67
3.15-rasm.
Vinchesterga sovitish qurilmasini o‘rnatish.
bilan o‘rnatish kerak. Sovitish tizimi vinchesterga to‘rtta vint
yordamida mahkamlanadi va g‘ilof ichidagi vinchester uchun
mo‘ljallangan joyga ehtiyotkorlik bilan qo‘yiladi.
Bunday tizimning asosiy kamchiligi – ikki oydan so‘ng
tizimda ko‘p miqdorda to‘planadigan changdan vinchester va
ventilatorni muntazam tozalash zaruratidir.
Bundan tashqari,
ventilatorning yomon podshipniklarida vinchesterga mexanik
vibratsiyaning ortiqcha darajasi ta’siri qiladi.
NaZoraT SavoLLarI
1. Qattiq disk deb nimaga aytiladi? Uning funksional vazifasi qanday?
2. Qattiq disk jamlagichi konstruksiyasining
asosiy elementlarini sanab
o‘ting.
3. Qattiq disk ko‘rsatkichlaridan qaysi birlari umumiy ko‘rsatkichlarga,
qaysilari ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga tegishli?
4. Tezlik
va unumdorlik ko‘rsatkichlarini tushuntiring.
5. Qattiq disk jamlagichlarining ishlash tamoyillari nimalardan iborat?
6. Formatlash turlari va ularga qisqacha ta’rif bering.
7. Siz OTning qanday faylli tizimlarini bilasiz? Ularga qisqacha ta’rif
bering.
8. Partition Magic dasturining vazifasi. Bu dastur yordamida qanday
operatsiyalar bajarish mumkin?
9. IDE va SATA vinchesterlarini o‘rnatish jarayonini tushuntiring.
10.
Qattiq diskni sovitish tizimi, uning vazifasi va o‘rnatish usullari qanday?