494
so‘mni tashkil qilib, uning 78,48 foizi mol yetkazib beruvchilarga
to‘langan pul mablag‘lari, 9,13 foizi xodimlarga to‘langan pul
mablag‘lari hisobiga, qolgan 12,39 foizi operatsion faoliyatning boshqa
pulli to‘lovlari uchun sarf qilingan. Korxonada pul mablag‘larining
xo‘jalik (operatsion) faoliyatidagi sof kirim natijasi 727659 ming so‘mni
tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich umumiy tushumning 19,91 % ini tashkil
qilgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy deb baholash lozim.
13.4. Investitsiya, moliyaviy va soliq to‘lashlardagi
pul oqimlari tahlili
Investitsiya faoliyati – korxona investitsiya faoliyatida nomoddiy
aktivlarni sotib olish va sotish,
uzoq muddatli moddiy aktivlar, ya’ni
ko‘chmas mulk bo‘lmish bino, jihozlar va boshqa asosiy vositalarni
sotib olish uchun yetkazib beruvchilarga to‘langan pullar va unga
tenglashtirilgan mablag‘lar chiqim ustunida aks ettiriladi.
Kirim ustunida esa uzoq muddatli aktivlarni
sotishdan tushgan
tushum hisoblanadi. Korxonalar xarid qilingan uzoq va qisqa muddatli
qo‘yilmalar moddasini chiqim ustunida vositalarga komission to‘lovlar
va boshqa birjada to‘langan foizlarni hisobga olmagan holda qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish uchun to‘langan pul mablag‘larini ko‘rsatadilar.
Kirim ustunida o‘zlik bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni,
shu bilan birga
bank va boshqa yuridik shaxslarning qisqa muddatli va uzoq muddatli
ssuda va qarzlarini sotishdan kelgan tushum ko‘rsatiladi.
Odatda, korxonalar o‘z faoliyati davomida asosiy faoliyat bilan bir
qatorda investitsiya faoliyati bilan hamda moliyaviy faoliyat bilan
shug‘ullanadilar. Ushbu holatni biz quyidagi jadval ma’lumotlari asosida
tahlil qilib chiqamiz.
Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik subyektining inves-
titsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlaridan ko‘rilgan pul
mablag‘larining harakatiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi.
Bugungi
kunda bizning respublikamizdagi pul mablag‘lari harakatidagi o‘ziga
xos jihatlari shundaki, bizning respublikamizda pul mablag‘larining
asosiy qismi, ya’ni odatda 90-95 foizi xo‘jalik (operatsion) jarayonlariga
to‘g‘ri keladi. Shu jihatdan ham mazkur jadval ma’lumotlaridan ham
ko‘rinib turibdiki, korxonaning mazkur faoliyat turlari bo‘yicha pul
mablag‘lari jami kirimi 1938 ming so‘mni tashkil qilgan xolos. Mazkur
495
faoliyatlardan ko‘rilgan jami pul mablag‘lari chiqimi esa 727763 ming
so‘mni
tashkil etib, ularning hammasi asosan, to‘langan soliqlar
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra,
korxonada
investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlaridan sof pul oqimi
1834 ming so‘mni tashkil qilgan, ya’ni ushbu faoliyat natijalaridan so‘ng
korxonadagi sof pul mablag‘larining kirimi birmuncha kamayganligini
kuzatishimiz mumkin. Bundan ko‘rinadiki,
korxona ushbu faoliyatlar
natijasida asosan pul mablag‘larining chiqimiga erishgan. Bunday
natijalarni ijobiy hol deb baholab bo‘lmaydi.
124-jadval