlariga nisbatan sanoatning o'sish sur'atlari jadal bo'lgani uchun YAIM tarkibida sanoat tarmog'i ulushi ortgan holda, qishloq xo'jaligi tarmog'i hissasi nisbatan pasaygan. Barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga erishish uchun iqtisodiyotni modernizasiyalash konsepsiyasini samarali amalga oshirishda quyidagi ikkita yo'nalishdan biriga yondashiladi: 1. Modernizasiyalashning institusional asoslarini takomillashtirib borish orqali milliy iqtisodiyotdagi barqaror o'sish sur'atlariga erishiladi.
2. Milliy iqtisodiyotdagi o'sish sur'atlari modernizasiyalashga xizmat qiluvchi institusional infratuzilmani rivojlantiradi.
Xulosa qilib aytganda, 2017-2021 yillarda O'zbekistonda umumiy qiymati 40 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investisiya loyihasini ko'zda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro'yobga chiqarish rejalashtirilganligi natijasida keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning YAIMdagi ulushi 33,5 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog'i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.2
2.2O‘zbekistonda valyuta siyosatining erkinlashtirilishi haqidagi gap-so‘zlar o‘tgan yilning noyabr oyida paydo bo‘lgan edi. Prezidentning bu haqidagi qarorining loyihasi muhokama uchun davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga ham joylashtirildi. Ko‘pchilik qaror 2017 yilning boshida qabul qilinadi, deb o‘ylayotgan edi, biroq oradan mana yarim yil o‘tdiki, erkin konvertatsiya yo‘lida hozircha MBning rasmiy kursi haftasiga 20–30 so‘mdan oshib borayotganidan boshqa hech qanday qadam tashlanganini ko‘rayotganimiz yo‘q.
UZ24 ekspertlardan birini suhbatga chorlab, konvertatsiya «ochib» yuborilsa nimalar bo‘lishi va bundan kim yutishi haqida gapirib berishni so‘radi.X
Xalqaro valyuta majburiyatlari
Mamlakatda konvertatsiya ochilishi uchun, o‘sha konvertatsiya deganlari avvalo yopilgan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston 2003 yilning 15 oktabrida XVF ustavining sakkizinchi moddasiga ko‘ra, joriy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutani konvertatsiyalash majburiyatni olgan, o‘shandan beri bu majburiyatlardan rasmiy ravishda bo‘yin tovlamagan, imzosini qaytarib olmagan, de-yure (yuridik jihatdan) konvertatsiya bizda yopiq emas. Gap shundaki, mamlakat ayni paytda o‘z gardaniga olgan majburiyatlarni mutlaqo bajarmayapti. Bu majburiyatlarga ko‘ra O‘zbekistonga quyidagilar mumkin emas:
• joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lov va o‘tkazmalarni amalga oshirishga cheklovlar joriy qilish;
• biror-bir diskriminatsion valyuta bitimlarida qatnashish va unga yo‘l qo‘yib berish yoki ko‘plab ayriboshlash kurslari amaliyotidan foydalanish;
Bundan tashqari, Xalqaro valyuta fondiga a'zo bo‘lgan boshqa bir davlatdan mamlakat o‘zining milliy valyutasi qoldiqlari sotib olishni amalga oshirishga majbur.
2003 yil oxiridan 2008 yil o‘rtasigacha O‘zbekiston joriy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha majburiyatlarni aniq va izchil amalga oshirib kelgan. Aynan shu yillari mamlakat eksporti chiroyli o‘sish ko‘rsatkichlarini ko‘rsatib, besh yil ichida uch martaga oshgan — 2,7 mlrd. dollardan 11,5 mlrd. dollarga yetgan. Shu davr ichida YaIM ham joriy narxlarda 2,8 marta oshgan, bu esa eksport hajmining o‘sishi va YaIM o‘sishi o‘rtasida ijobiy korrelyatsiya borligini tasdiqlaydi. Mamlakatning makroiqtisodiy muvaffaqiyatlari albatta, milliy valyutaning devalvatsiya, so‘ngra buning ketidan konvertatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
2008 yilgi jahon krizisining ta'siri
Dastlabki muammolar 2008 yili AQShda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy krizisi tufayli paydo bo‘la boshladi. Kelayotgan moliyaviy tahdidlar vaji bilan, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, qo‘shnilarimiz va asosiy savdo hamkorlarimiz ham tutgan yo‘l — milliy valyutani devalvatsiya qilish o‘rniga, avvaliga og‘zaki, so‘ngra byurokratik cheklovlar joriy etila boshlandi.
