170
moddiy va mehnat xarajatlarini e’tiborga olgan holda o‘rganilishi tahlil-
da erishilgan natijalarni yanada aniqroq o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Korxona uchun ko‘proq
foyda keltiruvchi, kam xarajat tovarlarni
ishlab chiqarish o‘ta manfaatlidir. Shuning uchun ham tovarlarni ishlab
chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni e’tiborga
olish maqsadga muvofiqdir. Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zga-
rishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat
sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari
orqali
aniqlanadi.
Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada
bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha
mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi
uchun haqiqiy ishlab
chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi
va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot struk-
turasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir
etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho
mahsulot turlari
ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida
ortadi va buning aksi
bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori
rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi,
rentabelligi past
turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
Eng kichik usul orqali assortiment rejasining bajarilishi har bir
mahsulot turining reja va haqiqiy ko‘rsatkichlaridan eng kichigi olinib
ularning yig‘indisi reja bo‘yicha jami mahsulot hajmiga bo‘lish orqali
aniqlanadi.
;
a s
a s
p
N
K
N
=
bunda K
as
- mahsulot assortimentini bajarilishi koeffitsiyentda;
N
as
– assortimentga qabul qilingan mahsulot;
N
p
- jami rejadagi mahsulot qiymati.
Mahsulot strukturasi - ayrim mahsulot turlarini jami ishlab
chiqarishda tutgan ulushidir.
Mahsulot material sig‘imli, mehnat sig‘imli va yuqori rentabel-
likka ega bo‘lgan mahsulot turlaridan iborat. Bu turdagi mahsulot miq-
dorlarini belgilangan rejadan farqlanishi strukturani o‘zgarishiga olib
keladi.
Jami ishlab chiqarishda yuqori narxlardagi mahsulot turlari
ulushini salmoqli bo‘lishi mahsulot hajmini qiymat shaklida ortishiga va
buning aksi bo‘lgan hollarda mahsulot hajmini kamayishiga olib keladi.
Yuqori rentabellik darajasiga ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi
171
(past rentabellik mahsulot turlarini pasayishi) tufayli umumiy foyda
miqdori ortadi.
35-jadval