12
Protsessor yoki mikroprotsessor ShKning markaziy qurilmasi
bo‘lib, o‘zining va mashinaning barcha bloklar ishini boshqarish
va axborot ustida arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni
bajarishga mo‘ljallangan. Protsessor tarkibiga bir necha kompo-
nentlar kiradi.
Mikrodasturli boshqaruv qurilmasi
(MBQ) mashinaning
barcha bloklariga zarur vaqtda bajarilayotgan operatsiyalarning
spe tsifikatsiyalari va oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari
bilan shartli belgilangan boshqarish signallarini shakllantiradi va
uzatadi, bajarilayotgan operatsiyalar tomonidan ishlatilayotgan
xotira yacheyka
lari manzilini shakllantiradi va bu manzillarni
kompyuterlarning mos bloklariga uzatadi. MBQ apparat jihatidan
doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, uning kirishiga protsessorning
ayni damda bajarilayotgan buyruqlarning ikkilik kodi keladi va
chiqishida esa kodli so‘zlar to‘plami shakllanadi, ularning har biri
ushbu buyruqning bajarilishida ishtirok etayotgan protsessorning
alohida sxema va bog‘lamalariga mo‘ljallangan. Shunday qilib,
kirib kelgan buyruq kodiga buyruq bajarilishining barcha asosiy
taktlarini amalga oshiruvchi operandlarni o‘qish, ular ustida
amallar bajarish, natijani yozish kabi bir necha mikroko‘rsatmalar
to‘g‘ri keladi. Mikro ko‘rsatmalar kodli so‘zlarining razryadlari
vaqtincha va fazoviy taqsimlash uchun «Boshqaruv mantiqi»
bog‘lamasi xizmat qiladi.