Avvaliga valyuta ayriboshlash shoxobchalarida jismoniy shaxslar uchun cheklovlar joriy etildi, so‘ngra xalq iste'moli mollari importi bilan shug‘ullanuvchi sub'yektlarga ham ruxsatga taqiq qo‘yildi, ko‘p o‘tmay investorlarning o‘z foydasini vataniga qaytarishi (repatriatsiya)ga ham navbat yetib keldi.
Bunga javoban darhol parallel bozor — valyuta mablag‘larini olib chiqib ketish va ayriboshlashning gibrid sxemalari paydo bo‘ldi. Bu cheklovlarning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi va ishchi o‘rinlarni tashqi ta'sirlardan himoya qilish shiori ostida joriy etilayotgan edi. Alal-oqibatda aynan ishlab chiqaruvchilar cheklovlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan qatlam bo‘ldi, chunki ular texnologiyalarini yangilay olmay, import xom ashyosi xarid qilishda qiynala boshladi. Eksportchilar esa so‘mning bozorga oid bo‘lmagan kursi sun'iy ushlab turilganligi tufayli tashqi bozordagi raqobatchilariga yutqaza boshladi, ishchi o‘rinlar qisqara boshladi (eng katta migratsiya oqimi aynan erkin konvertatsiyaga cheklov joriy etilganidan keyingi yillarda ro‘y berib, jarayon hamon davom etmoqda).
Xatoning bahosi
2009–2014 yillarda mehnat migrantlaridan kelayotgan transferlar va pul o‘tkazmalari hajmining o‘sishi hukumatni yanglish to‘xtamga kelishga majbur qildi. Ular o‘zlari tomonidan joriy etilgan, konvertatsiyaga erkin ega bo‘lishni cheklash mexanizmi ratsional va ish berayapti, deb o‘ylay boshlashdi. Haqiqatdan ham, ko‘plab tadbirkorlik sub'yektlari va aholining valyutaga bo‘lgan talabini mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari qoplay boshladi, bu esa valyuta kursiga bosimni ancha pasaytirar, rasmiy va bozor kursi o‘rtasidagi farq 20–30 foiz atrofida saqlanib turilgan edi. Taassufki shartli konsensus 2014 yilgacha, ya'ni Rossiyaga nisbatan xorijiy sanksiyalar joriy etilganga qadar amal qildi. Endi esa biz yana 2000-yillar boshidagi vaziyatga tushib qoldik. Farqi shundaki, endi iqtisodiy o‘yinchilar va moliyaviy markazlar bozori karrasiga katta, mamlakat esa xalqaro iqtisodiyotga bog‘liq: o‘z-o‘zidan, xato va harakatsizlikning, ishni keyinga tashlashning bahosi juda ulkan bo‘ladi.
O‘tgan marta, mamlakat bu muammo bo‘yicha irodali qaror qabul qilganida, konvertatsiya ochilishi uchun barcha jarayonlarga deyarli ikki yil vaqt ketgan edi. Chunki o‘shanda tegishli qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi yo‘q edi. Shuning uchun O‘zbekiston hukumati va XFV iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha memorandum imzolagan edi. Aynan shuning uchun joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutani konvertatsiya qilishni ta'minlash bo‘yicha harakatlar Dasturi tasdiqlangandi. Hozir bularning barchasiga zaruriyat yo‘q. «Konvertatsiyani ochish» — bu valyutaga oid tartibga solish ishlarini qonunchilik maydoniga qaytarish, degani. Joriy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutani konvertatsiya etish bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarga aniq rioya qilinishi uchun siyosiy iroda kerak, xolos. Buni bugun ham, ertaga ham amalga oshirish mumkin.
Erkin konvertatsiya qanday muammolarni «yuzaga» chiqaradi?
Milliy valyuta konvertatsiyasi sehrli tayoqcha emas, aynan buning aksi. Erkin konvertatsiya yillar davomida to‘planib qolgan tizimli byurokratik muammolar, bizning gibrid va bozorli bo‘lmagan iqtisodiyotimizdagi nuqsonlar, nomutanosibliklarni aniqlab, yuzaga chiqarib beradi. Erkin konvertatsiyaning joriy etilishidan so‘ng bozor, strukturaviy va institutsional (samarali sud tizimi, mulk va huquqni himoya qilish, mustaqil bank tizimi, qonun ustuvorligi va hokimiyatning bo‘linganligi) islohotlarni o‘tkazmaslikning iloji yo‘q, chunki islohotlar o‘tkazmasdan ochiq bozor tomon harakat vaziyatni yanada og‘irlashtiradi, xolos.
Birinchi navbatda davlat monopoliyalari va yillar davomida imtiyozli kursda valyuta xarid qilib kelgan korxonalar jabr ko‘rishadi. Bozor kursi bo‘lmagan kursda konvertatsiya — aynan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va aholining hisobidan imtiyozga ega bo‘lishni bildiradi. Narx shakllanishi zanjirida bu imtiyoz uchun albatta so‘nggi iste'molchi, ya'ni siz va biz o‘z cho‘ntagimizdan to‘laymiz. Ular strukturasini o‘zgartirib, qisqartirishlar olib borishi, bozor relslariga o‘tishi yoki shunchaki yopilishga majbur bo‘lishadi.
