|
Milliy tadqiqot universiteti
|
bet | 1/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 102,92 Kb. | | #228627 | Turi | Referat |
Bog'liq 1.Oʻzgarmas tok elektr zanjirlarini hisoblash usullari yangi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGI MEXANIZATSIYALASH MUXANDISLARI INSTITUTI
MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
Kafedra_________________________________________
REFERAT
Fan:_______________________________________________
Mavzu: ___________________________________________
Bajardi: ___________________
Tekshirdi: _________________
2024- o’quv yili
Oʻzgarmas tok elektr zanjirlarini hisoblash usullari
REJA:
Oʻzgarmas tok elektr zanjirlari.
Oʻzgarmas tok elektr zanjirlari qonunlari.
Elektr toki o’tadigan y o’ldagi turli elektr tuzilmalar yig’indisi elektr zanjiri deyiladi. Har qanday elektr zanjir uchta asosiy elementdan, tok manbaidan, iste’molchilardan va tutashtiruvchi simlardan tashkil topgan b o’ladi
Tok manbai elektr zaryadlarni berk zanjirda yurgizib ma’lum ishni bajaradi. Ayrim musbat zaryadni berk zanjirda yurgizish ishi elektr yurituvchi kuchi (EYUK) deyiladi: EYUK ning birligi — Volt (V):
1 Volt =
Elektr yurituvchi kuch manbalarining bir necha turi bor:
Galvanik elementlar:
Akkumulyatorlar;
Elektr generatorlar;
Kremniyli yarim o’tkazgichli fotoelementlar (kuyosh batareyalari).
Elektr energiya iste’molchilari qatoriga elektr energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr dvigatellar, yoritish lampalari, elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantiruvchi isitish asboblari va hokazolar kiradi.
Elektr zanjirlarda asosiy elementlardan tashqari uzgichlar, knopkalar, rele, kontaktorlar, himoya asboblari, masalan, saqlagichlar va avtomatlar, nihoyat kontrol o’lchov asboblari: ampermetrlar, voltmetrlar, schyotchiklar va hokazolar ishlatiladi.. Bu sxema tok manbai Е, uzgich В, reostat R va yoritish lampasidan tashkil topgan.
OM QONUNI
To’la zanjir uchun Om qonuni quyidagicha ifodalanadi: berk zanjirda tok qiymati elektr yurituvchi kuch qiymatiga tug’ri proportsional, ichki va tashqi qarshiliklarning yig’indisiga teskari proportsional bo’ladi:
yoki
r0 — tok manbaining ichki qarshiligi, R — zanjirning tashqi qarshiligi, — tok manbaining ichki qarshiligida kuchlanishning tushishi,
— tok manbaining qisqichlar orasidagi kuchlanishi, I — tok kuchi.
Agar rasmdagi sxema uzilgan bo’lsa, I=0 bo’ladi va:
Demak, uzilgan zanjirda tok manbaining qisqichlar orasidagi kuchlanishi, uning EYUK ga teng bo’ladi.
Agar tashqi qarshilikning uchlarini kalta sim bilan tutashtirsak, uning qarshiligi R=0 bo’ladi. Shuning uchun bo’ladi.
Bunda:
Manbaning ichki qarshiligi kichik bo’lgani uchun zanjirda katta tok paydo bo’ladi. Bu tok qisqa tutashuv toki deyiladi. ,
|
| |