I BOB O`YIN VA ULARNING AHAMIYATI
1.1 O`yinlarning hayotdagi o`rni
Bizga ma’lum kompyuter o’yinlari xilma-xildir, lekin ularning hammasini
o’ynash tavsiya etilmaydi. Hozirda kundan kunga texnika texnologiya rivojlanib,
o`yinlarning ham turlari ortib salmog`i kengaymoqda. O`yinlar endilikda nafaqat
kompyuterlarda balki telefon aparatlarida, planshetlarda, PlayStationlarda va shu
kabi ko`plab qurilmalarda mavjud bo`lib hayotimizning ajralmas bo`lagiga aylanib
bormoqda.
Bugungi kunda o`yinchilar dunyo bo`ylab chempionatlar o`tkazishadi,
internet tarmog`i orqali dunyoni turli burchaklaridan turib o`yinlar o`ynashadi.
Ammo har narsaning ikki tarafi bordek o`yinlarni salbiy va ijobiylari ham bor.
Kompyuter o’yinlari janri bo`yicha klassifikatsiya qilish qiyin. Chunki bir
vaqtning o`zida bir necha janrni o`zida qamrab olishi mumkin bo`lgan o`yinlar
ko`plab uchraydi.
O`yinlarni dunyo bo`ylab ommabop bo`lgan hamma yoshdagilar o`ynashi
mumkin bo`lgan, barchaga birday qiziqarlilari ham bor, faqat ma’lum bir qatlamga
tegishli bo`lgan o`yinlar ham kam emas. Bugungi kunda o`yinlarning son sanog`i
va oxiri yo`q.
Albatta bular ichida aqlni charxlaydigan, meyor darajasida, bo`sh vaqtlarda
o`ynalsa hotirani, eslash qobiliyatini oshiradigan, miya faoliyatini yaxshlaydigan
foydalilari ham yo`q emas. Ushbu kurs ishim obyekti aqlni charxlovchi o`yin
bo`lib, mantiqiy o`yinlar sirasiga kiruvchi o`yindir. O`yin sharti - o`yinchi o`yinda
yutishi uchun faqat o`z mantig`iga tayanadi.
7
1.2. O`yin dasturi va ularning turlari
Kompyuter o`yinlarini biz quyidagicha guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1. 3D Shooter ingilizcha so`zdan olingan bo`lib, snayper ma’nosini bildiradi.
Bu o`yinda 3 o`lchovli ko`rinish rasmlar yordamida virtual muhit yaratilgan
bo`lib, go`yoki o`yinchini ko`zi bilan atrofni ko`rayotgandek. Bunday
o`yinlarga misol qilib
Doom, Quake, Counter-strike, Half-life, Unreal,
Tomb Raider o`ynlarini keltirishimiz mumkin. O`yinning asosiy prinsipi
rasmlardan yaratilgan virtual muhitda o`yinchi harakatlanadi va virtual o`yin
muhitiga ta’sir etadi. Bu o`yinlar jang, otishma elementlaridan iborat bo`lib
yaratilgan muhitda kurashlar olib boriladi. O`yin tashkiliy jihatidan ikki
xilga ajraladi: Singleplayer va Multiplayer. Yakka kompyuterga qarshi
o`ynaladigan o`yin va boshqa o`yinchilarga qarshi o`ynaladigan o`yin.
2. Arkada. Bu o`yinlar o`yinayotgan odamning tezkor reakiyasi va refleksiga
bog`liq bo`lib, bu o`yinlarni o`ynashda o`yinchidan tezkorlik va
uddaburonlik talab etiladi. “Arkada” termini o`yin avtomatlari davrida
yuzaga kelgan. Bu o`yinlar asosan ko`proq o`yinchilarni jalb qilish
maqsadida o`rganish uchun qulay va o`ynash uchun oson qilib ishlab
chiqiladi.
