|
Microsoft Word Bas db access L. doc
|
bet | 46/75 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #149242 |
Bog'liq Microsoft Word Bas db access L. docФильтр по выделенному (Filter by Selection) tugmasi bosiladi.
Jadvallar yoki shakllar saqlanganda filtrlar avtomatik ravishda saqlanadi. Shunday qilib jadvallar yoki shakllar qaytadan ochilganda saqlangan filtrni yana qo‘llash mumkin.
Filtr tanlangan qiymatdan tashkil topmaydigan yozuvlarni ham tanlash imkonini beradi. Buning uchun qiymatni tanlash, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Исключить выделенное (Filter Excluding Selection) buyrug‘ini bajarish zarur.
Rasmda (Northwind) demonstratsion ma’lumotlar bazasining "Заказы" (Orders) jadvaliga ajratilgan bo‘yicha filtrni qo‘llab olingan natijaviy to‘plam ko‘rsatilgan.
Bu natijani olish uchun quyidagilar bajariladi:
Таблицы holatida "Заказы" jadvali ochilsin.
"Клиент" ustunida biror qiymat, masalan Ernst Handel tanlansin.
Uskunalar panelida Фильтр по выделенному (Filter by Selection) tugmasi bosilsin.
Filtrni bekor qilish uchun Режим таблицы (Table Datasheet) uskunalar panelining Удалить фильтр (Remove Filter) tugmasini bosish zarur yoki kontekst menyuning shu nomli buyrug‘idan foydalaniladi.
Access oxirgi qo‘llanilgan filtrni yodida saqlab qoladi, shuning uchun uskunalar panelidagi
Применение фильтра (Apply Filter) tugmasi bosilganda yana shu yozuvlar tanlanadi.
Применение фильтра (Apply Filter) va Удалить фильтр (Remove Filter) tugmalari ma’nosiga ko‘ra bitta tugma hisoblanadi. Ularning holati (bosilgan, qo‘yib yuborilgan) va yozuvlari jadval uchun filtrning o‘rnatilganligi yoki o‘rnatilmaganligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Jadvalda filtrlangan yozuvning aks ettirilayotganligini bildiradigan belgilarining biri sifatida ilova oynasining holatlar qatorida ФЛТР (FLTR) so‘zining mavjudligini ko‘rsatish mumkin.
Ajratilgan fragment bo‘yicha filtrni o‘rnatish uchun kontekst menyuning Фильтр по выделенному (Filter by Selection) buyrug‘idan foydalanish yoki Записи (Records) menyusining Фильтр, Фильтр по выделенному (Filter, Filter by Selection) buyruqlari tanlanadi.
Filtrlashning shunga o‘xshash imkoniyatiga Фильтр для (Filter For) maydoni ega. Undan jadval ustunlarida tanlash namunasini tez topish imkoni bo‘lmaganda foydalanish mumkin.
|
| |