• 4.1. “Buxoro-6”g’o’za navini etishtirishda agrotexnik tadbirlar.
  • 4-2. “Buxoro - 6” g’o’za navini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi.
  • Chigitli paxtani saqlash.
  • Chigitli paxtani dastlabki ishlash.
  • 4-3. “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini natijalari va taxlili.
  • 4-4. “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini iqtisodiy samaradorligi.
  • Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini iqtisodiy samaradorligi.
  • V – ATROF MUHIT MUHOFAZASI.
  • Mundarija kirish …




    Download 12,43 Mb.
    bet3/27
    Sana10.04.2017
    Hajmi12,43 Mb.
    #4399
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

    G’o’zani sug’orish. G’o’zani rivojlanishida maqbul sug’orish me`yorini va tartibini joriy qilinishi yuqori hosil olishning muhim sharti hisoblanadi. G’o’zalar gullashi boshlangunga qadar 700-800 m3 suv bilan 10-14 soat davomida gullash davrida 900-1100 m3 suv bilan 18-24 soat sug’orildi.

    “Buxoro-6” g’o’za navi boshqa navlarga nisbatan suvsizlikka chidamli bo’lib, suvni kamroq talab qiladi. Biz kuzatuv olib borgan fermer xo’jaligida asosan kechasi suvni sharbat oqizib sug’oradi. Bunday sug’orish suvdagi go’ng g’o’zaga oziq berish bilan mulcha vazifasini bajaradi, suvni bug’lanishini kamaytiradi, uni tuproqqa singishini yaxshilaydi. Bunday usulda o’simlik to’yib suv ichadi, eng asosiysi hosil elementlari to’kilmaydi.

    G’o’za zararkunanda va xashoratlariga qarshi kurash.

    Trips va shira o’simlikning dastlabki o’sish davri uchun juda havfli hisoblanadi. Ularga qarshi o’simlikni chidamliligini oshirish uchun azot, fosfor va kaliyli o’g’itlar aralashmasini yoki ulardan alohida bir turining 1,5-2,5 % eritmasini OVX-28 rusumli traktor purkagichlari yordamida gektariga 200-300 litr suvli suspenziya sarflab ishlatildi.

    G’o’za tunlami (ko’sak qurti)nazorat qilish uchun feramon tutqichlari dalaga osib qo’yiladi, va har kuni ertalab olib kechqurun dalaga osib qo’yiladi. Ertalab nazorat qilinganda kapalaklar tutqichga tushgan bo’lsa 3 marta 5 kun oralatib har gektarga 1 gr don trixogramma qo’yib yuboriladi. Brakon dalada qurt paydo bo’lishiga va uning zichligiga qarab 1:5, 1:10, 1:20, nisbatda amalga oshiriladi. Har gektarga 300 tadan -200 tagacha urg’ochi zoti hisobida. Trixogramma va brakon ertalab barvaqt (soat 5-1000 gacha)kechqurun (17-dan 21-gacha) tarqatiladi. Feramon tutqichda bir kechada o’rtaga 20 tadan ortiq kapalak tushsa kimyoviy kurash olib boriladi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    Kimyoviy preparatlardan karate (0,5 l/ga), Nurel-D (1,5 l/ga), tolstar (0,6 l/ga), daltofos (1,5 l/ga) kabi preparatlardan biri ishlatiladi. 200-300 metr ishchi eritmasi hisobida sepiladi.



    Chilpish.Chilpish o’z vaqtida bajarish, shona, gul tugunchalarini saqlash ga, ko’sak paydo bo’lishi va etilishi jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. G’o’zani Chilpish o’z vaqtida, sifatli o’tkazilganda ko’saklarning pishishi 5-10 kunga tezlashadi va xosildorlikni gektariga 3-4 tsentnerga oshiradi.