Bugungi kunda imtiyozli konvertatsiyaga ruxsati bor xususiy strukturalar erkin konvertatsiyadan qattiq larzaga tushishmaydi, shunchaki ularning ishlab chiqarishi va loyihalari rentabelligi qisqaradi. Superrentabelli tashkilotdan ular shunchaki, teng sharoitlarda ishlayotgan, raqobat qilayotgan rentabelli tashkilotga aylanishadi.
Valyuta kreditlari olgan va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga qiyin bo‘ladi. Erkin konvertatsiya sharoitida ularning loyihasi qiymati 2–3 barobar oshib ketishi mumkin. Shu sababli, samarasiz loyihalar va faqatgina imtiyozli konvertatsiya olish ilinjida tuzilgan loyihalar darhol yopilishi yoki shakli o‘zgartirilishi lozim bo‘ladi.
«Konvertatsiyaning ochilishi»ga qarshi bo‘lganlar erkin konvertatsiya sharoitda xalqqa yomon bo‘lishi bilan qo‘rqitishadi. Aslo bunday emas. Yakuniy iste'molchilar — xalq esa har doim yakuniy iste'molchi bo‘lib kelgan — turli kurslar hukm surib turganda tovar va xizmatlarning, albatta, eng qimmat kursga qarab belgilangan narxida xarid qilishga mahkum, chunki narx hosil qilishda bozorning barcha ishtirokchilari eng maksimal kursga qarab belgilashadi — bu bozorning qonuni! Shu sababli erkin konvertatsiya sharoitida iste'mol narxlari bir necha karraga oshishi haqidagi cho‘chituvchi ssenariylar — asosga ega bo‘lmagan quruq gaplardir.
Kim yutadi?
Konvertatsiyaning ochilishidan birinchi navbatda eksport qiluvchilar yutadi. Ular hozir bozorga oid bo‘lmagan sun'iy ravishda past ushlanib turilgan kurslar bilan zo‘rg‘a nafas olib yurishibdi, eksport tushumining bir qismini yashirishadi yoki nazorat organlarining nigohiga tushib qolmaslik uchun noqonuniy yo‘llar bilan sotishadi. Erkin konvertatsiya sharoitida, to‘liq sinxron devalvatsiya o‘tkazilsa, eksport tushumini yashirish zaruriyati yo‘qoladi, eksport hajmini oshirish uchun bozor stimuli paydo bo‘ladi.
Konservativ fikr yurituvchilar uchun bularning barchasi g‘alati eshitilar, lekin savodli va kompleks soliq solish islohoti o‘tkazilganda erkin konvertatsiyadan byudjyet ham yutadi, chunki soliq solinuvchi baza kengayadi — bu o‘sha win-win deb ataluvchi, ham davlat, ham biznes yutadigan sxemadir. Valyuta resurslariga ruxsatning qonuniylashtirilishi va teng imkoniyatliligi nafaqat xufyona iqtisodiyotni, ham eksportda, ham importda tashqi savdoning «yashirin qismi»ning ham ochiqlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa byudjyetga tushumlarning oshishiga olib keladi. Albatta, dastlabki paytlarda tashqi davlat qarziga xizmat ko‘rsatish qiymati ancha ortadi, biroq, masalan, 2003 yilda devalvatsiyadan so‘ng byujdet tushumlarining o‘sganligi tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari o‘rnini qoplagan edi. Har qanday holatda tashqi qarz haqidagi rasmiy va tasdiqlangan ma'lumotlarga ega bo‘lib, ehtimolli ssenariy va risklar yuzasidan stress-testlar o‘tkazish mumkin.
Erkin konvertatsiya «ochilgan» kunning ertasiga nima bo‘lishi haqida butun manzarani tasvirlashning iloji yo‘q, bu yerda juda ko‘p omillar rol o‘ynaydi. Masalan, pul-kredit siyosati, xususan, foiz stavkasi (qayta moliyalash stavkasi) va majburiy zaxiralarni operativ tartibga solish. Yangi muvozanatlashtirilgan savdo rejimining ishga tushirilishi ham bunday alohida rol o‘ynab beradi.
2.2 O’zbekistonda kichik biznes
Iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi sababli innovatsiyalar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida zamonaviy rivojlanish mazmuniga aylanib ulgurgani barchaga ayon va bunga innovatsiya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish orqali erishilganligini hisobga olsak, innovatsiya faoliyatining mazmun-mohiyatini bilish zarurligini anglab yetish mumkin.
