• Bulut texnologiyasining yaratilishi va modellari
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti delov




    Download 1,13 Mb.
    bet1/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #231263
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    delov removed


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    DELOV TO‘LQIN ERKINOVICH
    BULITLI TEXNOLOGIYALAR O‘QUV QO‘LLANMA

    5350400-AKT sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi


    yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan
    Тoshkent – 2020
    I BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALARNI TASHKIL ETISH
      1. Bulut texnologiyasining yaratilishi va modellari


    “Bulutli texnologiyalar” tushunchasi (inglizcha “cloud computing”)ingliz va rus man'balarda keng ishlatiladi.
    O‘zbek tilida bu termin tarjimasidan muallif foydalangan. T.N. Nishonboyevning “Servisga yo‘naltirilgan arhitektura” monografiyasida ham ushbu termin ko‘p ishlatilgan.[6]
    Bugungi kunda biz bulutli hisoblash (cloud computing) deb ataydigan hisoblash tarmog‘i jadallik bilan rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalari sohasidagi Google (GoogleDrive), Yandex (Yandex disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), DropboxInc, Cisco, Oracle va boshqa ko‘plab yirik kompaniyalar bugun o‘z bulutli xizmatlar spektrini kengaytirishga katta eʻtibor qaratishmoqda. Ko‘plab xizmatlar bulutli tarmoqqa kiritilmoqda va foydalanuvchilar ular orasidan o‘ziga kerakli xizmatlarni bulutdan olish imkoniyati yaratilgan. Dunyo miqyosida keng rivojlangan va rivojlanishda davom etayotgan bulutli hisoblash tizimlari O‘zbekistonda ham bugun rivojlanishda davom etmoqda. Masalan, Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan Maʻlumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) ning ishga tushirilishi O‘zbekistonda ham bulutli xizmatlarni rivojlantirish uchun katta ishlar olib borilayotganligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda bulutli hisoblashlar sohasi va ular taqdim etayotgan xizmatlar spektri ham kengayib bormoqda. Xizmatlarning ko‘payishi va qulayligi sababli uning isteʻmolchilari soni ham ortmoqda. Bulutli xizmatlarga talablar va murojaatlar ortishi bilan tizimga tushuvchi yuklama miqdori ham ortmoqda. Bulut provayderlari esa o‘z xizmatlarini taqdim etishda quyidagilarni maqsad qilib ko‘yadi:

    • Tarmoqning doimiy ishlashini taʻminlash;

    • QoS ni taʻminlash va h.k.

    Download 1,13 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti delov

    Download 1,13 Mb.