Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati




Download 1,13 Mb.
bet4/30
Sana20.06.2024
Hajmi1,13 Mb.
#264726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Гули дис (2)

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: ishlab chiqilgan metodologiya qayta tiklanadigan energiya manbalarini takomillashtirishda qo'llanilishi mumkin.

I - BOB. QUYOSH ENERGETIKASI JAHON VA O‘ZBEKISTONDA ISTIQBOLLARI TAHLILI

    1. Quyosh energiyasi manbalari


Hozirgi kunda energiya iste’mol qiluvchi barcha sohalarning organik yoqilg‘ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada tabiatning flora va faunasida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya iste’mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta’minlashdir. Ekologik toza energiyani faqatgina tabiatda mavjud bo‘lgan energiya manbalaridan olish mumkin. SHuning uchun bunday manbalarni noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Hozirgi kunda dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda energiyaning bunday turlaridan foydalanib har xil energiya turlarini ishlab chiqarishga kirishilgan.
Dunyodagi rivojlangan malakatlar foydalanayotgan noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • quyosh energiyasi;

  • shamol energiyasi;

  • gidroenergetika(o‘rta-, kichik- va mikrogidroenergetika);

  • to‘lqinlar energiyasi;

  • suv sathlarinig ko‘tarilib-tushish energiyasi;

  • okean va dengizlardagi har xil oqimlar energiyasi;

  • geotermal suvlar va geyzerlar energiyasi;

  • biomassa energiyasi;

  • shahar chiqindilari energiyasi;

  • chorvachilik va parrandachilik fermalari chiqindilari energiyasi;

  • yer ostidan issiqlik nasoslari orqali olinadigan energiya.

Quyosh energiyasi: Yer shariga har sekundda tushayotgan energiya miqdori quyosh sochayotgan barcha energiyadan 2,2 mlrd. marta kam bo‘lib, 17,41017
Joulni tashkil etadi. Bu energiyaning 36 foizini atmosfera qatlamidan qaytaradi,17
foizini yutib qoladi, qolgan qismigina yer sirtiga yetib keladi. Shu energiyaning yarmi dengiz va okean suvlarini bug‘latish uchun sarf etiladi, 1 foizini o‘simliklar dunyosi iste’mol etishini hisobga olgan taqdirda ham, qolgan energiya miqdori yiliga 351017 kVtsoatni tashkil etadi. Bu esa bir kecha-kunduzda butun insoniyat iste’mol qilayotgan jami energiyadan qariyb 39 ming marta ko‘pdir. Bunday katta energiyadan to‘liq foydalanish imkoniyati yo‘q, albatta.
Shunday bo‘lsa ham, 200100 km2 maydonga tushayotgan quyosh nuri, gelioqurilmalar foydali ish koeffitsiyenti (FIK)ni hisobga olingan taqdirda 1995- yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan jami energiyaga tengdir.
Quyosh har sekundda 4 mln.tonna yoki yiliga 1,361014 tonna miqdordagi massani nurlanish orqali yo‘qotib tursa ham, undagi geliyning vodorodga uzluksiz aylanib turishi hisobiga ajralib chiqayotgan nur energiyasi koinotga yana bir necha o’n milliard yillar davomida sochilib turadi. Shuning uchun ham quyosh energiyasi radiatsiyasidan to‘liq va samarali foydalanish masalalari tobora muhim o‘rin egallamoqda. Yer sirtiga yetib kelayotgan radiatsia (Q), u parallel nurlar shaklida tushayotgan to‘g‘ri radiatsiya (S) va atmosfera qatlamidan sochilib kelayotgan (D) radiatsiyalar yig‘indisidan iborat:
Q S sinh  D (1.1)

bunda, h-quyoshning gorizontga nisbatan balandligi. Bu balandlik joyning geografik kengligiga (), quyoshning og‘ish burchagi () ga, quyoshning soat burchagi () ga bog‘liq bo‘lib, bu kattaliklar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa sferik trigonometriya formulalari orqali aniqlanadi.


Quyosh yerdagi hayotning asosiy manbaidir. Quyosh nurlari ta’sirida fotosintez jarayoni ro‘y beradi.
Teplitsa va parniklardagi o‘simliklarga quyosh va elektr lampalarining nuri ta’sirida ham fotosintez hodisasi amalga oshadi.
Fotosintez jarayonida quyosh energiyasining bir qismi kimyoviy energiyaga aylanadi. Shuningdek, yerdagi organik yoqilg‘ilar (ko‘mir, neft, torf va boshqalar)
ham quyosh ta’sirida fotosintez tufayli paydo bo‘lgandir. Quyosh nuri ta’sirida atmosferada suv bug‘lari aylanishi hosil bo‘ladi va ulkan daryolar oqimini yuzaga keltiradi hamda gidroelektrstansiyalarda elektr energiyani olishni ta’minlaydi. Quyida quyosh va uning energiyasi haqida qisqacha ma’lumotni keltiramiz.
Quyosh sirtida temperatura 6000 K, markazida esa 20 mln gradusni tashkil etadi. Quyoshdan yergacha bo‘lgan masofa 150 mln kilometr bo‘lib, uning diametri yer diametridan 109 marta katta va massasi esa 21033 ga teng. Quyoshning quvvati 3,831023 kVt bo‘lib, yerga har sekundda 911024 kall energiya sochadi. Shuning uchun quyoshning massasi har sekundda 4106 t ga o‘zgarib turadi. Quyosh har bir sekundda sochadigan nurli energiyasi 911014 t neft to‘liq yonganida ajratiladigan energiyaga tengdir.
Bunday katta energiya quyosh markazida, to‘rtta vodorod yadrosidan geliy yadrosi hosil bo‘lishdan iborat termoyadro reaksiyasi natijasida sodir bo‘ladi, chunki quyoshda termoyadro jarayoni amalga oshishi uchun hamma sharoitlar mavjud, birinchidan hamma moddalar plazma holatida, ikkinchidan temperaturasi yadrolarni biriktirish uchun yetarlidir. Aniqlanishicha, quyosh tarkibining 5% ini vodorod tashkil etadi.


Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati

Download 1,13 Mb.