Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.441
EHM larning grafika bilan kirishishgan joyida avvaliga
mashinaviy grafika, keyinchalik
kompyuter grafikasi deb nom olgan yangi fan vujudga keldi.
Kompyuter grafikasining asosiy vositasi bo‘lib,
grafik displey xizmat qiladi. Displey (monitor),
bu – ichki yuzasiga lyuminofor surtilgan, uy televizorlarining odatdagi elektron-nur trubkasi
(kineskop) ga o‘xshash katta bir lampa bo‘lib, uning ekrani ichkaridan chiqib kelayotgan
yorug‘likning har bitta nurini cho‘g‘dek yoritib ko‘rsatadi. Yorug‘lik nurining ekran bilan uchrashib,
o‘zini namoyon etgan nuqtaviy joyi
piksel (ingl.: pucture element – tasvirning elementi) deb ataladi.
Pikselni ekranning istalgan joyida paydo qilish mumkin. Piksellarning maqsadga muvofiq qatori yoki
maydoni bizga kerak bo‘lgan tasvirni ifoda etadi.
Displeylarning
vektorli va
rastrli deb ataluvchi turlari mavjud. Gap shundaki, bitta impuls
yordamida jo‘natilgan yorug‘lik nurini pikseldagi umri sekundning ulushlaridagina o‘lchanadi.
Piksellarning doimo ko‘rinib turishini ta’minlash uchun impuls har sekundda 30 martadan qaytarilib
turishi kerak. Bunday amal
regeneratsiya deb ataladi va u maxsus buferlar yordamida amalga
oshiriladi. Vektorli displeylarda yorug‘lik nuri tasvirning chiziqlari bo‘ylab harakat etkiziladi
Yuqoridagiga o‘xshash ishlarni bajarishda koordinatograflarni eslatuvi
grafik planshet va