|
-modda. Avtomobil transportida xavfsizlik va ekologiya normalarini ta’minlash
|
bet | 2/9 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 186,21 Kb. | | #100339 |
Bog'liq 9- mavzu29-modda. Avtomobil transportida xavfsizlik va ekologiya normalarini ta’minlash - 29-modda. Avtomobil transportida xavfsizlik va ekologiya normalarini ta’minlash
- Tashuvchi yo‘l ovchilar, bagaj va yuklarni tashish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, harakat xavfsizligini hamda atrof muhit muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
- Avtotransport korxonalari, avtovokzallar, avtobekatlarning transport vositalari harakati va yuk ortish-tushirish ishlari amalga oshiriladigan hududlari o‘ta xavfli tegralar hisoblanadi. O‘ta xavfli tegralarda bo‘lish va unda ishlarni amalga oshirish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.
- (29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
- Zaharlovchi, portlovchi, alangalanuvchi, radioaktiv, zaharli va boshqa xavfli yuklar faqat bunday yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashilishi lozim. Mijoz va tashuvchi ularning bexatar tashilishi, ortilishi va tushirib olinishini ta’minlashlari shart. Xavfli yuklarni qo‘riqlash va kuzatib borish yukni jo‘natuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun yo‘l davomida ta’minlanadi.
- Xavfli yuklar ro‘yxati va ularni tashish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
- 31-modda. Avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
- Avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
- (31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
- (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 174-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|
| |