Kutilayotgan natija: Bolalarni shaxsiy gigiena qoidlalariga rioya etishni o‘rganadilar. Qo‘l
yuvish texnikasiga amal qilgan xolda qo‘l yuvishga odatlanadilar.
Kerakli jixoz: Qo‘l yuvish odobi mavzusida so‘ratlar, suyuq sovun, salfetka, mashg‘ulot
asosida tayyorlangan videorolik, slaydlar, kompyuter, tarkatma materiallar.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Xammangizni
kayfiyatingiz yaxshimi?
Bolalar:
Xa yaxshi
Tarbiyachi: Bolajonlar xozir o‘lkamizga qaysi fasl?
Bolalar: Qish fasli
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri bolajonlar. Bugungi ob-havomiz qanaqa?
Bolalar: Sovuq
Tarbiyachi: Qish fasli bo‘lgani uchun xavo juda sovuq. Bolajonlar bugun sizlar bilan
qo‘l yuvish odobi xaqida suxbatlashamiz. Tozalik deganda nimani tushunasizlar?
Bolalar: Har doim toza ozoda yurishni.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolajonlar tozalik bu toza ozoda yurish degani. Tozalik bor joyda
doimo sog‘lik bo‘ladi. Iflosgarchilikdan turli kasalliklar kelib chiqadi, chunki iflos yuvilgan
qo‘llarda nimalar bo‘ladi?
Bolalar: Turli xil mikroblar, odamni ichiga kirib kasal qiladi.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolajonlar iflos yuvilmagan qo‘llarda mikroblar bo‘ladi. Mikroblar
ko‘zga ko‘rinmaydigan, juda mayda zarrachalar bo‘ladi. Mikroblar o‘ta zarali, ular odam
organizmiga yuvilmagan qo‘llar, tirnoqlarni og‘izga tiqish, yuvilmagan mevalar eyish
sababli tushadi va zararlaydi. Natijada kishilarda turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Bugun biz
qo‘l yuvish odobi xaqida suxbatlashamiz. Qo‘l yuvish odobini siz qanday tushunasiz?
Bolalar: Ovqat eyishdan oldin doim qo‘llarimiz yuvilgan bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolalar ozoda bo‘lib yurishning tartib qoidalariga amal qilish
shaxsiy gigiena deyiladi. SHaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish xar bir bolaning
vazifasidir. Bolalar qo‘limizni nima uchun yuvamiz? Siz qo‘lingizni qachon yuvasiz?
Bolalar: Uyqudan turganda, ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan so‘ng.
Tarbiyachi: Uyqudan turganda, ovqatlanishdan oldin, ovqatlangandan keyin, xojatdan
so‘ng qo‘llar iflos bo‘lganda, uy xayvonlari bilan aloqa qilgandan so‘ng yutal va
aksirishdan so‘ng qo‘llarimizni yuvamiz. Bolajonlar qo‘lni qanday yuvish kerak?
Bolalar: Suyuq sovun quyib yaxshilab yuvish kerak.
Tarbiyachi: Bolalar bugun men sizlarga qo‘l yuvish qoidalarini slaydlar orqali
ko‘rsatib beraman. Xamma diqqatini monitorga qaratsin. Bolalar qo‘llarini yuvishda eng
avvalo kuylak englari shimarib olinadi, nima qilinadi?
Bolalar: Englar shimariladi.
Tarbiyachi: So‘ngra qo‘llar sovunlanadi, Nima qilinadi?
Bolalar: Sovunlanadi
Tarbiyachi: Sovunlangan kaftlar yaxshilab ishqalanadi. Nima qilinadi?
Bolalar: YAxshilab ishqalanadi.
Tarbiyachi: So‘ngra tirnoqlar osti yaxshilab ishqalanadi. Nima qilinadi?
Bolalar : Tirnoqlar osti ishqalanadi.
Tarbiyachi: So‘ngra qo‘llar toza suv bilan yuviladi. Nima qilinadi?
Bolalar: Toza suv bilan yuviladi.
Tarbiyachi: So‘ngra qo‘llar toza va quruq sochiq bilan quritiladi. Nima qilinadi?
Bolalar: Quruq va toza sochiqda quritiladi.
278
Tarbiyachi: Bolajonlar qo‘llarni artishda xar bir bolaning aloxida o‘z sochig‘i bo‘lishi
kerak. Qo‘l artishda bir martalik mana bunday salfetkalardan xam foydalaniladi. Endi
bolajonlar qo‘l yuvish so‘ratlaridan bittadan olamiz. So‘ratlarni ketma-ketlikda joylashtirib
chiqing. Har bir guruh a’zosi ketma-ketlikda o‘zining so‘rati xaqida navbat bilan so‘zlab
beradi. Bolajonlar sizlar qo‘l yuvish odobini juda yaxshi bilib oldingiz. Keling endi qo‘l
yuvishni amalda bajaramiz.
Tarbiyachi va bolalar qo‘l yuvishni o‘rganishadi.