    Bu muhim tadbir g’o’zaning asosiy va yon shoxlariningo’suv nuqtasini qirqib bo’lib o’simlikning vegetativ o’sishni to’xtatish va ozuqa modalarin hosil nishonlariga yo’naltirish maqsadida o’tkaziladi. Chilpish ko’zatuv olib borilgan fermer xo’jaligida 12-13 ta hosil shoxi paydo bo’lganda qo’lda Chilpish o’taziladi. Chilpish 3- marta qilindi. Chilpish o’z vaqtida o’tkazilganda g’o’zani tepa qismida qo’shimcha 3-4 ta ko’sak paydo bo’ldi. Bu esa hosildorlik 15-20 % ortdi. Tola sifati yashilanadi. Iqtisodiy samaradorligi ortdi.

    G’o’za terimga tayyorlashda asosiy agrotexniktadbirlardan biri defoliotsiya (barg saqlantirish) dir. O’simlikni terim oldidan kimyoviy usulda bargsizlantirish ko’saklarni ochilishini tezlashtiradi, yuqori sifatli tola miqdorini oshiradi., ko’saklarning chirishini bartaraf qilib hosilning o’z vaqtidaterib olishini ta`min etadi.

    G’o’zalarda barg tushirish ko’saklar 60-70 % ochilganda boshlanib, magniy xlorat defolintidan o’simlik rivojiga qarab gektariga qarab gektariga 8-12 kg sarflandi. Paxta xosilini yig’ib terib olish. Paxta xosilini nes-nobud qilmay o’z vaqtida yig’ib-terib olish o’rta muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Paxta hosilini terib olish uchun eng avvalo dalani tanlab keyin tayyorlandi. G’o’za dalalarini paxta hosilini terib olishga tanlashda avvalo ekish muddatiga e`tibor qaratildi. G’o’zada 50-60 % ko’saklar ochilgan maydonlar aniqlanib eng avvalo sifatli defoliatsiya o’tkazildi. Defoliatsiyadan 10-12 kun o’tkandan keyin dalaga paxta terishga tayyorlandi. Har bir dalaga texnika kirish uchun yo’llar tayyorlandi. Sug’orish ariqlari ko’mildi, dala atrofi va ichida olingan o’q-oriqlar tekislandi.

    Paxtani quritish maydonchalari tayyorlandi. Dala atrofidagi aylanma maydondagi paxtalar o’rib olindi, tirkamalar yurish uchun qulaylk yaratildi. Paxta terishga tushishdan oldin fermer dalaning 5 ta nuqtasidan konvert usulida 10 tadan o’simlik na`munasi olib, ushbu o’simliklardagi jami ko’saklar soni va shundan ochilgani sanab chiqildi. Na`munadagi 10 ta o’simlikdagi 150 ko’sakdan 120 tasi ochilgan bo’lsa bu 80-85 % ni tashkil etadi. Bunday dala terimga tayyor hisoblanadi.

    Biz kuzatuv olib borganfermer xo’jaligi 3-kunda birinchi terimni tugatib 12-kundan keyin ikkinchi terimni boshlab 2-kunda tugatdi. Uchunchi terimni 15 kundan keyin terimga tushdi va 2 kunda terib paxta terimini yakunladi. Rejadagi paxtani 100 % birinchi sortga sotildi.



    IV. Asosiy qism.

    “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish, saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasida qo’yidagi agrotexnologik jarayonlarbajarish kerak bo’ladi.

    A) Kuzgi shudgor

    B) Erni tekislash

    V) Tuproq sho’rini yuvish

    G) Pushtaga ekish uchun pushta olish va zaxira suvi berish

    D) Chigitni ekishga tayyorlash (chigitga kul aralashtirish)

    E) Chigit ekish bilan birga gerbitsid qo’llash.

    J) YAgonalash.

    Z) G’o’zani parvarish qilish.

    L) G’o’zani oziqlantirish.

    M) G’o’zanni sug’orish

    I) G’o’zani Chilpish

    T) G’o’za zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash.

    O) G’o’zani bargini to’kish, paxtani terib olish, paxtani saqlash va dastlabki qayta ishlash.

