• Operator Misol Tavsifi
  • O‘zlashtirish va taqqoslash operatorlari
  • Operator Misol Natija Tavsif
  • Mantiqiy operator Mantiqiy (bul) operatorlar ikkita va undan ko‘p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi: And
  • Satriy qaymatlarni birlashtirish operatori SQL ning konkatenatsiya operatori bo‘lmish ampersant (
  • Microsoft Word Bas db access L. doc




    Download 2,16 Mb.
    bet59/75
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,16 Mb.
    #149242
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
    Bog'liq
    Microsoft Word Bas db access L. doc

    Arifmetik operatorlar
    Arifmetik operatorlar, ularning nomidan ham ma’lumki, qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajaradi. Arifmetik operatorlar faqat sonli kattaliklar ustida ish bajaradi va unar minusdan tashqari shollarda ikkita operandga ega bo‘ladi.


    Operator

    Misol

    Tavsifi

    +

    [Natija] + [Ustama]

    Ikki operandni qo‘shadi

    -

    Date () - 7

    Ikki operandning ayirmasini shisoblaydi

    - (unar)

    -12345

    Operandning ishorasini o‘zgartiradi

    *

    [Quti] * [Qutining bashosi]

    Ikki operandni ko‘paytiradi

    /

    [Soni] / 12.55

    Bitta operandni ikkinchisiga bo‘ladi

    \

    [Quti] \ 2

    Bitta butun operandni ikkinchisiga butun bo‘ladi. Butun bo‘lish ishlatilganda o‘nli kasrli operandlar butun qiymatga yaxlitlanadi, kasr
    qismlari esa tashlab yuboriladi.

    Mod

    [Quti] Mod 12

    Butun bo‘lish qoldig‘i shisoblanadi. Masalan, 15 Mod 12 3 ga teng

    ^

    [ Asos]^ [Ko‘rsatkich]

    Asos operandni Ko‘rsatkich darajasiga oshiradi



    O‘zlashtirish va taqqoslash operatorlari
    Odatda ob’ektlarga, o‘zgaruvchilarga yoki o‘zgarmaslarga qiymat o‘zlashtirish uchun tenglik belgisi (=) ishlatiladi. Masalan, =Now() ifoda jadval maydoniga oldindan aniqlangan qiymatni o‘zlashtiradi va bu holda tenglik belgisi o‘zlashtirish operatori sifatida ishlatiladi. Ikkinchi tomondan = belgisi operandlarning tengligini aniqlovchi taqqoslash operatori hisoblanadi.
    Taqqoslash operatori ikkita operandni solishtiradi va taqqoslash natijasiga mos ravishda mantiqiy qiymatlarni qaytaradi (True-Rost yoki False-Yolg‘on). Taqqoslash operatorlarining asosiy vazifasi qiymatlarga shart qo‘yish, so‘rovlarda yozuvlarni tanlash mezonlarini o‘rnatish, makroslarning ishlashini aniqlash va VBA da dasturlarning bajarilishini kuzatish kabilardan iborat.



    Operator

    Misol

    Natija

    Tavsif

    <

    1 < 100

    True

    Kichik

    <=

    1 <= 1

    True

    Kichik yoki teng

    =

    1 = 100

    False

    Teng

    >=

    100 >= 1

    True

    Katta yokt teng

    >

    100 > 100

    False

    Katta

    <>

    1 <> 100

    True

    Teng emas

    Agar operandlardan biri Null (bo‘sh qiymat) qiymatga ega bo‘lsa, u holda ixtiyoriy taqqoslash Null (bo‘sh qiymat) qiymat qaytaradi.
    Mantiqiy operator
    Mantiqiy (bul) operatorlar ikkita va undan ko‘p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi:

      • And — kon’yunktsiya (mantiqiy И-YOKI);

      • Or — diz’yunktsiya (mantiqiy ИЛИ-VA);

      • Not — mantiqiy inkor;

      • ХогИЛИ-VA ni rad etuvchi;

      • Eqv — mantiqiy ekvivalentnlik;

      • Imp — mantiqiy implikatsiya.

    Ular faqat True, False yoki Null mantiqiy qiymatlarini qaytaruvchi ifodalardan tashkil topishi mumkin. Aks holda bitlar bo‘yicha taqqoslash bajariladi. Mantiqiy operatorlar, unar minusga ekvivalent bo‘lgan Not- mantiqiy inkor operatoridan tashqari, har doim ikki operand ustida bajariladi.


    Satriy qaymatlarni birlashtirish operatori
    SQL ning konkatenatsiya operatori bo‘lmish ampersant (&) belgisi plyus (qo‘shish) (+) belgisiga nisbatan ancha maqulroq hisoblanadi. Aslida ularning har ikkalasi ham bir xil natijaga olib keladi, ya’ni ikkita matn kattaliklarni yagona belgilar qatori sifatida birlashtiradi. Qo‘shish (+) belgisining ishlatilishi dudmol (ikki ma’noli) bo‘ladi, uning asosiy vazifasi ikkita sonli operandlarni qo‘shishdan iboratdir. Misol: "Visual " & "Basic" qo‘shish "Visual Basic" natijani beradi. Birinchi so‘zdagi qo‘shimcha probelga e’tibor bering, usiz natija quyidagi ko‘rinishda bo‘lar edi: "VisualBasic".



    Download 2,16 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




    Download 2,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word Bas db access L. doc

    Download 2,16 Mb.