Bugungi kunda jadal taraqqiy etib borayotgan fan-texnika natijasida yuqori darajadagi o’sish sur’atlari va barqaror rivojlanishning asosiy va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo’lmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida ilm-fan va iqtisodiyotning uzviy aloqasi tobora kengayib bormoqda. “Kuchli fan – kuchli iqtisodiyot” iborasi nafaqat bugungi kun uchun balki insoniyat kelajagi uchun ham dolzarb bo’lib qolmoqda.
Innovatsiya faoliyatining bugungi kunda hayotimizning mazmuniga aylanib borayotganligi va o’z kelajagimizni qurishda maqsadlarimizni amalga oshirish jarayoniga tobora chuqur kirib borayotganligi, shu bilan bir qatorda yangi-yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganligi mazkur atamaning mazmunini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda intilishlarni tobora kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan innovatsion faoliyatga doir turli talqindagi ta’riflar keltirilmoqda. Ular bir-biridan keskin farq qilmasa-da, lekin innovatsiyaning ma’lum bir jihatlari, xususiyatlari orqali tafovutni sezish mumkin. Quyida innovatsion faoliyat tushunchasiga berilgan ba’zi ta’riflarni keltiramiz.
Rus olimlaridan Folomyev A.N. “Innovatsiya faoliyati – tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini o’tkazishga qaratilgan jarayon”3 degan tushunchani keltirgan bo’lsa, Glushenko V.V. va Glushenko I.I. tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: “innovatsiya faoliyati – ishlab chiqariluvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, yangilash va sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish, ularning kelgusi joriy etilishi bilan bog’liq texnologiyalarni takomillashtirish va ichki hamda tashqi bozorlarda samarali amalga oshirilishiga yo’naltirilgan faoliyat”ni anglatadi4.
O’zbekistonda ham innovatsiya sohasida keng ko’lamda ilmiy-izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan iqtisodchi olimlar bo’lib, ular ham innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasiga o’z tadqiqotlari asosida turli talqindagi ta’riflarni keltirganlar. Jumladan, E.Egamberdiyev va X.Xo’jaqulovlar tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra “Innovatsiya faoliyati – texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq faoliyat”5dir.
Ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Biz o’z tadqiqotlarimiz asosida “Innovatsion faoliyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rifni keltirib o’tmoqchimiz: “Innovatsiya faoliyati – bu har qanday faoliyat sohasida yuqori samaraga erishish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, takomillashgan menejment usullarini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ilmiy faoliyatdir”.
Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi.
Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi:
- Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi va takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik ishlar bajarish;
- Yangi mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni har tomonlama tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;
- Takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;
- Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;
- Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;
- Innovatsion infratuzilma yaratish hamda uni rivojlantirish;
- Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
- Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish, xarid qilish;
- Yangi, takomillashtirilgan mahsulot, takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
- Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish.
Amalga oshiriladigan har qanday faoliyatning o’z obyekti hamda subyekti bo’lganidek, innovatsiya faoliyatining ham obyekti va subyekti mavjud.
Mamlakat hududida joylashgan mulk shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar tominidan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish innovatsiya faoliyati obyekti hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat subyektlari esa quyidagilar hisoblanadi:
Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik hamda jismoniy
shaxslar;
Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi
innovatsion tashkilotlar;
Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk
egalari;
Innovatsiyalarni joriy etish va amalga oshirishga sarmoya kirituvchi
Investorlar;
banklar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;
Innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan hamda uning
infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnopark hamda texnopolislar, axborot markazlari va boshqalar.
Innovatsiya faoliyati subyektlari huquqlari tegishli qonun hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi.
Innovatsion faoliyat obyektlari va subyektlari orasidagi samarali faoliyatning mavjud bo’lishi bevosita innovatsion infratuzilmaga borib taqaladi, albatta. Shuning uchun ham innovatsion faoliyatning amal qilishiga ko’maklashuvchi, turli tashkilotlardan tashkil topgan innovatsion infratuzilmaning shakllanishi zarur.
Innnovatsion infratuzilma – bu tashkiliy, boshqaruv, moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, kadrlar bo’yicha, konsalting va boshqa xizmatlarni mujassamlagan, innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beruvchi innovatsiya faoliyati subyektlarining majmuasidir (1-rasm).
