66
o‘qtuvchining o‘zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilarni chiroyli
yozishga o‘rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o‘rgatish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga
o‘rgatish bilan bir qatorda o‘qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan Husnixat va uni o‘tilish
metodikasi fanining maqsadi:
1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2. Talabalarni-bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni husnixat talablari asosida
yozishga o‘rgatish.
3. Boshlang‘ich ta’limida o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatishning metod
va usullari bilan qurollantirish.
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o‘qitish metodikasining o‘z
predmeti
bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash,
grafik jihatdan to‘g‘ri chiroyli yozishga o‘rgatish hisoblanadi.
Husnixat va uni o‘rgatish metodikasi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi:
- talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;
- o‘z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish;
- boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga
o‘rgatish;
- boshlang‘ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari
bilan tanishtirish.
Birinchidan husnixat bilan yozish o‘quvchilardan
mehnat madaniyatini
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko‘nikmasini
hosil qiladi.
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo‘lish
o‘quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilar
qiladigan ishlariga o‘ylab o‘tirmay bajaraveradilar, o‘z xato kamchiliklarini ham
o‘ylab ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar.
67
Uchinchidan husnixat bilan to‘g‘ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan
yozilmagan, to‘ldirilmagan hujjatlarni o‘qishga kitobxonning ko‘p vaqt
sarflashiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o‘qituvchi 30 nafar
o‘quvchilar daftarini tekshiradi. Agar o‘qib bo‘lmaydigan qilib yozgan bo‘lsa
o‘qituvchining ham unga ko‘p vaqti sarf bo‘ladi.
Aniq va ravon qilib yozgan
dastxati o‘qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi ta’limiy maqsadlarini
amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.