|
II bob Yarim otkazgichli elektronika elementlarini tayyorlash texnologiyasi va ularni ostirish usullari
|
bet | 11/20 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #267675 |
Bog'liq mustaqil ish (no41)II bob Yarim otkazgichli elektronika elementlarini tayyorlash texnologiyasi va ularni ostirish usullari
2.1 Yarim otkazgichli elektronika elementlarini olish texnologiyasi
Zamonaviy elektronika elementlarini olish texnologiyasini tanlash ularga quyilgan talablarga boglik bolib, bular jumlasiga asosan materialning tozaligi kiradi. Misol uchun, yarim otkazgichli materialning teskari yo‘nalishdagi qo‘yiladigan kuchlanish materialning solishtirma qarshiligiga bog‘lik bo‘lib, ρ~0,1 Om sm bo‘lgan Ge (Si) da Utesq 1,0-1,5V bo‘lgan pe’zoelektrik material olish mumkin. Bunday Ge (Si) materialida 100 ta kirishma atomiga 1,5 103 Ge (Si) atomi to‘g‘ri kelsa, kirishmalar sonini 100 marta kamaytirilsa (ρq50 Om sm) Utesq 500 V ga teng bo‘lgan material olish mumkin. SHuning uchun yarim o‘tkazgichli materiallar asosida ishlatiladigan texnik asboblarda moddalar tozaligi nuqtai nazaridan materiallar uch toifaga bolinadi. A toifaga oddiy klassik kimyoviy tahlil yoli bilan aniqlanishi mumkin bolgan A1 99,9% tozalikka ega bolgan va A11-99,99% tozalikka ega bolgan materiallar kiradi. V toifa V3 va V6 larga bolinadi. Bunday moddalar alohida toza va ota toza deyiladi (10-3-10-6% aniqlikda kirishmalar). Keyingi eng toza toifa bolib S7-S10 ga mansub bolib tozalik darajasi 10-7-10-10% dir.
Zamonaviy elektronika elementlari ostirish usulini tanlash ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini organishga boglikdir. Agar moddaning erish harorati yuqori, kimyoviy aktiv va bug bosimi katta bolsa, bunday moddalar kristallini ostirish juda qiyin. Ularni bug fazasi yoki eritmalaridan kichik osish tezliklarida ostirish maqsadga muvofiq boladi. Ostirish jarayoni haroratini juda aniq olchashga, moddalar taqsimotini nazorat qilishga, gaz holatidagi komponentlar bosimini doimiy miqdorda saqlashga va qurilmaning mexanik qismlari ishini aniq nazorat qilishga tugri keladi.
|
| |