BOB. JIHOZLARNI ISHLAÒISHDA AÒROF-MUHIÒ MUHOFAZASI




Download 1,33 Mb.
bet53/55
Sana15.11.2023
Hajmi1,33 Mb.
#99030
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish


BOB. JIHOZLARNI ISHLAÒISHDA AÒROF-MUHIÒ MUHOFAZASI


Atrof-muhitni muhofoza qilish — insonlarning yashash faoliyatini ta’minlashga qaratilgan qator davlat va jamiyat tadbirlaridan iborat. Òabiat inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorligining nomutanosibligi abadiy muammolardan biri sanaladi. Chunki jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi hisoblanadi. Òabiat va jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarida inson yetakchi o‘rinni egallaydi. Ekologiya ong, madaniyat yuqori rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ham taraqqiy etganining bevosita guvohi


bo‘lamiz.
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar uchun chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentrat- siyasining sanitariya normalari tasdiqlangan bo‘lib, aholi yashaydigan hududlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullari ishlab chiqilgan, turar joy uylari qurilishlarida yo‘l qo‘yiladigan shovqin darajasi qiymatlari, infratovush va past chastotali shovqinni yo‘l qo‘yiladigan darajasi belgilangan. Gidrometrogiya va tabiiy muhitni nazorat qilish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi qu- yidagilarni ishlab chiqqan: havoni muhofazalash chora- tadbirlarini kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va loyihaviy yechimlari bo‘yicha atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar, korxonalarning atmosfera chiqindilaridagi zararli moddalar konsentratsiyasini hisoblash metodikasi, «Noqulay metrologik sharoitlarda chiqindilarni tartibga solish», atmosfera if- loslanishini hisoblashning unifikatsiyalashgan dasturi yaratilgan.
Respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
rasional foydalanish va qayta ishlab chiqarish bo‘yicha butun
mas’uliyat Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklatilgan.
Òashqi muhit bilan o‘zaro bog‘lanmagan va uning ta’sirida bo‘lmagan tirik organizmning hayotini tasavvur etish mumkin emas. Òashqi muhit omillari jonli (inson) organizmiga uch xil: minimal, optimal va maksimal darajada ta’sir etadi. Yuqorida aytilganlardan shular kelib chiqadiki, neft va gazni qayta ishlash korxonalarida jihozlarni o‘rnatish va ta’mirlash ishlarida ham har xil turdagi chiqindilar havoga va suvga tashlanadi.
Neft va gaz sanoati boshqa sohalardan o‘zining ish sharoitining o‘ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Agar ishlab chiqarishda noto‘g‘ri munosabatda bo‘lsak, unda noxush hodisalarga: portlash, yonish, zaharlanish, hattoki o‘lim holatlariga ham olib kelishi mumkin.
Bu borada neft va gazni qayta ishlash tizimida ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etishda mehnat va atrof-muhitni muhofaza etish choralarini amalga oshirish talab etiladi.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish borasida maxsus ishlab chiqarish korxonalar tomonidan standart (yo‘riqnoma)lar ishlab chiqiladi. Shuningdek, har bir jihoz va tizimga moslashtirilgan holda qo‘llanma va yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etishdagi asosiy e’tibor insonlarga qaratilgan bo‘lib, ish yuritishni bajaruvchi va ta’minlovchi hisoblanadi.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etishda inson mehnatini muhofaza qilish bo‘limlari tashkil etilib, barcha soha va mutaxassislar bo‘yicha ish yo‘riqnomalari bilan ta’minlanadi. Ishlarni xavfsiz olib borish uchun: yonilg‘ini, olovli va gaz xavfi bor ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, o‘zaro birinchi yordam ko‘rsata bilish, yong‘in moslamalaridan foydalana bilish, elektr qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanishni taqozo etadi.
Neft va gazni qayta ishlash tizimida atrof-muhitning eng ko‘p miqdorda (75—80%) ifloslantiruvchi hisoblanadi, ya’ni yiliga bu korxonalardan 4,0 mln tonna chiqindi chiqishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida o‘rnatilgan quvur va jihozlarni mos tanlash, ularning germetik holatlarini to‘liq ta’minlash va joriy sozlash ishlarini doimiy olib borish maqsadga

93
muvofiq hisoblanadi. Bular uchun ham yo‘riqnomalar tayyorlangan.
Respublikamizdagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bu ishlarni har doim nazorat qilib turadi.



Download 1,33 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Download 1,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB. JIHOZLARNI ISHLAÒISHDA AÒROF-MUHIÒ MUHOFAZASI

Download 1,33 Mb.