sugʻoriladigan yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻzbekistondagi oʻrikzorlarning
asosiy
qismi Fargʻona vodiysi va Zarafshon vohasida joylashgan, Oʻrta Osiyoda Oʻ.ning
500 dan ortiq navlari va klonlari uchraydi. 20-asrning 30-yillaridan boshlab 40 dan
ortiq xalq va ilmiy seleksiya navlari rayonlashtirilgan. Oʻzbekistonda Oʻ.ning
Ahroriy, Subhoniy, Gulungi luchchak, Mirsanjali, Koʻrsodiq, Xurmoi, Isfarak,
Javpazak, Oq oʻrik, Navoiy, Shalax, Ruhi Juvanon, Mohtobi va boshqalar koʻplab
navlari ekiladi.O'rik mevasi yurak qon-tomir kasalligi
bor insonlar uchun juda
foydali bo'lib,o'rik qoqisi qaynatib ichirilsa juda foydali. Shuning uchun ham xalq
orasida"o'rik sharbati-yurak quvvati" degan gaplar yuradi.Ertapishar o'rik
navlarining foydali harorat yig'indisi 2500°C ni tashkil etadi