189
11-bob.
ELEKTr Ta’MINoTI qUrILMaLarI
11.1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash
ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun
elektr quvvati bilan ishonchli ta’minlanishini ko‘zda tutish
zarurdir. Bu elektr ta’minoti tizimidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan ta’minot quvvatining og‘ishi va
nosozligini istisno qilish
yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz
ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:
– ko‘zda tutilmagan vaziyat tufayli ta’minot tarmog‘ida
kuch lanishning yo‘qolishi (falokat, simning uzilishi);
– kuchlanish darajasining belgilangan me’yordan keskin pas-
ayishi (qisqa vaqtli pasayish);
– elektr ta’minotining o‘chirib-yoqilishi tufayli kuchlanish-
ning sakrashi yoki uchqunning chaqishi;
– ta’minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.
Ta’minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va
ShKning xavfsiz ishlashga bo‘ladigan
tahdidlarning oldini olish
uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya
manbayining albatta bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyu
terning elektr ta’minot zanjirini hamda
tashqi qurilmalarni
berilayotgan kuchlanishdan va elektromagnit maydonlardan
himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Har bir kompyuterning yoki
tashqi qurilmaning elektr
ta’minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni
himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo‘ljallangan reak-
tiv filtrga ega. 11.1rasmda elektr ta’minoti blokining kirish zan-
jirlari va ularni nol, yer va faza bilan ulash zanjiri ko‘rsatilgan.