217
ADSORBSION NASOS - so‘rib olinadigan gazning gaz yutuvchi moddalar
(selolit, silikagel, aktiv ko‘mir) sirtida adsorbtsiyalanishiga asoslanib ishlaydigan
vakuum nasos.
NASOS STANTSIYASI - suyuqliklarni bosim ostida haydaydigan inshoat,
mashina va qurilmalar majmui. Nasos stantsiyasi suv olish qurilmasi, boshqarish
apparatlari, so‘rish quvurlari, nasoslar, dvigatellar, bosim quvur-yuritma va
to‘ldiruvchi jihozlardan tashkil topgan. Qishloq xo‘jaligida sug‘orish uchun
ko‘chma (o‘ziyurar, tirkama, osma) nasosli stantsiyalar ishlatiladi.
NEFT BAZASI - neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, bir transport
vositasidan boshqasiga ortish, neft mahsulotlarini taqsimlash va tarqatishga
mo‘ljallangan kompleks qurilma.