    Kuzgi shudgor.Dehqonchilikda eng asosiy ish hosildan bo’shagan maydonlarni shudgor qilishdir. O’z vaqtida sifatli qilib shudgor qildik. Kuzgi shudgorni ahamiyati juda katta bo’lib vegetatsiya davri davomida zichlanib qotib ketgan haydalma qatlam tuprog’ini alo darajada yumshatadi. Ikkinchidan yavvoyi o’t yoki ularni qoldiqlari, urug’lari, xashorat tuxumlari (g’umbaklari) kasallik tarqatuvchi infektsiyalarini plug etagiga tushirib va plug oldermasi ko’targan tuproq bilan qo’shiladi.

    Tajriba o’tkaziladigan dalani 35 – 40 sm chuqurlikda haydaladi. Xaydov oldidan go’ng “RTO – 4” markali sochqichlar bilan 15 tonnadan chirigan gung solinadi. Madaniy o’g’itlardan fosforli va kaliyli o’hitlarni 70 - 75 % “KSA – 3” markali o’g’it sepuvchi agregatdan foydalanib shudgor qilinadigan erga solinadi va ikki yarusli “PYA – 3 - 35” markali tirkama omoch bilan er shudgor qilindi. Omoch o’tgan yo’llar orasida uzilishlar, yopiq va ochiq haydalmay qolgan erlar qolmadi. Maydonning barcha qismi burchaklari etaplari ham sifatli haydaladi.

    Erni ekishdan oldin sifatli qilib tekislandi. Erni tekislashda P – 2- 8A markali keng qamrovli tekislagich bilan tekislandi. Chigit ekish uchun 90 sm kenglikda pushta olindi. Pushtaga zaxira suvi olindi.
    4.1. “Buxoro-6”g’o’za navini etishtirishda agrotexnik tadbirlar.

    “Buxoro-6” g’o’za navini agrotexnologik etishtirishda qo’yidagi jarayonlar kerak bo’ladi.

    A) Kuzgi shudgor.

    B) Erni tekislash.

    V) Tuproq sho’rini yuvish.

    G) Pushtaga ekish uchun pushta olish va zahira suv berish.

    D) Chigitni ekishga tayyorlash. (chigitga kul aralashtirish).

    E) Chigit ekish bilan birga gerbitsid qo’llash.

    J) YAgonalash.

    Z) G’o’zani parvarish qilish.

    L) G’o’zani oziqlantirish.

    M) G’o’zani sug’orish.

    I) G’o’zani Chilpish.

    T) G’o’za zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash

    O) G’o’zani bargini to’kish, Paxtani terib olish.

    Paxtani saqlash va dastlabki qayta ishlash.



    Kuzgi shudgor.Dehqonchilikda eng asosiy ish hosildan bo’shagan maydonlarni shudgor qilishdir. O’z vaqtida sifatli qilib shudgor qilindi. Kuzgi shudgorni ahamyati juda katta bo’lib vegetatsiya davri davomida zichlanib, qotib ketgan haydalma qatlam tuprog’ini a`lo darajada yumshatadi. Ikkinchidan yovvoyi o’t yoki ularning qoldiqlari, urug’lari, hashorat tuxumchalari (g’umbaklari) kasallik tarqatuvchi infektsiyalarni plug etagida tushirib va pulug ag’darmasi ko’targan tuproq bilan qo’shiladi. Tajriba o’tkaziladigan dalani 35-40 sm chuqurlikda haydaldi. Haydov oldidan go’ng “RTO-4” markali sochqichlar bilan 15tonnadan chirigan o’ng solinadi. Ma`danli o’g’itlarda fosforli va kaliyli o’g’itlarni 70-75 % “KSO1-3” markali o’g’it sepuvchi agregatdanfoydalanib shudgor qilinadigan erga solindi va ikki yarusli TYA-3-35 markali tirkama omoch bilan er shudgor qilindi. Omoch o’tgan yo’llar orasida uzulishlar, yopiq va ochiq haydalmay qolgan erlar qolmadi, maydonning barcha qismi, burchaklari, etaklari ham sifatli haydaldi.

