|
Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
| bet | 4/11 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 474,12 Kb. | | #259574 |
Bog'liq PanjiyevADP 11-var 4.5-rasm. Funksiya grafigini qurish.
Quyida grafik formati muloqot oynasi qo’yilmalarini beramiz:
-
X-Y Axes – koordinata o’qini formatlash. Koordinata o’qiga setka, sonli qiymatlarni grafikga belgilarni qo’yish va quyidagilarni o’rnatish mumkin:
-
LogScale – logarifmik masshtabda o’qga sonli qiymatlarni tasvirlash;
-
Grid Lines – chiziqqa setkalar qo’yish;
-
Numbered – koordinata o’qi bo’yicha sonlarni qo’yish;
-
Auto Scale – son qiymatlar chegarasini o’qda avtomatik tanlash;
-
Show Markers – grafikka belgi kiritish;
-
Autogrid – chiziq setkasi sonini avtomatik tanlash.
-
Trace – funksiya grafiklarini formatlash. Har bir funksiya grafigini alohida o’zgartish mumkin:
-
chiziq ko’rinishi (Solid – uzliksiz, Dot – punktir, Dash – shtriхli, Dadot – shtriхli punktir);
-
chiziq rangi (Color);
-
grafik tipi (Type) (Lines – chiziq, Points – nuqtali, Bar yoki SolidBar – ustunli, Step – pog’onali grafik va boshqa);
-
chiziq qalinligi (Weight);
-
simvol (Symbol) - grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to’g’ri burchak, romb).
-
Label – grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha matni kiritiladi.
-
Defaults – bu qo’yilma yordamida grafik ko’rinishga qaytish mumkin.
Uch o’lchamli grafik qurish uchun quyidagi proцeduralarni bajarish kerak.
-
Ikki o’zgaruvchili funksiya nomini keyin (:=) yuborish operatori va funksiya ifodasini kiritish.
-
Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor qo’yiladi.
-
Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o’lchamli grafik) tugmasi bosiladi. Shu joyda uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi.
-
Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan, 5.6-rasm chap tomon.
Ikki o’zgaruvchili funksiya bo’yicha grafik sirtini qurishni tez qilish maqsadida boshqa usul ham mavjud va u ayrim hollarda funksiya sirtini tuzishda funksiya massiv sonli qiymatlarini ishlatadi, masalan, 5.6-rasm chap tomon. Bunday grafikni qurish uchun quyidagi proцeduralarni bajarish kerak.
-
Diskret o’zgaruvchilar yordamida ikki funksiyaning o’zgaruvchisi uchun ham qiymatlarini kiritish.
-
Massiv kiritish. Uning elementlari funksiya qiymatlari bo’lib, ular berilgan funksiya argumentlari qiymatlaridan tashkil etiladi.
-
Kursor qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa shu joyga qo’yiladi. 4.Grafik shabloniga funksiya nomini kiritish.
5.SHablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan 4.6-rasm o’ng tomon.
Grafik formatini qayta o’zgartirish va unga ranglar berish uchun grafik maydonini ikki marta tez- tez sichqonchani ko’rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan kerakli o’zgarishlarni qilish kerak. Bu o’zgartirishlar muloqot oynasi 4.6-rasmda berilgan.
Bunda:
Bulardan tashqari yana bir qancha boshqarish elementlari mavjud. Ular grafikni formatlashda keng imkoniyatni beradi. Masalan, grafik masshtabini o’zgartirish, grafikni aylantirish, grafikga animatsiya berish va boshqa. 4.7-rasmda uch o’lchamli grafikni formatlash oynasi berilgan.
|
| |