3. Fighting. Inglizcha kurashish ma’nosini bildirib, arenada ikki o`yinchi
kurash olib borishiga asosalangan o`yin turidir. Kurash davomida turli zarba
usullari, sakrashlar, tepkilar va boshqa kombinatsiyalar qo`llaniladi. O`yin
personajlari kurashchi jangchilardir. Bu o`yinlarni ikki o`yinchi bir vaqtda
bir klaviatura orqali o`ynasa ham bo`ladi. Bu turdagi o`yinlarga misol:
Mortal Combat, Street Fighter, Tekken.
4. Platformali o`yinlar. Bu o`yinlarda asosiy g`oya o`yinchi turli to`siqlarni
yengib o`tishi kerak bo`ladi. Misol uchun chuqurliklar, dushmanlar, to`siq
qilib qo`yilgan narsalar, har xil hayvonlar, qopqonlar va hokazolar. Bazida
havoda turgan platformalar ustidan sakrab yurishlar kerak bo`ladi, o`yin
nomi shundan kelib chiqqan. Misol uchun: Mario, Aladdin o`yinlari.
8
5. Skollerlar. Bunday o`yinlarda ekran to`xtovsiz harakatlanib turadi. O`yin
davomida o`yinchi paydo bo`lgan to`siqlarni aylanib, sakrab o`tishi,
dushmanlarni yo`q qilishi, bonuslarni yig`ishi lozimdir. Harakat yo`nalishi
bo`yicha o`yinlar vertikal skollerlarga va gorizontal skollerlarga bo`linadi.
Bunday o`yinlar 90-yillarda juda mashhur va ommabop bo`lgan. Hozirda
ular kam yaratilmoqda. Misol :
Jets'n'Guns, AirStrike, DemonStar, KaiJin.
6. Simulyatorlar. Bunday o`yinlarda kompyuter yordamida biror bir texnik
tizim boshqariladi. Bunday o`yinlar sirasiga quyidagilar kiradi: Need for
Speed, Descent III, Aviator.
7. Strategic o`yinlar. O`yin biror bir strategiya tuzib o`ynashni talab etadi.
Masalan biror bir harbiy operatsiyani muvofaqiyati uchun tuziladigan
strategiya. O`yinchi faqat bitta personajni emas endilikda butun boshli
qo`shinni boshqaradi. WarCraft, StarCraft, Dune o`yinlari shunday o`yinlar
sirasiga kiradi.
8. Sport o`yinlari. Bunday o`yinlar biror bir sport turi qonun qoidalar asosida
yaratiladi va o`ynaladi. Masalan futbol o`yinlari, kata tennis o`yinlari, boks
o`yinlar va boshqa o`yinlar. FIFA, NBA, Tennis shular jumlasidandir.
9. Mantiqiy o`yinlar. Bunday o`yinlar har xil boshqotirmalar, mantiqiy
savollar, pazzllar, kubik-rubiklar ko`rinishida bo`ladi. Ularni o`ynashda
o`yinchidan mantiq, logika talab etiladi. Bu o`yinlarni o`ynash yengilligi
ularda o`yinchidan tezkor harakatlar, reaksiyalar talab etilmaydi. Lekin
mantiqiy o`yinlarni vaqt hisobiga o`ynaladigan turlari ham mavjud. Bunday
o`yinlarga: Puzzle, Sapyor, Sokoban, Portal va boshqa bir qator boshqotma
o`yinlarni misol keltirishimiz mumkin.
10. Online o`yinlar. Bunday o`yinlar internet tarmog`i orqali online tarzda
o`ynaladi. O`yinchilar dunyoning har xil nuqtalaridan turib bir o`yinda
ishtirok etishlari, jamoa bo`lib yoki bo`lmasa bir birlariga qarshi o`ynash
imkoniyatiga ega bo`ladilar.
11. Stol o`yinlari. Kompyuter o`yinlari stolda o`ynaladi. Masalan shaxmat,
shashka, karta, Monopoliya o`yinlari.
|