Tools menyu ostisi qurilmalarning qo’shimcha modelini yaratish imkonini beruvchi
buyruqlardan iborat;
Extensions menyu ostisi yordamchi dasturlarga ruxsat berishni ta’minlash imkonini
beradi;
Help menyu ostisi ma’lumotnomaga murojaat qilish, o’quv materiallarni ko’rish yoki
Cisco Packet Tracer dasturining joriy versiyasini ko’rish
imkonini beruvchi
buyruqlardan iborat.
Menyular satri ostida
yuqori uskinalar paneli joylashgan.
Yuqori uskunalar panelida joylashgan tugmalarining birinchi qatori Cisco Packet Tracer
dasturi bosh menyular satrining eng ko’p qo’llaniladigan buyruqlaridan
tashkil topgan
yorliqlardan iborat:
New – yangi model yaratish;
Open – modelni fayldam yuklash;
Save – modelni faylga saqlash;
Print – modelni printerdan chop qilish;
Activity Wizard – modelni soddalashtirish bo’yicha ko’rsatma yaratish;
Copy – modelning belgilangan qismini buferga nusxalash;
Paste – buferdagi ma’lumotni model oynasiga qo’yish;
Undo – modelga kiritilgan oxirgi o’zgartirishni bekor qilish;
Redo – Undo yordamida bekor qilingan o’zgartirishni tiklash;
Zoom In – tasvirni kattalashtirish;