147
Jinsning siljishga qarshiligini aniqlovchi ko‘rsatgichlar o‘zgaruvchan
bo‘lib, jinsning turiga, mineralogik va granulometrik tarkibiga, namligiga,
g‘ovakligiga va strukturasiga bog‘liqdir. Yumshoq, oquvchan gillarda
ichki ishqalanish koeffitsienti 0,1 - 0,2 ga teng bo‘lishi mumkin. Ichki
ishqalanish burchagi, 5
0
...10
0
dan ortmaydi. Ularning qiymati mos
ravishda qattiq, yumshoq gillar uchun 0,4...0,5 va 15
0
...35
0
ga to‘g‘ri
keladi. Gilli tog‘ jinslar bog‘lanish kuchining qiymati ko‘p hollarda 0,05
dan - 0,15 MPa gacha bo‘ladi.
Nazorat savollari:
1. Gruntlar qanday turlarga bo‘linadi?
2. Qoya gruntlari deb qanday tog‘ jinslariga aytiladi?
3. Gruntlar qanday tarkibiy qismlardan iborat?
4. Gruntlar tarkibida qanday turdagi suvlar va gazsimon
to‘ldiruvchilar mavjud?
5. Gruntning asosiy fizik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
6. G’ovaklik va g‘ovaklik koeffitsienti haqida nimalarni bilasiz?
7.Grunt zarrachalarining xajmiy zichligi haqida nimalarni bilasiz?
8.Gruntning namlanish koeffitsienti va zichlanish koeffitsienti
nima?
9. Loyli gruntlarning yumshoqlik va xolat ko‘rsatkichlarini
bilasizmi?
10. Gruntlarning fizik ko‘rsatkichlari nima uchun o‘rganiladi?