ikki xalqali aromatik uglevodorodlarning bir qismi to`yinib naftenlarga o`tishi
natijasida yoqilg’ini tsetan soni ko`tariladi. Bug’ qozonlariga yoqilg’i
sifatida
ishlatiladigan mazutni ham vodorod ishtirokida oltingugurtni ajratib olish
jarayoniga berilib, uning tarkibidagi oltingugurtli birikmalarni kamaytirib, so`ngra
yoqilg’i sifatida ishlatish tavsiya etiladi. Katalitik riforming qurilmasida
ishlaydigan gidrotozalash blokida bitta reaktor bor, qolgan qurilmalar parallel
ishlaydigan ikkita aloxida blokdan iborat. Har bir blok
bitta trubchatiy pech va
ketma-ket ishlaydigan ikkita reaktor va boshqa apparatlardan iborat. Bu bloklarda
bir vaqtda ikki xil xom ashyoni tozalash mumkin. Aylanib yuruvchi vodorodli
gazni vodorodsul’fidi gazidan monoetanolamin (MEA) yordamida tozalaydigan
moslama va to`yingan monoetanolaminni regeneratsiya qiladigan moslamalar
ikkala blok uchun bitta bo`ladi. Odatda dizel yoqilg’isi fraktsiyasini ikkita ketma-
ket ishlaydigan reaktorli blokda tozalanadi. Qurilmalarning ikkichi turi bor. Bu
qurilmalar ham ikkita blokdan iborat. Faqat xar bir blokda ketma-ket ishlaydigan
uchta reaktor bor. Boshqa apparatlar yuqorida qayd
etilgan qurilmanikidan farq
etmaydi. Nisbatan og’irroq fraktsiya, masalan, vakuum gazoylni tarkibida
oltingugurtli birikmalarni miqdori ko`proq bo`lgani uchun, bu xildagi xom ashyoni
uchta reaktorli qurilmalarda tozalash tavsiya etiladi. Yuqorida qayd etilgan sanoat
qurilmalarining hammasi bir xil uslubda ishlaydi. Quyida biz dizel yoqilg’isini
gidrotozalash qilish jarayonining sanoatdagi qurilmasi bilan tanishib chiqamiz. Bu
qurilmada xom ashyo sifatida oltingugurtli neftdan yoki gaz kondensatidan olingan
dizel yoqilg’isi fraktsiyasi tozalanadi. Ba`zan neftning og’ir fraktsiyalarini
ikkilamchi jarayondaqayta ishlangandan hosil bo`lgan dizel yoqilg’isi fraktsiyalari
bilan aralashtirib turiladi. Qurilma ikkita o`z holicha ishlaydigan bloklardan iborat,
qurilmada bir vaqtda ikki xil xom ashyoni tozalash mumkin. Xom ashyo nasos
bilan issiqlik almashinish apparatlari (3) orqali pech (1) ga beriladi.
Shu trubaga
kompressor (10) dan keladigan aylanib yuruvchi vodorodli gaz ham qushiladi.
Pechda xom ashyo va gaz aralashmasi 360-380
0
C gacha isitilib reaktor (2) lardan
ketma-ket o`tadi. Reaktorlarga alyumokobal’tmolibden yoki alyumonikelmolibden
katalizator joylashgan. Xom ashyo katalizator qatlamidan o`tayotganda
oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi. SHular bilan bir vaqtda kislorodli
va boshqa smolasimon moddalardan tozalanadi. To`yinmagan bog’lar to`yinadi.
Mabodo reaktordagi katalizator qatlamini temperaturasi ko`tarilib ketsa reaktorga
sovuq vodorodli gaz berish moslamsi bor. Reaktsiya mahsuloti ikkinchi reaktordan
bug’ – gaz holatida chiqib issiqlik almashinish apparatlarida (3) o`zining bir
qismini berib, sovitgichlarda (4) sovitilib, yuqori bosimda ishlyidgan separatorga
(5) keladi. Reaktor, issiqlik almashinish apparati,
sovitgich va yuqori bosimli
separatorlar 3,5-4,0 MPa bosimda ishlaydilar. Bu erda tindirilmagan katalizatordan
vodorodli gaz ajratiladi. Gazda ko`p miqdorda vodorod sul’fid gaz bor. Vodorodli
gazdan vodorod sul’fid gazini absorberlarda (14) monoetanolamin yordamida
ajratib olinadi. Tozalangan vodorodli gaz orqali sig’im (8) ga keladi. Bu erdan
gazdan monoetanolaminni tomchilari ajratib olinadi va kompressor (10) ga keladi.
Sig’imga (8) toza vodorod gazi ham qo`shilib, turiladi. Tindirilmagan gidrogenizat
yuqori bosimli separator (5) dan past bosimli separatorga (6) o`tkazilib, bosimni
0,6 MPa gacha pasaytiriladi. SHuni hisobiga gidrogenizatdagi erigan uglevodorod
gazlari ajralib chiqadi va vodorod sul’fid gazdan tozalashga yuboriladi.
Separator (6) dagi gidrogenizatning tarkibida dizel yoqilg’isi bilan birga
benzin fraktsiyasi va og’ir gazlar bor. Ular xom ashyoni
qisman gidrokrekingga
uchragani natijasida hosil bo`ladi. Bularni ajratish uchun gidrogenizatni
almashuvchi apparat orqali tindiruvchi kolonnaga (7) ga yuboriladi. yengil
fraktsiyalarni ajratishni samaradorligini oshirish maqsadida tindirish kolonnasining
ostki qismidan olinadigan dizel yoqilg’isining bir qismini pech (1) da isitib yana
kolonna (7) ga beriladi. Tindirilgan dizel yoqilg’isining asosiy miqdori
sovitgichlarda sovitilib, sig’im (9) larda ishqor eritmasi bilan yuviladi.
Bunda
gidrogenizat vodorodsul’fid gazidan tozalanadi va keyin suv bilan yuviladi.
Sxemaning pastki qismini o`ng tomonda vodorod sul’fid gaziga to`yingan
monoetanolaminnining suvli eritmasini regeneratsiya qilish keltirilgan. Bu erdagi
kolonna (12) da monoetanolaminning eritmasidan vodorod sul’fid gazini ajratib
olib oltingugurt olish qurilmasiga yuboriladi. Tozalangan eritma sovitilib yana
absorber (14) ga qaytib beriladi. Separator (6) da ajrab chiqqan vodorod sul’fid
gazidan tozalangan uglevodorod gazlari tindiruvchi kolonnada ajratib olingan
gazlar
bilan birlashtirilib, kompressor (10) da bosimini 1,0 MPa gacha ko`tarib
boshqa qurilmaga yuboriladi.
DIZEL YOQILG’ISINI GIDROOCHISTKA QILADIGAN
L-24-7 QURILMASINING TEXNOLOGIK SXEMASI
1- trubchatiy pechlar; 2-reaktorlar; 3- issiqlik almashtiruvchi qurilmalar; 4- sovutgichlar; 5-
yuqori bosimda ishlaydigan separator; 6- past bosimda ishlaydigan separator; 7- tindirish
kolonnasi; 8,9- sig’imlar; 10- kompressorlar; 11- nasoslar; 12- haydovchi kolonna; 13- riboyler
Quyidagi ikki xil neftdan olingan dizel yoqilg’isi fraktsiyasi gidrotozalash
etilgandagi o`rtacha material balansi keltiriladi. Birinchi neftda oltingugurtli
birikmalarning miqdori 0,7% mass. (fraktsiya 1), ikkinchisida 2,4% mass.
(fraktsiya 2):