    Erni ekishdan oldin sifatli qilib tekislandi. Erni tekislashda P-2,8 A markali keng qamrovli tekislagich bilan tekislandi. Chigit ekish uchun 90 sm kenglikda pushta olindi. Pushtaga zahira suvi olindi. Chigitni ekishdan oldin ekishga tayyorlandi.unuvchanligi 90-95 % dan kam bo’lmagan urug’lik Chigit tanlanib, Chigit maxsus tayyorlangan, betonlangan maydonchalarda 1 tonna Chigitni namlash uchun 600 litr suv sarflandi. Chigit namlanadigan maydonchalarni bo’yi-5 metrni 2,5 metr va balandligi 30-35 sm namlash vaqtida suv oqib ketishining oldi olinadi. Chigitni namlash vaqtida qalinligini 20-25 sm qilib yoziladi.

    Namlash 3 bosqichda birinchisi 4-soat, ikkinchi 4-soat, uchunchisi 6- soat davomida 200 metrdan suv sarflandi. Chigitni to’liq namlashga erishildi. Chigitni ekish oldidan pushtani usti 2 marta barona qilindi.

    Biz o’z tajribamizda Chigitni ekishdan oldin kul bilan ishlov berdik. Chigitni pushtaga tushishiga yordam beradi. Seyalkani teshigiga tiqilib qolmaydi. Ekish chuqurligi 5 sm, ekish me`yori 50 kg qilib, ekildi. Chigit ekish bilan birga “stomp” gerbitsididan gektariga 1,0 kg me`yorda ishlatildi.



    G’o’zani yagonalash. G’o’za 1-2 chinbarg paydo bo’lganda o’tkazildi. Yagonalash 8 kunda yakunlandi. Yagonadan keyin sakkizinchi kuni ya`ni bir marta tekshirilib ko’tarilib chiqqan, nimjon kasallangan nihollar olib tashlanib to’liq va tekis gektar hosil qilindi. Paxtani yagona qilishda o’lchov tayoqchalaridan “Buxoro-6” navi g’o’zasi kuchli shoxlanib o’sganligi uchun bir gektar maydonda 90-95 ming tup ko’chat qoldirildi. YA`ni bir pag’ona metrda 8-9 tup ko’chat to’g’ri keladi.
    4-2. “Buxoro - 6” g’o’za navini saqlash va dastlabki qayta ishlash

    texnologiyasi.

    Paxta hosili davlat paxta tozalash zavodining tayyorlash punktlarida davlat standarti talablariga muvofiq qabul qilinadi. Paxta tayyorlash puktlarida klassifikator paxtaning sifatini aniqlab qabul qilgan paxta partiyasi ombariorga joylashtiriladi. Paxta qabul qilish punktlari paxtani qabul qilib uni tozalash, quritish va yaxshilash saqlashga masul bo’ladi.



    Chigitli paxtani saqlash.Chigitli paxtani tolaning tabiy xususiyatlari va chigitning urug’lik hamda sanoat sifatlari buzilmaydigan sharoitda saqlash lozim. Ma`lumki, paxta asosan sentyabr, oktyabr va noyabroylarida yig’ib-terib olinib topshiriladi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy mobaynida bir mavsumda tayyorlangan paxtaning 20-25 % ni qayta ishlaydi.

    SHu sababli Chigitli paxtaning ko’p qismi tayyorlash punktlaridan uzoq vaqt saqlanadi. Paxta qabul qilish punktlarida paxtani to’g’ri va uzoq vaqt saqlashni tashkil qilish va undan olinadigan tola hamda boshqa xoashyolarning sifatini yaxshilash sharoitlarida biri uni omborlarga joylashtirishda namligini davlat standart ko’rsatgichlari talabi darajasida bo’lishdir. Paxtani joylashtirish va saqlashda uning sanoat sorti, terish usuli va namligi hisobga olinadi.

