- 60 -
hisoblanadi. Erish haroratini pasaytirish uchun flyus tarkibiga xlorli litiy va kaliy qo’shiladi.
Zanglamaydigan po’latni koviyalash uchun flyuslar bur va bor kislotasining
eritmasidan tayyorlanadi. Bundan tashqari, 70% bor kislotasi, 21% bur va 9%
ftorli kaliy
aralashmasidan tuzilgan 200 rusumli flyus qo’llanilishi mumkin. Bu flyus konstro’qtsion va
zanglamaydigan po’latni hamda issiqqa chidamli jez qotishmasini koviyalashda ham
foydalaniladi.
Qoviyalash lampalari. Qoviyalash lampalari bilan qoviyalanadigan
detallar qizdiriladi
va kavshar eritiladi. Undan, asosan eritilgan, ayrim vaqtlarda qiyin eriydigan kavsharlar bilan
qoviyalashda foydalanish mumkin. Tashqi ko’rinishi bo’yicha kerosin va benzinda ishlaydigan
lampalar burama naychaning joylashishiga ko’ra farqlanadi. Kerosin lampalarida burama
naycha quvurning ichida, benzin lampalarida esa tashqarisida joylashgan.
Kerosin lampasi
rezervuar, dasta, kerosin quyish tiqini, nasos, ventilli gorelka, burama naychadan tuzilgan.
Quvurdagi teshik gorelkaga toza havo kirishini ta’minlaydi.
Quvurning tagida vanna
joylashgan, o’nga lampani yoqish uchun kerakli miqdorda kerosin quyiladi. Noto’g’ri
tanlangan yonilg’i lampaning me’yorida ishlashiga halaqit beradi.
Lampani yoqishdan oldin ventilni berkitib, klapan orqali rezervuardagi havo chiqrib
yuborilgach, klappani berkitib qo’yiladi. Keyin vannaga quyilgan
kerosinni yoqib burama
naychani qizdiriladi. Vannadagi yonilg’ining yonib bitish paytigacha rezervuarga havo yuborib
sekin-asta ventil ochilgach, lampa alangasini 10-15 mm oraliqda g’ishtga tutiladi. SHundan
keyin yonish tezligi sozlanadi. Lampani o’chirish
uchun ventilni berkitish, undan keyin
rezervuardagi havoni klapan orqali chiqarib yuborish kerak.