Innovatsion infratuzilma g’oyalar ishlab chiqaruvchi innovatorlar hamda bu g’oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Ushbu mehnat turlari o’zaro bog’liq bo’lib, lekin shu bilan bir qatorda o’ziga xos hisoblanadi – agar “innovator-generator” yangi g’oyalar ishlab chiqishni tashlab, o’zining ishlanmalarini sanoat, texnologik jihatdan amalga oshirishga va ayniqsa, muayyan marketingga “yetkazish” bilan shug’ullanadiga bo’lsa, bunday holatda shu vaqt davomida yangi g’oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashib boradi yoki umuman to’xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv orqali yangi g’oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug’ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga hamda ish joylariga ta’sir ko’rsatib boradi. Bu orqali infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqishini ko’rish mumkin.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ko’plab rivojlangan mamlakatlar yuksak taraqqiyot darajasiga fan va texnika sohasidagi eng so’nggi innovatsiyalar-
1-rasm. Innovatsion infratuzilmaning umumiy sxemasi6
ni ishlab chiqarishga tez va keng ko’lamda joriy etish hisobiga erishmoqdalar.
Innovatsion jarayonni kichik biznes sohasidagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish mavjud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan to’liq foydalanishni taqazo etib boradi. Asosiy e’tibor esa bozor raqobati sharoitida eng maqbul variantlarni tanlash hamda kichik korxonalarning faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga qaratilishi lozim.
Kichik biznes va innovatsiya tushunchalari bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib hisoblanadi. Ko’plab iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari va asarlarida biznes va tadbirkorlikning innovatsiya tushunchasi bilan o’zaro bog’liq ekanligini ko’rish mumkin.
Innovatsiya atamasini ilmiy asoslab bergan mashhur iqtisodchi-olim Y.Shumpeter “tadbirkorlik – ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangi kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi”, - deb ta’riflaydi7.
Mashshur iqtisodchilardan yana biri, marketingning rivojlanishiga sezilarli hissa qo’shgan iqtisodchi P. Druker innovatsiyalarning aynan iqtisodiy asosini ta’kidlab, “tadbirkorlar innovatsiya yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshiradi”, degan g’oyani ilgari surgan. “Tadbirkorlik innovatsiyani boshqarish jarayoni bo’lib, tadbirkor esa har bir imkoniyatdan maksimal foydalanuvchi shaxs”, deb tushuntiradi8
O’zbekistonlik iqtisodchilar S. G’ulomov va B. G’oyibnazarovlarning ta’kidlashicha, “kichik biznes korxonalari yangi innovatsiyalar va tashabbuskorlikni talab etib, shular asosidagina iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Buning uchun kichik biznes korxonalari fan va texnikada erishilgan so’nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim”9.
Bugungi kunda iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, raqobat bozorining tobora kuchayib borishi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez o’zgara borayotganligi har bir tadbirkordan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni talab etmoqda. Shu sababli ham korxonalarning faoliayatini innovatsion rivojlantirish zamon talabiga aylanib bormoqda.
Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyati asosan quyidagilarni nazarda tutadi:
Ishlab chiqarish jarayoniga yangi hamda takomillashgan mahsulotni
kiritish;
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish
va bu bilan tannarxning pasayishiga erishish;
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarda doimiy ravishda iste’mol va sifat
ko’rsatkichalarini oshirib borish.
Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samaraliroq foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iboratdir.
Kichik biznes korxonalari kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda mulkka egalik qilish qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning qay darajada rivojlanganligiga bog’liq.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi ko’plab adabiyotlarda ushbu faoliyatning quyidagi o’ziga xos afzalliklari keltirilgan: bozor konyunkturasi o’zgarishlariga tez moslashuvchan va harakatchan; o’z harakatida boshqa korxonalarga bog’liq bo’lmaydi; vaziyatga qarab tezda ishlab chiqarish, xizmat qilish konyunkturasini tezda o’zgartirishga qaror qabul qila oladi; iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ularning istaklariga, urf-odatlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga tez moslasha oladi; ishlab chiqarish siklining qisqa muddatligi va qisqa muddatda foyda ko’rish va eng asosiysi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tezda joriy qilishi mumkinligi.
Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va kichik biznes korxonalarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish quyidagilar hisobiga muhim hisoblanadi:
Kichik biznes korxonalarining ixcham va harakatchanligi ishlab
chiqarish jarayonida innovatsiyalani joriy etishda tavakkalchilik darajasining pastligi yaxshi samara beradi;
Kichik korxonalar faoliyatida innovatsiya va innovatsion texnologiya-
larning joriy etilishi ularning faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirib, rentabellikni oshiradi;
Kichik biznes korxonalarining yangilik va innovatsiyalarni tez o’z-
lashtira olish qobiliyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi;
Kichik biznes subyektlarining boshqaruv jarayonida zamonaviy
Innovatsiyalarni qo’llash orqali korxona ko’plab imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, tovar nomenklaturasi va assortimentini oshirish; yangi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilish hajmini oshirish; mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish va asosiysi korxonaning eksport salohiyati oshadi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’zbekiston moliya siyosatining omillari
|
Moliyaviy vositalarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo’lganligi uchun kapitalni (jamg’armani) orttirish – bir vaqtning o’zida kapital qo’yilmalar uchun mo’ljallangan bozor hamdir.
