176
10.5-rasm, c
10.4. Buyumlarning umumiy ko’rinish chizmalarini o’qish.
Buymning umumiy ko’rinish chizmasidan doim foydalanishga to’g’ri keladi.
Masalan, uyda foydalanish uchun sotib olingan chang yutgich komplektiga albatta
uning umumiy ko’rinish chizmasi ilova qilinadi. Korxona uchun olinadigan
buyumlar (texnologik mashina va jihozlar) ning umumiy ko’rinish
chizmalari
muhim ahamiyatga ega. Ularda kerakli ko’rinish va qirqimlar, uni tashkil qiluvchi
detallar (raqamlangan), hamda gabarit va o’rnatish o’lchamlari kabi zarur va etarli
ma’lumotlar bo’ladi. Buyumdan foydalanishda uning umumiy ko’rinish
chizmasidan kerakli ma’lumotlarni olish, ya’ni uni o’qish talab qilinadi.
Foydalanuvchi buyumning tuzilishi va ishlash prinsipi to’g’risida ma’lumotga ega
bo’lgan holda uni o’rnatishi va ekspluatasiya qilishi osonlashadi. Bundan tashqari
foydalanuvchi umumiy ko’rinish chizmasidan foydalanib yig’ma
birlikni fikran
detallarga ajratib, ish chizmalarini tayyorlashi mumkin. Bu esa ishdan chiqqan
detallarni
almashtirish, ta’mirlash yoki yangisini tayyorlash imkonini beradi.
Umumiy ko’rinish chizmasini o’qish qulay bo’lishi uchun detallarning eskizlari
177
ham berilishi mumkin. 10.6-rasmda
Air engine - Havo klapani
(
a), uning
assembly-
yig’ima birlik (
b) va
component parts-detallarining eskizlari (
c) ham berilgan
4
.