390
0
S gacha ko`tarilgan: 1 t xom ashyoni tozalash uchun 0,54-0,64% mass. yoki
60-80 m
3
vodorod gazi sarflangan gidrogenizatda oltingugurtning miqdori0,4-0,6%
mass. gacha kamaygan: azotli birikmalar kam tozalangan metallarning 60-70%
tozalangan.
Piroliz jarayoni smolasining benzin fraktsiyasini alohida usul bilan tozalanadi.
Bu fraktsiyaning kimyoviy tarkibi 60 – 65% aromatik uglevodorodlardan, qolgan
to`yinmagan uglevodorodlardan iborat. Agar pirolizdan olingan benzin
fraktsiyasini avtomobil benziniga qo`shib ishlatadigan bo`lsa, u vaqtda bu
fraktsiyani bir bosqichda gidrotozalash qilinadi. Bunda zanjirda ikkita qo`shbog’i
bo`lganalanlarni bitta qo`shbog’i to`yintiriladi xolos. Sababi, birinchidan – ikkita
qo`shbog’li uglevodorodlar vaqt o`tishi bilan polimerlanib smolasimon modda
hosil qiladilar, shu bilan birga ular oksidlanadilar. Natijada benzin fraktsiyasini
sifati pasayadi. Bitta qo`shbog’li uglevodorodlar nisbatan turg’unroqdirlar, shu
bilan birga ular benzinni oktan sonini o`tiradilar. Katalizator sifatida palladiy
sul’fidi ishlatiladi. Bu katalizator oltingugurtli, azotli birikmalariga yaxshigina
chidamlidir, yuqori faollik bilan ishlaydi. Gidrotozalashni 2 – 2,5 MPa bosimda
xom ashyoni xajmiy tezligi 1,4-2,5 s
-1
va 1 m
3
xom ashyoga nisbatan 100 m
3
.
Dizel yoqilg’isini gidrotozalash etadigan L-24 – 7 qurilmasining bitta blokini
texnologik sxema.
Vodorodli gaz aylanib turadi. Xom ashyo va gazlarning reaktorga kirish
vaqtida temperaturasi 60-75
0
C, reaktordan chiqaytganda 170-195
0
C gacha
ko`tariladi. Qo`shbog’lar to`yinishi issiq ajralib chiqishi bilan sodir bo`ladi. Agarda
benzin fraktsiyasidan aromatik uglevodorodlar olinadigan bo`lsa u vaqtda ikki
bosqichda gidrotozalash qilinadi. Bunda hamma to`yinmagan birikmalar
gidrogenlanadi.