    Namligi 20 % dan yuqori bo’lgan paxta quritish tozalash sexiga yaqin joyga vaqtincha to’kiladi, va quritilib tezda zavodga jo’natiladi. Chigitli paxtani yopiq omborlarda saqlash vaqtida namligi 11 % gacha bo’lgan 1 va 2 sort paxta uchun uning o’rtacha zichligi 150-190 kg/m3 va namligi 14 % gacha bo’lgan 3 va 4 sort paxta uchun 130-160 kg/m3 bo’lishi shart.

    Chigitli paxtani ochiq maydonchalarda saqlash uchun paxta tayyorlash punkti xududida er yuzasidan 40 sm ko’tarilgan maxsus buntlash maydonchalari quriladi.

    Paxta saqlaydigan maydonchalar 50 mm qalinligida asfalt qilinadi, yoki 150 mm qalinlikda yirik tosh terib orasi mayda shog’al bilan to’ldiriladi. Buntlash maydonchalarining o’lchami 25-14 metr bo’ladi. Buntlash paxta joylashtirib bo’lgandan so’ng uning uchi 2,0-2,5 m balandlikda konussimon qilib qo’yiladi. Paxtani uzoq vaqt saqlashda buntlarni brezent bilan to’g’ri yopish muhim ahamyatga ega. Ochiq maydonlardagi buntlarni yopishda o’lchamli 8,5-7 metr bo’ladigan brezentdan foydalaniladi.

    Bunt qilinganidan 10-20 kundan so’ng uning o’rtasidan uzunasiga balandligi 1,8-2,0 metr va eni 0,8-1,0 metrli tunnel kovlanadi.

    Nam havoni so’rish namligi yuqori bo’lgan paxtani saqlashningmuhim tadbiri hisoblanadi. Bunda mahsus statsionar uskuna qurutiladi. Havoni tortish uchun UVTS -10 m, VTS- 8 m, VTS-10 va UVP ventilyatorlari ishlatiladi. Xavoni tortishi 8-soatdan oshmasligi kerak. Nam paxtani buntlarga joylashtirish va o’z vaqtida havoni tortmaslik oqibatida paxta o’z-o’zidan qiziy boshlaydi, natijada tolaning rangi o’zgaradi. Sorti pasayadi, urug’ning sifati keskin passayib ketadi. SHuning uchun saqlanayotgan I va II sort paxtani har 10 kunda III- IV sort paxtani har 5 kunda tekshirib turish kerak.

    Paxtani sanoat sortiga, terish usuliga va namligiga qarab joylashtirish va saqlash. (R. Oripov, I.Suloymonov) 1991 yil




    Sanoat sorti

    Terish usuli

    Paxtani komplektlash va saqlashda namlik gradatsiyasi %

    I

    Qo’lda

    Mashinada



    9-gacha

    II-gacha, II-dan yuqori.



    II

    Qo’lda

    Mashinada



    10-gacha

    II-gacha, II-dan yuqori.



    III

    Qo’lda

    Mashinada



    II-gacha

    11-18,18 dan yuqor.



    IV

    Qo’lda

    Mashinada va to’kilgan paxta



    13-gacha

    13-20, 20 dan yuqori.





    Chigitli paxtani dastlabki ishlash.Chigitli paxtadan tayyor maxsulot olish uchun bajariladigan hamma ishlar yig’indisi paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayoni deb ataladi. Bu jarayon natijasida paxtadan tola, linturug’ kabi mahsulotlar olinadi. Chigitli paxtani dastlabki ishlash paxta zavodlarida amalga oshiriladi va paxtani quritish, tozalash chigitdan tola ajratish (tinlash) Chigitni qisqa tolalardan tozalash (lintrlash), tola, lint va urug’ni tolali chiqindilardan tozalash, urug’lik va texnik chigitlarni ishlash kabi jarayonlar amalga oshiriladi.

    Paxta sanoati markaziy ilmiy tekshirish inistituti Chigitli paxtaning namligi sort va terim usuliga qarab 3 guruxga bo’lib, dastlabki ishlashni tavsiya etadi.

