|
"Mijoz-mijoz" xilidagi hujumlarBog'liq 10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi"Mijoz-mijoz" xilidagi hujumlar. Tarmoqning barcha abonentlari
hujumlanishi mumkin. Birinchi muvaffakiyatdan so’ng hujum qiluvchi
korporativ yoki telekommunikatsiya tarmog’idan foydalanish huquqiga
ega bo’ladi. Aksariyat tarmoq ma’murlari xavfsizlik rejimiga talabni
oshirishga yoki shaxsiy tarmoqlararo ekranlarni (brandmauerlarni)
o’rnatishga yetarlicha e’tibor bermaydilar. Shu sababli, simsiz tarmoq
mijozlariga muvaffaqiyatli hujumlar niyati buzuqga foydalanuvchilarning
ismini va parolini ochish, demak, boshqa tarmoq resurslaridan foydalanish
imkonini berishi mumkin.
Tarmoq
asbob-uskunalariga
hujumlar.
Noto’gri
konfiguratsiyalangan asbob-uskunalar hujum qiluvchilar uchun birinchi
"xo’rak" hisoblanadi va tarmoqqa keyingi suqilib kirishga yo’l ochadi.
Hujumlarning asosiy ob’ektlari - marshrutizatorlar, uzib-ulagichlar,
arxivlarni saqlovchi serverlar va foydalanish serverlari.
Maxfiy simsiz kanallar. Simsiz tarmoq foydalanuvchilari tarmoqni
yaratish yoki baholash jarayonida yana bir omilni hisobga olishlari zarur.
Simsiz foydalanish nuqtasining narxi past hamda dasturiy ta'minot,
standart noutbuk va NIC-kartalar asosida foydalanish nuqtasini yaratish
yetarlicha oson bo’lganligi sababli, nokorrekt konfiguratsiyalangan yoki
simli tarmoqda o’ylamasdan joylashtirilgan simsiz asbob-uskunani
ziyraklik bilan kuzatish talab etiladi. Bu asbob-uskuna (5.7-rasm) simli
Tarmoqdan
foydalanish
nuqtasi
Foydalanishning
yolg‘on nuqtasi
Hujum qiluvchi
Foydalanuvchi
67
infratuzilmada juda sezilarli "raxnalar" hosil qilishi mumkinki, ular
tarmoqdan bir necha kilometr uzoqdagi hujum qiluvchilar diqqatini tortishi
mumkin.
5.7-rasm. "Simsiz urushni" olib borish asbob-uskunasi
Xuddi shunga o’xshash konstruksiya yordamida o’ziga xos "simsiz
ko’prik" o’tkazish va foydalanish nuqtalarining butun zanjirini tashkil
qilgan holda tarmoqdan ma’lumotlarni himoyalangan bino tashqarisida
chiqarib olish mumkin (5.8-rasm).
5.8-rasm. "Orqa eshik" ko’rinishidagi tarmoqdan foydalanish
Shaxsiy kompyuter
Shaxsiy kompyuter
Bino perimetri
Hujum
qiluvchi
Kommutator
Marshrutizator
|
| |