Pul mablag’lari moliyaviy vositalarning har qanday turiga qo’yilishi (yo’naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo’naltirilgan pul mablag’lari vaqt mobaynida o’z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo’lishi, ya’ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin.
Demak, moliyaviy vositalarlar moliyaviy resurslarni investorlardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo’nalishda harakat qilishini ta’minlovchi vositalar xisoblanadi.
Fond bozori vositalari -bu investitsiyalash faoliyatini moliyalashtirishda qo’llaniladigan turli xildagi qimmatli qog’ozlar va ularning xosilalaridir. Investitsion maqsad va investitsiyalarni samarali boshqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan vositalar qo’llanilishi mumkin.
Fond bozori vositalari vaqt o’tishi bilan uzluksiz takomillashib borishi yoki qandaydir qo’shimcha hossaga va funktsiyaga ega bo’lishi yoki mazmunan va shaklan o’zgarishi tabiiy holatdir.
1-jadval Bevosita va portfelli investitsiyalar o’rtasidagi farqlar2
Belgilar
Bevosita investitsiyalar
Portfel investitsiyalar
Kapital
chiqarishdan asosiy maqsad
Xorijiy firma ustidan nazorat o’rnatish
Yuqori foyda olish
Maqsadga erishish
yo’llari
Xorijda ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish
Xorijiy qimmatbaho qog’ozlarini sotib
olish
Maqsadga erishish
usullari
xorijiy firmaga to’liq egalik qilish
aktsiyalar nazorat
paketini sotib olish
(XVJ nizomiga binoan kompaniya aktsioner kapitalining 25%dan kam bo’lmasligi kerak)
Xorijiy firma aktsioner kapitalining
25%dan (AQSH,
Yaponiya,
Germaniyada
10%dan) kamini sotib olish
Daromad shakllari
Tadbirkorlik faoliyati foydasi, dividendlarX
Dividendlar, foizlar
Muomalaga chiqarilishi maqsadi – to’lov va pul aylanmasi (oboroti) uzluksizligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular bo’yicha daromad olish bo’yicha, mos ravishda: kredit-pul siyosatini amalga oshirishning qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi moliyaviy vositalar (davlat va bank vositalari), qarz (davlat va korporativ maqsadda) va ulush (korporativ maqsadda) munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy vositalar.
Segmenti bo’yicha: pul, kredit, valyuta, sug’urta, lotereya o’yinlari, qimmatli qog’ozlar (fond, kapital) bozorlari vositalari.
Bazisiga ko’ra: pul, valyuta, sug’urta, tovar (jumladan hom ashyo), ko’chmas mulk, indeks, foiz stavka (kelajakdagi daromad), qimmatli qog’oz bazisli moliyaviy vositalar.
Iqtisodiyotning u yoki bu sub’ektiga ko’ra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari, banklar-kredit muassasalari, sug’urta tashkilotlari, birjalar, nomoliya tashkilotlari (korporativ) vositalari.
Chiqarilish muddati bo’yicha: qisqa, o’rta va uzoq muddatli moliyaviy vositalar.
Milliyligi bo’yicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy vositalar.
Iqtisodiy-xuquqiy mazmuni bo’yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda hosilaviy moliyaviy vositalar.
Iqtisodiy-huquqiy xossalariga ko’ra: bazaviy va bazisli moliyaviy vositaalar. Bazaviy vositalarga ulush va qarz munosabatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qog’ozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qog’ozlar) kiradi.
Funktsiyasi bo’yicha: investitsion vositalar (qimmatli qog’ozlar), banklarning moliyalashtirish vositalari (kredit, depozit, seleng, plastik kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish vositalari (sug’urta polislari), to’lov vositalari (milliy va horijiy valyuta, halqaro valyuta, kvazivalyuta, birja kotrovkasiga ega bo’lgan valyuta sifatida o’tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.), tovar taqsimlovchi vositalar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va shu kabilar), garov qog’ozlari, lotereyalar.
Ro’yxatdan o’tkazilishi bo’yicha: emissiyalanuvchi (Aksiya, obligatsiya, derivativlar) va emissiyalanmaydigan (bank sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish jarayonida qo’llaniladigan vaucher va kuponlar, veksellar, ombor guvohnomalari, konosament, garov qog’ozlari va h.k.) vositalar.
Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko’ra: davlat, munitsipal va korporativ moliyaviy vositalar.
Egalik huquqini belgilash bo’yicha: taqdim etuvchiga, egasini ismi yozilgan, orderli moliyaviy vositalar.
