457
Asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlariga ularning yangilanishi
va chiqib ketish koeffitsiyentlari kiritiladi. Asosiy vositalarning
yangilanish koeffitsiyenti joriy davrda yangidan kiritilgan asosiy
vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga
bo‘lish orqali topiladi. Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti
joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil
boshiga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Ya’ni ushbu
koeffitsiyentlarni aniqlashni quyidagi formulalar orqali ham ifodala-
shimiz mumkin:
Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti quyidagicha aniq-
lanadi:
Ishlab chiqarishga yangidan qabul qilingan
asosiy vositalar qiymati
;
Asosiy vositalarning yil oxiridagi
boshlang‘ich qiymati