Navoiy davlat pedagogika instituti fizika-texnologiya fakulteti fizik praktikum fanidan




Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/44
Sana22.02.2024
Hajmi2,89 Mb.
#160769
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Bog'liq
Fizik praktikum 2023-2024


∼ T
 (2) 
Mazkur tajribada bu qonun gazli termometr yordamida tasdiqlanadi. Gazli 
termometr shisha kapillyardan tashkil topgan bo’lib, uning bir uchi ochiq. 
Havoning ma’lum miqdori kapillyar ichida simobning tomchisi bilan zich 
berkitiladi. Tashqi p

bosimda, kapillyar ichidagi havo V

hajmga ega.
Gazli termometr temperaturasi taxminan t≈90 °C ga yaqin suvga 
joylashtiriladi va bu sistema asta- sekin sovutiladi (1-rasm). Gazli termometrning 
ochiq uchi atrof muhitning bosimi ta’sirida bo’ladi. Shunday qilib, qamalgan havo 
ustunining bosimi tajriba vaqtida doimiy qoladi. Hajm quyidagicha aniqlanadi:
𝑉=(𝜋∙𝑑
2
/4)∙
ℎ 
(3) 
bu yerda, d - kapillyarning ichki diametri (2,7 mm), h - havo ustunining balandligi.


1-rasm. Termodinamik jarayonning sxematik tasvirlanishi. 
 
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi 
 
Simob tomchilarini yig’ish: 
- dastaki (qo’l bilan yurgiziladigan) vakuum nasosini gazli termometrga ulang 
va termometrni shunday ushlangki, uning ochiq uchi pastga qarab yo’nalgan 
bo’lsin (2-rasmga qarang); 
- dastaki vakuum nasosi yordamida maksimum ortiqcha bosim ΔP ni yuzaga 
keltiring va tomchi shaklidagi simobni qavariq joyga (a) to’plang; 
- dastaki vakuum nasosining manometri ortiqcha bosim ΔP ni manfiy qiymat 
tarzida ko’rsatadi; 
- agarda hali ham simobning tomchilari kapillyarda qolsa, kapillyarni sekin 
turtkilab, ular qavariq joyga (a) siljiting; 
- simob bilan berkitilgan kapillyar uchida qolgan kichkina simob tomchisi 
tajribani bajarishga xalaqit bermaydi.  
2-rasm. Simob tomchilarini yig’ish va dastlabki gaz hajmi (V
0
) ni o’rnatish. 
Gaz hajmi V
0
ni o’rnatish: 
- gazli termometrdan foydalanish uchun uni ishchi holatdan (ochiq uchi 
yuqorida) sekin shunday buringki, simob kapillyarning kirish teshigiga 
siljisin; 


- dastaki vakuum nasosining ventilyasiya klapanini (b) sekin oching va ΔP 
bosimni sekin 0 ga shunday kamaytiringki, simob yakka bog’langan tomchi 
bo’lib asta yumalasin; 
- gazli termometr bilan katta trubkani shtativ ustuniga o’rnating; 
- agar katta simob tomchisi kuchli ventilyasiya yoki vibrasiya natijasida 
parchalansa, qaytadan simobni yig’ing; 
- gazli termometrga parallel qilib temperatura datchigini NiCr-Ni katta 
probirkaga kiriting va uni Mobil CASSY bilan ulang. 
Texnika xavfsizligi 
 Diqqat: gazli termometr simobga ega; 
 gazli termometr bilan ishlaganda, iloji boricha tartibga rioya qiling; 
 shisha idish va o’lchov stakani bilan ishlaganda iloji boricha hushyor 
bo’ling, shishani sinishiga yo’l qo’ymang.
3-rasm. Tajriba qurilmasi 
Ishni bajarish tartibi. 
- Shisha idishdagi 400 ml hajmli suvni 90° C gacha elektroplitkada qizdiring
- issiq suvni ehtiyotlik bilan shisha idishga quying.Temperatura ko’tarilib borgan 
sari gazning boshlang’ich bosimi pasayadi.


- Temperatura ortishini kuzating va temperatura hamda havo ustunining 
balandligini aniqlash uchun, temperatura pasaya boshlash momentini kuting.
- Suv vannasining (probirkadagi suv) sovushi mobaynida gazli termometrning asta-
sekin temperaturasini va berk havo ustunining balandligini o’lchang. 
- Olingan natijalarni ishchi formulaga qo’yib hisoblang va o’lchashdagi absolyut 
va nisbiy xatolarni aniqlang. 
- Olingan natijalarni 1-jadvalga kiriting. 
- Olingan natijalar asosida gaz hajmining temperaturaga bog’liklik grafigini 
chizing. 
1-jadval 
№ 
𝑡(℃) 
h(sm) 
V(m
3

𝛼 =
𝑉 
𝑇
(
𝑚
3
𝐾
 
Δ𝛼 (
𝑚
3
𝐾
) 
 
𝜀 (%) 

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
O’rt  
 
 
 
 
 
Sinov savollari. 
1. Ideal gaz holat tenglamalarini keltirib chiqaring va mohiyatini izohlang?
2. Gey-Lyussak qonuning fizik mohiyatini izohlang? 
3. Olingan tajriba natijalarini tahlil qilib, o’zgarmas bosimda gaz hajmining 
temperaturaga bog’lanish qonuniyatini tushuntiring? 
4. Ishga xulosa yasang.
 
 



Download 2,89 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat pedagogika instituti fizika-texnologiya fakulteti fizik praktikum fanidan

Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish