45
purkagichi soploli teshigining yeyilishi hamda purkash teshigini qurum to'sib qolishi
natijasida yonilg'inig purkalishi yomonlashadi.
Dvigatelning bir teks(tebranishsiz) ishlamasligi-tirsakli val aylanishlar soni
kamligidan ta'minlash tizimiga havo so'rilib
qolishidan, yonilg'i nasosi seksiyalaridan
yonilg'i notekis yetkazilib berilishidan va forsunka holatining nosozligidandir.
Dvigatelning tutab (qora tutun bilan) ishlashi: YUBYON dan yonilg'ining erta yoki kech
yetkazib berilishi sababli to'la yonmasligi, forsunka yeyilishidan soplo teshigining
kengayishi natijasida purkash bosiminining kamayishi, kech yonilg'i yetkazib berilishi,
forsunkadan
sizib oqishi, havo filtrining ifloslanishi, purkalish teshigining qurum bosib
ketishi natijasida purkashning yomonlashishi, forsunka soplosining ifloslanishi va
yonilg'ida suv to'planib qolishi sabablidir.
Dvigatel quvvatining kamayishi ta'minlash tizimiga havo so'rilib qolishi, havo
filtrining ifloslanishi, yonilg'ining yetarli
miqdorda yetkazib berilmasligi, purkash
burchagi sozlanishining buzilishi, forsunkadan yonilg'i purkalishining yomonlashishi,
YUBYON dan yonilg'ini notekis va kam yetkazib berilishi, kompressiyaning kam bo'lishi
hamda tegishli (belgilangan) yonilg'idan foydalanmaslik sabablidir.
B)Ta'minot tizimiga diagnoz qo'yish va TXK da tizim germetikligi, yonilg'i va havo
tozalagichlar holati, yonilg'i haydash nasosi va yuqori bosim nasosi ishlashi tekshiriladi.
Tizim germetikligi alohida ahamiyatga ega bo'lib, u ishdan chiqsa bakdan yoqilg'i
haydash nasosigacha qismda tizimga havo surilishiga va yoqilg'ini ko'proq sarf bo'lishiga,
hamda apparatlarni yaxshi ishlamasligiga olib keladi. Bu qism maxsus pribor-bachok
yordamida tekshiriladi, qolgan qismi esa ko'z bilan tekshiriladi. Yonilg'i va havo filtrlari
ko'z bilan tekshiriladi.
Yonilg'i haydovchi va yuqori bosmli nasos SDTA jihozida tekshiriladi. Yoqilg'i
haydovchi nasosning ishlab chiqarish qobiliyati kamida 2.2 l
/minut (YAMZ-236 dvigateli
uchun), maksimal hosil qiladigan bosim 380 kPa bo'lishi kerak. Silindrlarga yonilg'i
purkash burchaklari,uning ishlash rejimiga bog'liq bo'lib, (1-0`, 5-45`, 4-90`, 2-135`, 6-
180`, 3-225`, 7-270`, 8-315` KamAZ-740 dvigatellari uchun) uning bir-biridan farqi 0.5`
dan oshmasligi kerak. Yuqori bosim nasosi ishlab chiqarish qobiliyati dvigatelning 1050
ob
/min
aylanishlar sonida aniqlanib, har bir seksiyada 72.5-75mm^3/sikl (Kamaz -740
dvigateli uchun) va bir-biridan farqi 5% dan oshmasligi kerak. Seksiyalar ishlab chiqarish
qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
(V max - V min)
2
Vf
= ¾¾¾¾¾¾¾¾¾ · 100 %
V max
+ V min
bu yerda:
Vmax - eng ko'p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan seksiyaning ko'rsatgichi, mm
3
Vmip - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan seksiyaning ko'rsatkichi, mm
3
Forsunkalar HIIAT - 1609 pribori yordamida tekshirilib, uni germetiklik, purkash
bosimi va purkash sifati aniqlanadi. Forsunka germetigligi 30 MPa bosimda tekshiriladi,
46
uning 30 MPa dan -23 MPa ga tushishi 5 sekunddan kam bo'lmasligi kerak. Yangi
forsunkalar uchun u 20 sekunddan kam bo'lmaydi. Purkash bosimi dvigatel turiga qarab
KamAZ-740 uchun 17.6mPa, YAMZ-236 va YAMZ-238 uchun 14.7 mPa bo'lishi kerak.
Yonilg'ining
purkash sifati, uning forsunkaning purkash teshigidan bir maromda
tumansimon chiqishi bilan xarakterlanadi. Yaxshi sozlangan dvigatel 400 - 600
ayl
/min.da bir maromda ishlashi kerak.
Dvigatellarda sozlash ishlarini bajarish uchun hamma priborlarning nosozliklari
bartaraf etilgan, tizim germetikligi tekshirilgan, yonilg'i va havo tozalagichlar ko'zdan
kechirilgan bo'lishi shart.
Dizel dvigatellari ta'minot tizimining jihoz va detallarni joriy ta'mirlash murakkab
jihozlar talab qilmaydigan tiklash ishlaridan va murakkab bo'lmagan ishlab chiqarish
texnologiyasidan iborat. Shunday ishlar turiga: klapanlarni va ularni uyasini ishchi sirtini
ishqalab yedirish (to'sish ignasi va forsunka purkagichni ham), plunjer jufti va tarangligini
yo'qotgan
prujinani almashtirish, truboprovod rezbalarini tiklash, yonilg'i o'tkazish
naychalari uchini (konussimon qilib) kerish, nasos korpusidagi yoriqlarni yamash va
boshqa ishlar kiradi. Ta'minlash tizimining ta'mirlangan detallari jamlab yig'iladi va zarur
hollarda maxsus o'rnatmada va bevosita dvigatelning o'zida chiniqtiriladi, sinaladi hamda
sozlanadi.