281
Maktab o‘quvchini o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda
kitobni mustaqil o‘qiy
oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid
kitoblarni
tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o‘qiydigan faol
kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o‘qish (STO‘) tarbiyaning
asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko‘p narsani bilishga havasni orttiradi.
STO‘ning maqsadi o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay
oladigan, muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g’ri baholay oladigan
ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO‘ darslari tashkil etilgan.
STO‘ darslari 1—2sinfda haftada 1 marta, 3—4sinfda 2 haftada 1
marta
o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining
17—20 daqiqasi ajratiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo‘lib,
unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam
beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni
oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi.
o‘quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda
yondashish, Shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair.
Bolalarda kitob ustida
ishlash
malakasini
shakllantif
ish
ularda
kitobxonlik
madaniyatini
tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o‘qish uchun ajratilgan soatlardan
foydalaniladi.
Badiiy va ilmiyommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib
borilsagina, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga
xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan
mualliflarning kitoblari
muqovasi, titul varag’i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning
taxminiy mazraunini aniqlashga o‘rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat
qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchida
badiiy
kitoblarni o‘qishga havas uyg’otish, o‘qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita
282
olishga o‘rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan
elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish,
ularning
bog’lanishli nutqini o‘stirish, adabiyestetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan
tashqari o‘qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
STO‘ darslarining
muhim vazifalaridan biri mustaqil o‘qish