146
6.3-rasm. Tarmoq bilan bog‘langan quyosh fotoelektrik tizimi,
1 – quyosh paneli; 2 – invertor; 3 – tarmoq; 4 – yuklama
Quyosh fotoelektrik stansiyali zaxira elektr ta’minot tizimlari
Elektr iste’molchi ob’yektlar markazlashtirilgan elektr ta’minot
tarmoqlariga
ulangan bo‘lsada ushbu bog‘lanish ishonchli bo‘lmasa, bunday holatlarda rezerv
quyosh tizimlaridan foydalaniladi. Tarmoqda kuchlanish bo‘lmagan
vaqtlarda ham
mavsumiy vaqtlarda elektr ta’minot uchun rezerv tizimlar qo‘llaniladi. Kichik rezerv
quyosh tizimlari aloqa vositalari, kompyuterlar (telefon, radio, faks va hakozo) elektr
ta’minoti uchun foydalaniladi. Yirik quyosh rezerv tizimlari tarmoqda uzulishlar
bo‘lgan vaqtlarda muzlatgichlarni ham energiya bilan ta’minlash mumkin.
Yuklanmani zaruriy oziqlantirish uchun, ayniqsa tez-tez tarmoqda uzulishlar bo‘lgan
vaqtda fotoelektrik tizim katta quvvatga ega bo‘lishi zarur.
Agar tarmoq mavjud bo‘lsa, tizim odatdagidek u bilan bog‘langan holda ishlaydi.
Tizim
quyosh paneli, kontroller,
akkumulyator batareyasi, kabellar,
invertor,
yuklama va tayanch strukturadan iborat (6.4-rasm).
147
6.4-rasm. Quyosh fotoelektrik qurilmali zaxira elektr ta’minot tizimi,
1 – quyosh paneli; 2 – invertor; 3 – AB; 4 – tarmoq; 5 – yuklama