• “xotin-qizlarning kamsitilishi” atamasi
  • Oila aʼzolarini oilaviy zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha qonunchilik geografiyasi (1-rasm)
  • Zoʻravonlik nima va u xalqaro hujjatlarda qanday taʼriflanadi?




    Download 2,57 Mb.
    bet40/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Zoʻravonlik nima va u xalqaro hujjatlarda qanday taʼriflanadi?


    Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi zoʻravonlikni bartaraf etish zarurati XX asrning ikkinchi yarmida inson huquqlari boʻyicha koʻplab xalqaro hujjatlarda oʻz ifodasini topgan. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi:

    • “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi Konvensiya (1979)9;

    • BMTning “Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisida”gi Deklaratsiyasi (1993);

    • Yevropa Kengashining “Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va oilaviy zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Konvensiyasi (2011) va boshqalar.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisidagi” Deklaratsiyasining 1-moddasida muammoning gender jihati qayd etilgan va “xotin-qizlarning kamsitilishi” atamasi jinsga asoslangan holda sodir etilgan jismoniy, jinsiy yoki psixologik zoʻravonlikka olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday zoʻravonlik harakatini anglatadi, ayollarga ruhiy zarar yetkazish yoki azob-uqubat yetkazish, shuningdek, bunday xatti-harakatlarni amalga oshirish bilan tahdid qilish, majburlash yoki jamoat yoki shaxsiy hayotda oʻzboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish kabi10.
    Qayd etish joizki, keyingi 15 yil davomida dunyoning koʻplab mamlakatlarida oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha maxsus qonunlar qabul qilingan.
    Hozirda tegishli qonunlar 126 ta davlatda (AQSH, Fransiya, Avstriya, Olmoniya, Kanada, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Shvetsiya, Italiya, Norvegiya, Bolgariya, Sloveniya, Vengriya, Ukraina, Rossiya, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Turkiya, Eron, Hindiston, Livan, Isroil, Venesuela, Bangladesh, Litva, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moldova, Tojikiston va boshqalar) amal qiladi.
    Oila aʼzolarini oilaviy zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha qonunchilik geografiyasi (1-rasm) koʻrsatilgan.

    Har yili 25-noyabr xalqaro miqyosda ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni sifatida nishonlanadi. Bu 1950-yil 10-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida rasman taʼsis etilgan, Inson huquqlari kunida (Human Rights Day) tugaydigan gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi kurash boʻyicha bir qator kunlardagi birinchi sanadir11.



    Download 2,57 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zoʻravonlik nima va u xalqaro hujjatlarda qanday taʼriflanadi?

    Download 2,57 Mb.