20
ishlagan vaqtda himoya vositasi bo`ladi. Tepa qismi tugmalar yordamida
boshqariladi, past qismi pedal’ yordamida boshqariladi.
Kompressor vishivka mashinalar uchun ham havo yetkazib beradi.
MO – 6704 S – yarim avtomat bir ignali yo`rmalash mashinasi.
Yo`riqnoma:
1. Qo`llanmani o`qib, ipni mashinaga o`tkazing.
2. ON tugmasini bosing.
3. Lapkani qo`taring.
4. Lapka ostiga gazlamani joylashtiring.
5. Lapkani tushiring.
6. Tepkini bosing (mashina tikishni boshlaydi).
7. Tepkidan oyog`ingizni oling.
8. Ortiqcha iplarni maxsus pichoq yordamida kesing.
Mashina murakkabligi shundaki: ip o`tkazish biroz murakkabroq. Bu
mashina to`rt ipli hisoblanadi. To`rtta ip o`tkazib tikkan vaqtda to`g`ri chok ham
tikadi.