    Birinchi guruxga namligi 14 % dan oshiq, mashinada terilgan II-va-IV sort hamda qo’lda terilgan III-IV sort paxtalar, ikkinchi guruxga namligi 14 % dan kam bo’lgan mashina qo’lda terilgan paxtalar, uchunchi guruhga qo’lda terilgan I-II sort paxta quritiladi.

    Quritish 2 xil bo’ladi:

    1. Tabiiy

    2. Sun`iy

    Tabiiy quritishda quyosh yordamida dalada quritiladi. Sun`iy quritishda tola 1050 S, urug’lik paxta 550 S texnik Chigitli paxta 700 S gacha qizdiriladi. SXN-10, quritgichlar ishlatiladi. Paxtani tozalashda ikki batariyali tozalash tsexi (CHX-3m-2), VA-12m, S, S -15 m, bitta elivator EX-15, ishlatiladi. Tinlash mashinalarini arrali va valikli bo’ladi. Tinlash mashinalari – XDD va XDD -2m, hamda avtomatlashtirilganarrali tinlash mashinalari ZXDD, ZXDD va DP-130 markali mashinalardan foydalaniladi. Chigitni tozalashda exa-chep yoki CHSM markali privmatik Chigit tozalagichlardan foydalaniladi. Tinlashdan so’ng olinadigan chigitlarda qisqa tolalar lint (momiq) va delint (tuk) qoladi. Odatda ingichka tolali paxtaning chigitidan 2,4-5 % o’rta tolali paxtaning chigitida 11-17 % lint va delent qoladi. Lint va delent massasining chigitning boshlang’ich massasiga bo’lgan foizda ifodalangan nisbatiga chigitning umumiy tukligi deb yuritiladi. CHigitdan lint ajratish jarayoni linterlash va bu jarayoni bajaradigan tmashinalar linter deb ataladi.

    Linterlash jarayoni ximyaviy , mexanik va agroximyoviy usullarida amalga oshiriladi. Paxta tozalash zavodlarida mexanikusulda ishlaydigan PO-160, POM-160, PMP-160, 5 LP markali arrali linter mashinalari bilan jihozlangan chigitlardan qoldiq tola va tuklarni ajratishi jarayoni delintlash va olingan mahsulot esa delint deb yuritiladi. MPM-1, 3 SOM, 4 SOM,LKXT-210 markali delintlash mashinalari ishlatiladi. (R.Oripov va boshqalar, 1991 yil).


    4-3. “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini natijalari va taxlili.
    Mirishkor tumani Jeynov qishlog’i “Hamroev Zafar” fermer xo’jaligini 115 gektar eri bo’lib shundan 50 gektariga “Buxoro - 6” g’o’za navini ekadi. Bu g’o’za navini suvsizlikka, sho’rga chidamligi ko’sakdagi paxta vazni 7,2 g, tola chiqimi 36,5 % tola uzunligi 34- mm, tolaning uzulishi kuchi 4,5-4,6 gk nisbiy uzunlik kuchi 28,3 gk tekis 35-40 tsentnergacha cho’l sharoitiga paxta berilishini bo’lib 6 yildan beri shu navni ekib xar yili rejani 120-130 % bajarib kelmoqda va katta daromad olmoqda. Biz o’zimizni bitiruv malakaviy ishimizni shu fermer xo’jaligida olib bordik. Fermer xo’jaligi kuzgi g’alladan bo’shagan erni 30-35 sm chuqurlikda shudgor qildi. Erta bahorda obi-tobida erni tekislab juyak oldi va mart oyida zahira suvi oldi. Erni ekishga tayyorladi. Gektariga 50 kg dan Chigit olib kelib 24 soat davomida ivitdi. Bizni tavsiyamiz bilan 1 gektar maydonga ekiladigan Chigitni kulga aralashtirilib keyingi seyalkaga solindi. Kulga aralashtirilgan Chigitni donodorligi oshadi. Seyalkadan bexato tushadi. To’liq ko’chat olinadi. Boshqa chigitlarga qaraganda 1-2 kun oldin ko’karadi. Chigit ekish bilan birga gerbidtsid sepiladi. Ko’karib chiqqan ko’chatlar 1-2 chinbarg chiqargandla yagona qilindi. Gektarida 80-85 ming dona ko’chat qoldirildi.

