• Sement toshining navbatma navbat namlanishi va qyrish jarayonlariga barqarorligi.
  • Darzliklarga chidamligi.
  • Sement toshining shishishi va cho’kishi




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/28
    Sana23.11.2023
    Hajmi0,91 Mb.
    #104025
    TuriДиплом
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
    Bog'liq
    aralash usul bilan portlandcement ishlab chiqarish

    Sement toshining shishishi va cho’kishi. 
    Agar oldindan suv bilan to‘yintirilgan sement, beton namunalar (prizma, kub, 
    silindr) havoli muxitda saqlansa namuna quriy boshlaydi. Suv yirik bo‗shliqlardan 
    va g‗ovaklardan keyin mayda kichik diametrli kapillyarlardan bug‗lana boshlaydi. 
    Suv namunadagi va atrof muxitdagi namlik bir xil bo‗lguncha bug‗lanadi.
    Namunaning qurishi bilan bir vaqtda bosim kuchlari rivojlanadi (siqilish) va hajmi 
    kamayadi, cho‗kadi. Agar kam namlikka ega bo‗lgan sement toshi yoki beton 
    namunasini namligi baland muxitga joylashtirilsa namunaning hajmi ko‗payadi va 
    shishadi. 
    Sement toshinicho‗kishiga ko‗p omillar ta‘sir etadi. Masalan sement tarkibi 
    va xossalari. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki alitli va kam alyuminatli sementlar 
    cho‗kishga kam moyilligi bilan ajraladi. Sement toshni maydalik darajasi qancha 
    baland bo‗lsa cho‗kish ko‗rsatkichi shuncha baland bo‗ladi. Sement toshining 
    sement xossaiga va suv sement nisbatiga bog‗liq holda cho‗kish ko‗rsatkichi 3 –5 
    mm/m atrofida bo‗ladi. 
    Sement toshining navbatma navbat namlanishi va qyrish jarayonlariga 
    barqarorligi. 
    Agar sement toshida qurish va namlanish davrlari ko‘p marotaba qaytarilsa 
    unda ichki tuzilishini buzuvchi qoldiq deformatsiyalar (shaklsizlanish) yig‗ilib 
    boradi, tuzumni hajmi va g‗ovakligi ko‗payadi. Betonni mexanik mutstaxkamligi 
    pasayib boradi. Maksimal cho‗kish moxiyati qancha kam bo‗lsa shuncha modda 
    barqaror bo‗ladi. Ko‗p marotaba qaytaruvchi qurish va namlanish jarayonlari 
    sement va beton namunalari mustaxkamligini 20 – 25 % ga kamaytiradi. Bu 
    xodislarni oldini olish uchun har hil qo‗shimchalar, kukunsimon to‗ldirg‗ichlar 
    zich va g‗ovaksiz sementtosh betonlar tayyorlash kerak.
    Darzliklarga chidamligi. 
    Beton va temir-beton konstruksiyalarda darzliklar paydo bo‗lishi ularni uzoq 
    vaqt ishlatilishiga, yuk ko‗taruvchi qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Darzliklar 


    25 
    konstruksiyalarda mexanik yuklama, harorat va namlik ta‘sir etish natijasida 
    yuzaga keladi. Temir-beton konstruksiyalarda darzlik hosil bo‗lishi, harorat-namlik 
    ko‗rsatkichlariga, beton xossasiga bevosita mustaxkamligiga, cho‗kish 
    ko‗rsatkichiga, sudraluvchanligiga bog‗liq. Ko‗p olimlarning tadqiqotlariga ko‗ra, 
    cho‗kish ko‗rsatkichlari bir hil bo‗lgan sementlarni darzliklarga chidamligi har-xi 
    bo‗ladi. Masalan: Qotish tezligi past bo‗lgan sementlar, darzliglarga chidamlik 
    moyilligi kam bo‗ladi. Darzliglarga chidamligini oshirish uchun 0.1 – 2% 
    miqdorda sirtini aktivlashitruvchi qo‗shimchalarni qo‗shish tavsiya etiladi. 

    Download 0,91 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sement toshining shishishi va cho’kishi

    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish