|
Запрос menyusining Параметры
|
bet | 66/75 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #149242 |
Bog'liq Microsoft Word Bas db access L. docЗапрос menyusining Параметры buyrug‘ini ishga tushiring. Параметры запроса muloqat oynasining Параметр maydoniga so‘rov spetsifikatsiyasining Условие отбора maydonida joylashgan matnni kiriting. Bu holatda qavslarni ishlatish kerak emas. Тип данных maydonidagi ma’lumotlarning turlari aniqlab, so‘ngra ОК tugmasini bosganimizdan keyin so‘rov tayyor bo‘ladi.
Access Введите значение параметра oynasida mezon qiymatini bering, deb sizga murojaat etadi.
Parametrlarni kiritgandan so‘ng parametrik so‘rov bajarilishining natijalari olinadi.
Qamrovli so‘rovlar
Qamrovli so‘rovlar tanlangan kattaliklarni kompakt aks ettirish va bir jinsli ma’lumotlarni birlashtirish imkonini beradi. Qamrovli so‘rovlar bajarilishining natijalari aks ettiriladigan jadvallar usta yordamida diagrammalar va grafiklar yaratish uchun qulay bo‘ladi.
Har bir fan bo‘yicha har xil o‘qituvchilar uchun dars soatlari sonini aniqlaylik. Qamrovli so‘rovlar ishlatilganda ma’lumotlarning natijaviy to‘plamida o‘qituvchilarning familiyalari faqat bir martagina qatnashadi, chunki Access barcha fanlar bo‘yicha yozuvlarni birlashtiradi. Qamrovli so‘rovlar mazkur o‘qituvchiga mos yozuvlarning har biri ma’lumotlarning natijaviy to‘plamiga kiritiladigan tanlashga so‘rovdan ana shunisi bilan farqlanadi.
Запрос menyusida Перекрестный buyrug‘ini ishga tushiring. Access so‘rov blankasida Групповая операция va Перекрестная таблица qatorlarni akslantiradi. (НазвПредм) maydonining qiymati qator sarlavshasida paydo bo‘lishi uchun Перекрестная таблица qatorini sichqon bilan bosing va ro‘yxatdan Заголовки строк qatorini tanlang. Групповая операция qatorida bu maydon uchun Группировка standart o‘rnatmasi saqlanilishi zarur.
|
| |