Daromad turlariga ko’ra: dividend beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy vositalar.X
To’lov muddati bo’yicha: spot va muddatli bozor vositalari.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fond bozori vositalarni keng qamrovli ekanligi, investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida ularning xossa va xususiyatlari va investitsion maqsad asosida turli vositalardan foydalanish mumkinligini ko’rish mumkin.
Ma’lumki qimmatli qog’ozlar vositasida investitsiyalarni moliyalashtirish jaxon amaliyotida keng tarqalgan. Moliyaviy investitsiyalarning asosini qimmatli qog’ozlar va ularning xosilalari tashkil etadi. Qimmatli qog’ozlar o’zining investitsion jozibadorligi orqali firma va kompaniyalarning bozor faolligini belgilovchi vositalar xam xisoblanadi.
Maxsus reyting agentliklari kompaniyalarning qimmatli qog’ozlarining sifati, ta’minlanganligi, daromadliligi va ishonchliligiga qarab uning investitsion faolligiga baxo beradilar va investorlarning qiziqishiga sabab bo’luvchi yoki kompaniyaning qimmatli qog’ozlari bozor narhiga ta’sir ko’rsatuvchi ko’rsatkichlarni tegishli tahlillar asosida e’lon qiladilar.
O’zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida"gi qonuniga muvofiq "qimmatli qog’ozlar – hujjatlar bo’lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog’ozlarning qiymati O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi". Yuqorida qayd etilgan qonunga ko’ra, qimmatli qog’ozlarga Aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit va jamg’arma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosila qimmatli qog’ozlar kiradi.X
Fond bozori vositalar(qimmatli qog’ozlar)ni birlamchi va xosilaviy vositalarga ajratish mumkin. Birlamchi vositalarga Aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va jamg’arma sertifikatlari, veksellar va boshqa vositalarni kiritish mumkin. Ular investitsion faoliyatni moliyalashtirishda birlamchi vositalar sifatida ishtirok etadi hamda firmaning investitsion faolligini belgilashda muhim o’rinni egallaydi.
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar tarkibiga esa amaliyotda optsion,fyuchers, varrant kabi vositalar kiritiladi. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bazis aktivlarining sifatini, daromadliligini va bozor faolligini, qo’yilmalarning havfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Birlamchi moliyaviy vositalarni ulush va qarz munosabatlarini tasdiqlovchi vositalarga ham ajratish mumkin. Ulushga egalik qilish va fond bozorida ushbu munosabatlarni ifodalashda Aksiyalar asosiy vosita sifatida ishtirok etadi.
Aksiya (frantsuzcha action so’zidan) – o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, Aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz.
O’zbekiston qonunchiligida Aksiyalarning har xil turlari – oddiy va imtiyozli, egasining nomi yozilgan va "ko’rsatuvchi egalik qiladigan", shuningdek, kumulyativ Aksiyalarning ta’rifini uchratish mumkin.
Obligatsiya (lotincha obligatio so’zidan, majburiyat) –bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol–mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish xuquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent – qarzdorga) mablag’larni foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma’lum muddatga chiqariladi va so’ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilganda ularning egalari qimmatli qog’ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an’anaviy tarzda ustunlikka ega bo’ladi.
Davlat qimmatli qog’ozlari - O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.
Munitsipal obligatsiyalarning emitentlari sifatida O’zbekiston Respublikasining milliy – davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.
Korporativ obligatsiyalar - aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabatlarining asosiy quroli bo’lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki aholi esa, kreditorlar bo’lishadi.
O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari - emissiyaviy qimmatli qog’ozlar egalari O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag’lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog’ozlar.
Xulosa
Iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi sababli innovatsiyalar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida zamonaviy rivojlanish mazmuniga aylanib ulgurgani barchaga ayon va bunga innovatsiya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish orqali erishilganligini hisobga olsak, innovatsiya faoliyatining mazmun-mohiyatini bilish zarurligini anglab yetish mumkin.
Bugungi kunda jadal taraqqiy etib borayotgan fan-texnika natijasida yuqori darajadagi o’sish sur’atlari va barqaror rivojlanishning asosiy va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo’lmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida ilm-fan va iqtisodiyotning uzviy aloqasi tobora kengayib bormoqda. “Kuchli fan – kuchli iqtisodiyot” iborasi nafaqat bugungi kun uchun balki insoniyat kelajagi uchun ham dolzarb bo’lib qolmoqda.
Innovatsiya faoliyatining bugungi kunda hayotimizning mazmuniga aylanib borayotganligi va o’z kelajagimizni qurishda maqsadlarimizni amalga oshirish jarayoniga tobora chuqur kirib borayotganligi, shu bilan bir qatorda yangi-yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganligi mazkur atamaning mazmunini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda intilishlarni tobora kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan innovatsion faoliyatga doir turli talqindagi ta’riflar keltirilmoqda. Ular bir-biridan keskin farq qilmasa-da, lekin innovatsiyaning ma’lum bir jihatlari, xususiyatlari orqali tafovutni sezish mumkin. Quyida innovatsion faoliyat tushunchasiga berilgan ba’zi ta’riflarni keltiramiz.
