|
I BOB. Adabiyotlar tahlili
|
bet | 5/23 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 484,54 Kb. | | #140085 |
I BOB. Adabiyotlar tahlili
1. Akademik litseylarda sulfat va nitrat kislotalar olish texnologiyasi mavzusini o’qitishda zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanish
I.1. Zаmonaviy pedagogik texnologiyalarning turlari va ularning afzalliklari
Ma’lumki, hozirgi davr, hozirgi taraqqiyot jarayoni o’qituvchidan ta’lim va tarbiya berish jarayonida ulkan iste’dod va katta kuch talab etadi. Ayniqsa, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta‟lim-tarbiya sohasida olib borayotgan tub islohotlarning asosiy yo‟nalishlarini anglab xayotimizga tadbiq etishimiz zarur.
Hozirgi kunda o‟zbek tilida tayyorlanayotgan darsliklarga bo‟lgan talab va ehtiyojni tezroq qondirish maqsadida ushbu darsliklarning elektron variantlarini tayyorlash ishlari barcha oliy o‟quv yurtlarida amalga oshirilmoqda. Yozilgan elektron darsliklar jonli ovoz, rangli tasvir, musiqa va animastiya elementlari bilan boyitilmoqda. Ushbu ta‟sirchan vositalarning qo‟llanishi, oddiy kitobni o‟qishdan farqli ularoq, o‟rganilayotgan materialni o‟zlashtirish va eslab qolish darajasini, talabalarning fikrlash qobiliyatini bir necha bor oshirmoqda.
Elektron darsliklar zamonaviy o‟quv jarayonining eng asosiy elementlaridan bo‟lib, u o‟quv fani yoki uning ma‟lum bir bo‟limini mustaqil o‟rganishni ta‟minlovchi va odatdagi darslik, ma‟lu-motnoma, mashqlar to‟plami, laboratoriya praktikumi hususiyatlarini birlashtiruvchi dasturiy va uslubiy majmuadir [2].
Elektron darslik an‟anaviy darsliklarning alternativ varianti bo‟lmasdan, balki uning to‟ldiruvchisi bo‟lib, ularda an‟anaviy darsliklarning barcha afzalliklarini saqlab qolish bilan bir qatorda, kompyuterlar vositasida ta‟minlanadigan zamonaviy ahborot tehnologiyalari, multimedia imkoniyatlaridan to‟la ravishda faydalanish uchun shart sharoit yaratiladi.
Elektron darslik - bu predmet sohasini kompyuter xotirasiga adekvat akslantirish imkoniyatini beruvchi va axborotni kompyuter xotirasiga kiritish bosqichida ham, foydalanuvchiga bilimni uzatish maqsadida natijani olish bosqichida ham foydalanuvchi bilan kompyuter o‟rtasidagi muloqotni amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar kompleksidir [3].
Elektron darsliklar yaratish bilan bir qatorda elektron o‟quv qo‟llanmalarini tayyorlashga ham alohida e‟tibor berilmoqda. Ushbu o‟quv qo‟llanmalari mashq va masalalar to‟plamlari, laboratoriya amaliyotlari, murakkab qurilmalarni hisoblash namunalarini o‟z ichiga olib, ularda interaktivlik va animatsiya elementlari keng qo‟llanilmoqda.
Fanlar bo‟yicha ma‟ruzalar matnining mukammal elektron variantlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Yuqorida keltirilgan imkoniyatlarga qo‟shimcha ravishda multipilikatsiya, harakatlar va interaktivlik elementlari ushbu dasturlarda keng qo‟llanilmoqda. Barcha elektron ma‟ruzalar matnlari reja, mavzuga tegishli tayanch iboralar va so‟zlar, nazorat va test savollari bilan boyitilmoqda [4-7].
Elektron ma‟ruza matnlarini tayyorlashda o‟quvchi tomonidan mavzuda keltirilgan material to‟la o‟zlashtirilishi uchun barcha imkoniyatlar hisobga olinmoqda. Buning uchun tayanch so‟z va iboralarni, hamda ularning ta‟riflarini ko‟rsatish, materialning to‟la o‟zlashtirilmagan qismiga qaytish, javobsiz qolgan nazorat savollarini alohida keltirish, hamda ushbu savollarga tegishli materialni tezkor aks ettirish, matnlardagi asosiy tushunchalar, grafik materiallar va boshqalarni «jonli»ovoz bilan sharhlab borish ko‟zda tutilgan [8-11].
ED uchta tarkibiy qismdan iborat:
qismi ifodalanadi.
Mashq qismi – olingan bilimlarni mustahkamlashga
qaratilgan.
Testlar qismi - o‟quvchi bilimini ob‟ektiv baholashni o‟tkazishga imkon beradi [12].
|
| |