290
elementar tavsiflashga o‘rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo‘lib o‘qishdan
foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO‘ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-
4sinflarda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi. o‘quvchilar mustaqil o‘qishga
o‘rgatiladi, ular ,,G'uncha”, ,,Gulxan”, ,,Bilimdon" jurnallari, ,,Tong yulduzi”
gazetasi bilan, ya'ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o‘zbek,
qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi
asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o‘quvchilar bir nechta asarlar o‘qib kelib,
ular haqida o‘z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm
chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar
uyiishtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yiirita oladigan
kitobxon shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy
qayta hikoyalash, insenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o‘qish, kitoblar
tavsiya qilish usullaridan keng foydalaniladi.