Rus olimlaridan Folomyev A.N. “Innovatsiya faoliyati – tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini o’tkazishga qaratilgan jarayon”10 degan tushunchani keltirgan bo’lsa, Glushenko V.V. va Glushenko I.I. tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: “innovatsiya faoliyati – ishlab chiqariluvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, yangilash va sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish, ularning kelgusi joriy etilishi bilan bog’liq texnologiyalarni takomillashtirish va ichki hamda tashqi bozorlarda samarali amalga oshirilishiga yo’naltirilgan faoliyat”ni anglatadi11.
O’zbekistonda ham innovatsiya sohasida keng ko’lamda ilmiy-izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan iqtisodchi olimlar bo’lib, ular ham innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasiga o’z tadqiqotlari asosida turli talqindagi ta’riflarni keltirganlar. Jumladan, E.Egamberdiyev va X.Xo’jaqulovlar tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra “Innovatsiya faoliyati – texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq faoliyat”12dir.
Ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Biz o’z tadqiqotlarimiz asosida “Innovatsion faoliyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rifni keltirib o’tmoqchimiz: “Innovatsiya faoliyati – bu har qanday faoliyat sohasida yuqori samaraga erishish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, takomillashgan menejment usullarini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ilmiy faoliyatdir”.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. https://president.uz/ru/lists/view/3324. 24- yanvar 2020-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 8-fevral 2017-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli “O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 30-noyabr 2017-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750 sonli “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qarori // “Xalq so’zi”. 2-fevral 2017-yil.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 486 b.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 32 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2018. 80 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so’zi”. 2018-yil 29-dekabr.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: “Ma’naviyat”, 2017. - 243b.
Abdullayev Y., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari. – T.: Mehnat, 2010. – 349 b.
Abdusattarova X.M. Innovatsiya strategiyasi. T.: Iqtisodiyot, 2011. - 281 b.
Egamberdiyev E., Xo'jaqulov X. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.: TMI, - 2003. - 198 b.
Ergashxodjayeva Sh.J. Innovatsion marketing. O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisodiyot”, 2014. - 187 b.
Ergashxodjayeva Sh.J. Strategik marketing-2. T.: TDIU, 2012 - 184 b.
Gimush R.I., Matmurodov R.I. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 196 b.
Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J., G’oyibnazarov B.K., Samadov A.N., Xodjayev R. Kichik biznes va tadbirkorlik: O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2010. – 275 b.
Rahmonov H.O. Mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari. T.: Fan, 2008. - 168 b.
Taraxtiyeva G. Innovatsion menejment.T.: Fan va texnologiya, 2013.–208b.
G’oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O. va boshqalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. –T.: Fan, 2011. - 162 b.
Андреев С.Н., Мельниченко С.Г., Мельниченко Л.Н. Основы некоммерческого маркетинга. – М., 2007. – 256 с.
Багиев Г.Л., Тарасевич В.М. Маркетинг: Учебник. - М.: Экономика, 2007. - 135с.
Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент. Спб.: Питер. 2001.- 241с.
Друкер П. Рынок: как выйти в лидеры. Практика и принципы. – М.: 2004.
Друкер П.Ф. Практика менеджмента. М.: ИД Вильямс, 2003. – 398 с.
Фоломьев А.Н. Инновационный тип развития экономики России. – М.: РАГС, 2005.
Фоломьев А.Н. Инновационный тип развития экономики России. – М.: РАГС, 2005.
Фатхутдинов Р.А. Инновационный менеджмент. – Спб.: Питер, 2004.
Глущенко В.В., Глущенко И.И. Исследование систем управления: социологические, экономические, прогнозные, плановые, экспериментальные исследования. 2-е изд. – М.: ООО НПЦ «Крылья», 2004.
Синяева И.М., Земляк С.В., Синяев В.В. Маркетинг в предпринимательской деятельности. – М: Дашков и Ко, 2008.
Валдайцев С.В. Оценка бизнеса и инновации. М.:Филин. 1997.
Шумпетер Й. Теория экономического развития. Пер. с англ. М.: Прогресс. 2000.
Innovation Policy A Guide for Developing Countries. The International Bank for Reconstruction and Development / The World Bank. 1818 H Street, NW, 2010. – P.28.
Ergashxodjayeva Sh. Korxonalar faoliyatida zamonaviy marketing konsepsiyasidan foydalanish // O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. 2011 № 5-6.
www.stat.uz X
www.mineconomy.uz X
www.iqtisodiyot.uz X
|