diagrammasi. 3.2.3. Diagonal turbinalar Diagonal turbina parrakli turbina bo‘lib, parraklarining o‘qi rotor o‘qiga
perpendikulyar joylashmasdan balki, 30
0
, 45
0
, 60
0
ostida joylashadi. Parraklarning
ko‘rsatilgan burchaklar ostida joylashishi, spiral kamera bo‘ylab harakatlanayotgan
suvning trayektoriyasi so‘rib ketish quvuriga ravon oqib o‘tishini va gidravlik
qarshiliklarni kamayishiga olib keladi. Diagonal turbinalar xuddi parrakli turbinalarga
o‘xshash keng diapazonda tartibga solish imkoniyatiga ega bo‘lib, barqaror
bo‘lmagan suv sarflarida va o‘zgaruvchan elektr yuklamasida ham ishlashga
moslashgan.
Hozirda MNTO INSETbirlashmasida quyidagi xarakteristikalar bilan
ishlaydigan 20 PrD diagonal turbinasi ishlab chiqarilmoqda (3.1-jadval va 3.9-rasm).
3.1-jadval. 20 PrD diagonal turbinaning xarakteristikalari T.R.
Parametrlari
Mikro GES
20 PrD
1.
Quvvat, kVt
10 ÷ 20
2.
Bosim, m
8÷18
3.
Suv sarfi, m
3
/s
0,08÷0,17
4.
Turbina rotorining aylanish tezligi, min
-1
1500
5.
Nominal kuchlanish, V
230, 400
6.
Elektr tokining nominal chastotasi, Gs
50
a) b) 3.9-rasm. 20 PrD parrakli diagonal turbinaning o‘rnatilish sxemasi, a-umumiy ko‘rinishi; b -ishchi holatidagi ko‘rinish sxemasi. 3.9-rasmdagi turbinalar va mikroGESlarni tanlash diagrammasida, 20PrD
parrakli diagonal turbinalar bilan jihozlangan mikroGESlarning ishlash diapazoni
quyidagicha: quvvati - 4,8 kVt dan 120 kVt gacha; suv sarfi - 50 l/s dan 600 l/s
gacha; bosimi- 6 m dan 52 m gacha o‘zgarib turishini ko‘rish mumkin.