Neft va gaz1




Download 1,33 Mb.
bet50/55
Sana15.11.2023
Hajmi1,33 Mb.
#99030
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

ekstraksion kolonna:
1vertikal silindrsimon qobiq;
2– g‘alvirsimon tarelkalar;
3quyilish qurilmalari;
4, 6– og‘ir va yengil fazalar; afazalarni ajratuvchi sath; 5, 7– shtutserlar.

kolonnadagi pastki tarelka (2) ning osti qismiga beriladi. Ushbu faza tarelkadagi teshiklar orqali o‘tganida mayda tomchilarga ajraladi. Òomchilar ko‘payish kuchi ta’sirida yaxlit faza ichida yuqoriga harakat qiladi va tarelka zonasiga yetganida o‘zaro qo‘shilib, suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali o‘tib yana tomchilar hosil qiladi. Jihozda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish qurilmalari (3) yordamida o‘tadi.
Shunday qilib, bitta kolonnada ko‘p marta suyuqlikning mayda tomchilarga parchalanishi va ular qo‘shilib, suyuqlikning tirgovchi qatlamni hosil qilishi yuz beradi. Eng yuqorigi tarelkadan ko‘tarilib chiqayotgan tomchilar qo‘shilib, yengil suyuqlik qatlami – ekstrakt (F) ni hosil qilib, fazalarni ajratuvchi sath a ga ega bo‘ladi va jihozdan shtutser (5) orqali tashqariga chiqariladi. Og‘ir faza (rafinat) jihozning pastki qismiga joylashgan shtutser (7) yordamida jihozdan uzatiladi.
Òarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko‘ra, tomchi hosil qilishning uch rejimi bor: 1) notekis tomchi hosil bo‘lishi (kichik tezliklarda); 2) bir tekisda tomchi hosil bo‘lishi (tezlik biroz ortganda); 3) suyuqlikning kichik oqimlar bilan chiqishi (katta tezliklarda). Òajribalarning ko‘rsatishicha, g‘alvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning teshiklardan o‘tish tezligi 0,15¼0,30 m/s bo‘lishi kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar hosil qilish rejimi mavjud bo‘ladi. Òarelkalar oralig‘idagi masofa 0,25¼0,60 m qilib olinishi mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustunidagi balandligi 0,2 m atrofida bo‘lsa, modda o‘tkazish jarayoni tez ketadi. Òarelkadagi teshiklarning diametri, odatda, 3¼6 mm bo‘ladi.
Òarelkali ekstraktorlar ichi bo‘sh va nasadkali kolonnalarga
nisbatan birmuncha samarali ishlaydi.
Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oralig‘idagi farq 100 kg/m3 dan kam va fazalar o‘rtasidagi sirt taranglik kuchi katta qiymatga ega bo‘lsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashqaridan energiya beriladigan, ya’ni mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan ekstraktorlar ishlatiladi. Mexanik aralashtirish diskli, turbinali, parrakli va shu kabi aralash-tirgichlar yordamida amalga oshiriladi.

87
Òashqaridan energiya beriladigan ekstraktorlar qatoriga birinchi navbatda rotorli jihozlar kiradi. Bu turdagi ekstraktorlarning dastlabki variantlardan biri Shaybelkolonnasi hisoblanadi. Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish 1 va tindirish 2 seksiyalardan tashkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar 3 o‘rnatilgan. Òindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli qilib to‘qilgan to‘rlar) bilan to‘ldiriladi.



Download 1,33 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Download 1,33 Mb.