138
suvlar grunt bo‘shliqlari bo‘ylab faqat but holatida harakatlanishi
mumkin.
Gruntlardagi elektr tortish kuchi ta’sirida bog‘langan suv qobiq suvi
deyiladi. Qobiq suvi mustahkam va bo‘sh bog‘langan xolatda bo‘lishi
mumkin. Bunday suv og‘irlik kuchi qonuniga bo‘ysunmay, o‘ziga xos
qonuniyatga ega bo‘ladi. Qobiq qatlamidagi suv molekulalari tortish
kuchi yoki elektr kuchi hisobiga xarakatlanib, qalin qobiqli zarradan
yupqa zarra tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Gruntning gazli qismi. Gruntda ikki xil yerkin va qamralgan gazlar
mavjud. Birinchi xil gaz (havo) bosimi atmosfera bosimiga monand
bo‘lgani uchun gruntning xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qamralgan gaz bosimi esa uning atrofini o‘rab turivchi suv bosimiga teng
bo‘ladi. Bunday gaz gruntlarning zichlashish jarayonida qo‘shimcha
elastiklik xususiyatini vujudga keltiradi, shuningdek, ulardagi suv sizish
xususiyatini susaytiradi. SHuning uchun qamralgan gazlarni grunt
xossalarini o‘rganishda hisobga olish talab etiladi.
Gruntlar xolatini baholash uchun ko‘pgina fizik ko‘rsatkichlar
mavjud bo‘lib, ular o‘z navbatida tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan asosiy
va hisoblab topiladigan qo‘shimcha ko‘rsakichlarga bo‘linadi.
G r u n t n i n g a s o s i y f i z i k k o‘ r s a t k i ch l a r i zichlik,
zarrachalar zichligi hamda namlik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
Grunt zarrachalarining zichligi r
s
(kN
m
3
) sof quritilgan zarralar
massasining ular egallagan xajmiga nisbati kabi aniqlanadi:
,
1
1