    Birinchi ishlov berishda 14-16 sm chuqurlikda, ikkinchi marta 18-20 sm chuqurlikda keyingilari 14-16 sm chuqurlikda kultivatsiya qilindi. Xar suvdan keyin 2-3 marta ishlov berildi.G’o’za 14-16 shoxlagan vaqtida Chilpish o’tkazildi. Paxta 60-70 % ochilganda defoliatsiya o’tkazildi.

    Birinchi terim o’tkazilgandan keyin paxta maydoni engilgina sug’orib olindi.

    Yuqoridagi agrotexnik qoidalar to’liq bajarilgani uchun “Hamroev Zafar” fermer xo’jaligi davlat shartnomat rejasi 26 tsentner o’rniga har gektardan 33,5 tsentnerdan hosil olib har gektaridan qo’shimcha 7,5 tsentner jami davlatga 167,5 tonna paxta sotdi va qo’shimcha 20000000 sumdan ortiq foyda oldi. Olingan foydadan mahallaga o’zini ishchilariga, va boshqaishlarga sarflandi. Ya`ni shuni aytishni lozim topdikki, topshirilgan paxtani hammasini quritib, iflosliklardan tozalab 1 chi sortlarga 100 % topshirdi.

    Biz shunday xulosaga keldikki bu erda fermer xo’jaligini raisi ishbilarmonligi, tadbirkorligi, o’z ishini bilib qilishi agrotexnologiya qoidalariga to’liq rioya qilish natijasida shunday yutuqlarga erishdi.
    4-4. “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini iqtisodiy samaradorligi.
    Mirishkor tumani “Xamraev Zafar” xo’jaligi 115 gektar eri bo’lib shundan 50 gektar maydoniga “Buxoro - 6” navini ekadi. Bu nav cho’l sharoitiga moslashganligi uchun 6 yildan buyon ekib kelmoqda. Har yili davlat shartnoma rejasini ortig’i bilan bajaradi. 2012 yilda 50 tgektar maydonga paxtani “Buxoro - 6” navini ekib yuqori hosil oldi. Fermer xo’jaligini davlatga paxta sotish rejasi26 tsentner bo’lib agrotexnika qoidalariga to’la amal qilgan xolda hosildorlikni 33,5 tsentnerga etkazib qariyib 7,5 tsentner ortiqcha paxta etkazib davlatga sotadi. Qo’shimcha etishtirilgan 37,5 tonna paxta hisobiga 20 milliondan ortiq sof foyda ko’rdi. Jami 167,5 tonna davlatga paxta sotdi. Jami sotilgan paxta xosilini hisoblaydigan bo’lsak 100 milliondan ortiq daromad oldi.

    Bular nimani hisobiga keldi paxtani pishirib o’z vaqtida defolyatsiyani o’tkazib, paxtani zavodga quritib, iflosliklardan tozalab topshirish hisobiga keldi. Bundan tashqari ishchi, traktorchi, suvchilarni o’z vaqtida ish haqlarini berishi rag’batlantirilishi, terimchilarga kunlik ish haqini berishi natijasida bu yutuqqa erishildi va fermerni iqtisodiy samaradorligi oshdi va 40-50 million sof foyda olindi.


    Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini iqtisodiy samaradorligi.


    Ekin turi

    Paxta maydoni

    ga


    Hosildor

    lik


    Jami reja

    dagi hosil tonna



    Qo’shim

    cha


    hosil

    tonna


    Jami hosil tonna

    1 kg paxtani puli so’m

    Jami summa

    ml so’m


    Sof daromad mln

    Buxoro 6”

    50

    26

    130

    37.5

    167.5

    600

    100500000

    35000000



    V – ATROF MUHIT MUHOFAZASI.
    Paxtani saqlash va dastlabki qayta ishlash jarayonida juda katta miqdorda chang chiqadi. Ushbu changlar zavod binalarini, atroflarini va atrofdagi havosini bug`latadi. Zavodda ishlaydigan ishchilar uchun noqulay sharoit tug`diradi. Hamda atrof muhitni ifloslantiradi. Bundan tashqari ishlab chiqarish sexlari havosi bulg`anib xar hil allirgek, boshqa kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun texnologik mashinalarda mahalliy surgichlar o`rnatiladi. Natijada havo tarkibidagi iflosliklar va zarali changlar siklonlarga ajratilib tozalanadi.

