12.Texnik jihatdan tartibga solishning maqsadi nima?
Javob: mahsulot, ishlar va xizmatlarni xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarni o‘rnatish,
qo‘llash
va amalga oshirish
13.Sertifikatlashtirish sohasida korxona faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga
ega bo‘lgan va attestatlangan shaxs –
Javob: Ekspert-auditor
14.Ekspert - auditorlar qanday shaxs?
Javob: Ekspert – auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini
baholash va nazorat qilish xuquqiga ega bo‘lgan attestatlangan
shaxsga aytiladi
15.Tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning ma`lum standartga yoki
boshqa me`yoriy hujjatga mos kelishiga ishontiradigan hujjat nima deyiladi?
Javob: Muvofiqlik
sertifikati
16.“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul
qilingan?
Javob: 1993 yil qabul
qilingan
17.Metrologiya sohasidagi qanday hujjatlar O‘zbekiston O‘DT me`yoriy hujjatlar
majmuiga kiradi?
Javob: O‘zstandart tomonidan
joriy qilingan halqaro, davlatlararo va milliy me`yoriy hujjatlar
18.“Muvofiqlik belgisi” nima?
Javob: Mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa me`yoriy hujjat talablariga mosligini
ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat
hujjatlarida
ko‘rsatilgan belgi tushuniladi
19.ISO 9001:2008 seriyali standarti asosidagi korxonani sertifikatlashtirish shuni