124
7.3. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari
Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda
biznes-reja muhim rol
o’ynaydi va qo’yidagi vazifaviy bosqichlarni hal etishni taqozo etadi (7.1-chizma).
Тadbirkorlik faoliyatining maqsadi
va vazifalari
Biznes-rejaning umumiy
xulosasi, asosiy parametrlari va
ko’rsatkichlari
Harakat dasturi va tashkiliy
chora-tadbirlari
Тadbirkorning iste’molchiga
taqdim qilayotgan mahsulot,
tovar va xizmatlarning tasnifi
Bitimning resurslar
ta’minoti
Bozor kon’yukturasi, talab va
sotuv hajmining tahlili
Bitimning samaradorligi
7.1-rasm. Тadbirkorlik faoliyati biznes-rejasining talablari.
7.4. Biznes-reja tarkibi va hisob-kitoblari
Biznes-rejaning
tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan.
Mutaxassislarning fikricha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir. Ushbu
biznes-rejaning tarkibiy bo’limlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
Birinchi bo’lim.
Biznes-rejada «Тadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari»
markaziy o’rinni egallaydi.
Тadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir.
Rejalashtirilayotgan
bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ ishlatishni va shu mablag’ qancha foyda
keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt
125
omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga
qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan
uning samaradorligi qanday
bo’lishligini hisob-kitob qilib chiqish lozim.
Biznes-reja tuzuvchilarning
diqqat markazida,
markaziy,
ustuvor masaladan
tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar,
tadbirkorlik maqomini ko’tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va
boshqalar.