    Ba`zan shunga qaramasdan, sex ichidagi turli mashina korpuslarining ochiq bo`lishi, to`liq yopilmasligi, agrodinamik rejimining yaxshi ishlamasligi, pnevmotrubalarning teshilishi va notug`ri montaj qilinishi tufayli turli chang, gaz va boshqa iflosliklar sexlardagi atmosferani ifloslantiradi.

    Zavodda qabul qilingan yoki keltirilgan paxtani turli texnologik jarayonlar yordamida tozalash vaqtida ajralib chiqadigan changlar asosan organik va meneral aralashmalardan iborat.

    Organik aralashmalar qurigan has-cho`plar maydalangan bo`laklari yoki butun qismlardan iborat bo`ladi.

    Meneral aralashmalarga changlar, qumlar va boshqa turli aralashmalar hamda transportda yuklash vaqtida qo`yilgan iflosliklar kiradi.

    Paxtani dastlabki aralashmalaridan tozalash vaqtida asosan menaral aralashmali changlar ya`ni iflosliklardan ajratib olinadi. Mahalliy chang surgichlarga xar hil siametrli quvurlar bilan ulangan ventilatsiyalar havoni markazdan qochirma chang tutgichlarga uzatadi.

    Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham ashyoni texnologik qayta ishlash jaroyonlarida ( yuvish va boshqa jarayonlarda) toza ichimlikka yaroqli suv ishlatiladi.

    Natijada juda ko`p miqdorda chiqindi suvi hosil bo`ladi, u korxona kanalizatsiyasi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

    Chiqindi suvlarning tarkibiy qismdagi moddalar organik va noorganik bo`ldi, ularni to`g`ridan to`g`ri suv havzalariga tashlab bo`lmaydi. Korxonada hosil bo`layotgan chiqindi suvlarni tozalash inshootlariga yo`boriladi. Bu yerda ular tozalanib, yana texnik maqsadlarga ishlatish uchun yaroqli holga keltiriladi. Chiqnidi suvlarni tozalab ishlatish korxonaga foyda keltiradi.

    Chiqnidi suvlar kanalizatsion nasos stansiyasi orqali tozalash inshootlariga yuboriladi. Bunda umumiy sanitariya – gegiyena talablariga rioya etish kerak. Kanalizatsiya quvurlariga tiqilib qoladigan paxta, qog`oz, latta, po`choq va boshqa narsalar chiqndi suvlariga tushmasligi kerak. Kanalizatsiya quvurlarini doimo nazarat qilib turiladi, har 30-50-100 litrda nazorat quduqlari qurish kuzda tutiladi.

    Korxonadan chiqayotgan chiqindi suvlar korxonadan chiqish joyida mexanik tozalanadi, unda suvning chiqsh joyiga kataklari 16x30mm li sim panjara o`rnatiladi. Bunda suvga tushib qolgan yirik mehanik qo`shinchalar tushib qoladi, ular vaqti-vaqti bilan tozalanib turiladi va axlat kontenerlariga tashlanadi. Kanalizatsiya quvurlari qiya qilib o`rnatiladi, ularda suvning oqish tezligi 70sm/ sek bo`lishi kerak, quvurlar 1,5-1,7 m chuqurlikda yotqiziladi. Kanalizatsiya quvurlarining diametri 550 mm dan kam bo`lmasligi kerak. Mehanik usul bilan dastlabki tozalangan chiqindi suvlari biologik tozalash inshootlariga yuboriladi.



    Download 12,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 12,43 Mb.