• 4.5.7 – rasm. HDS 3000, ScanStation va ScanStation 2 skanerlarini lazer nurlarining fokuslanishi.
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/120
    Sana16.12.2023
    Hajmi9,23 Mb.
    #121051
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
    Bog'liq
    137 ЗГА-Дарслик-2020-5

    4.5.6 – rasm. Leica Geosystems firmasining Yerusti lazerli skanerilari: – 
    HDS 2500; – HDS 3000; – ScanStation 2; – HDS 4500; – HDS 6000 
     
    ScanStation lazer skanerlari Yerusti lazerli skaneri HDS 3000ni konstruktiv 
    jihatdan davomi hisoblanadi. Bu skanerlarni asosiy farqlanadigan tomoni 
    shundan iboratki, unda og‘ish burchagini kompensatsiyalaydigan ikki o‘qli 
    kompensator o‘rnatilgan, uni ishlash aniqligi 1"ni tashkil etadi va lazerli 
    markazlashtirish bilan jihozlangan, shuning uchun uni oddiy elektron 
    taxeometrdan orientirlash mumkin. Bundan tashqari ScanStation Yerusti lazerli 
    skaneri raqamli kamera bilan jihozlangan. 
    2007 yildan Leica Geosystems firmasi ScanStation 2 lazer skanerini chiqara 
    boshladi, uni oldingi skanerlardan farqi shundaki, uni skanerlash tezligi juda 
    yuqori bo‘lib va boshqa texnik xarakteristikalari takomillashtirilgan. Bundan 
    tashqari shuni ta’uidlash kerakki, HDS 3000, ScanStation va ScanStation 2 Yerusti 
    lazerli skanerilari lazer nurlari tomonidan 25 metr masofada fokusga ega (4.5.7 – 
    rasmdagidek). Bu shuni anglatadiki, skanerdan ob’ektgacha bo‘lgan masofa 50 
    bo‘lganda yuqorida qayd etilgan Yerusti lazerli skanerilarini lazer nurlarini 
    diametri kattalashmaydi.
    4.5.7 – rasm. HDS 3000, ScanStation va ScanStation 2 skanerlarini 
    lazer nurlarining fokuslanishi.
     
    Leica HDS 4500 va HDS 6000 skanerlari alohida e’tiborga loyiq [105]. 
    HDS 4500 lazer skanerlari juda yuqori skanerlash tezligiga ega (650 000 
    nuqta/s), boshqa skanerlar 1000-8000 nuqta/s tezlikka ega. Shu bilan bir vaqtda 
    olingan koordinatalar aniqligi boshqa skanerlar bilan olingan koordinatalar 
    aniqligidan qolishmaydi. HDS 4500 modelini vertikal tekislikda qurish maydoni 
    310° tashkil etadi, shuning uchun skanerlashda “o‘lik zona” o‘lchamlari juda ham 
    kichik bo‘ladi. Skanerlash tezligini katta bo‘lishiga erishishni asosiy sababi masofa 
    S
    ka
    ne
    rl
    as

    ko
    `z
    gus

    Lazer nurini fokusi 


    - 185 - 
    o‘lchashda fazaviy usulni qo‘llanilishida. Masofa o‘lchashda fazaviy 
    yetishmovchilikni yechish uchun qo‘pol va aniq deb nomlangan ikkita belgilangan 
    elituvchi chastota qo‘llaniladi . HDS 4500 skanerlarini Zoller+Fröhlich firmasi 
    yaratganligi uchun, bu skanerni ikkinchi nomi Z+F Imager 5003 deb nomlanadi 
    (4.5.8 – rasm). 
    a b 

    Download 9,23 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish