• O‗lchashlarni bajarish metodikasi.
  • “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Davlat standart namunasi bu metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan tan olingan va 
    davlat metrologik nazorati va tekshiruvi doirasida bo‘lgan xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘llaniladigan 
    standart namunalardir. Korxonaning standart namunasi bu korxona rahbari (tarmoq, tashkilot) 
    tomonidan tasdiqlangan va tegishli me‘yoriy hujjatlar talabiga mos holda, hamda davlat 
    metrologiya nazorati va tekshiruvi doirasidan tashqarida qo‘llaniladigan standart namunadir. 
    Yaroqlilik muddati o‘tgan va O‘z Dst 8.004 ga muvofiq bo‘lmagan ―SN‖dan foydalanish 
    ta‘qiqlanadi. 
    O‗lchashlarni bajarish metodikasi. 


    58 
    O‘lchashlarni bajarish metodikalari o‘lchashlar birliligini ta‘minlash tizimining zarur va 
    muhim tashkil etuvchisidir. O‘z DSt 8.010.1:2002 "O‘z O‘DT. Metrologiya. Atamalar va ta‘riflar. 
    Asosiy va umumiy atamalar" standartida o‘lchashlarni bajarish metodikasi o‘lchashlardagi ishlar va 
    qoidalarning o‘rnatilgan majmui sifatida ta‘riflangan. O‘lchash ishlari va qoidalari bajarilganda 
    o‘lchashlar natijalari kafolatlangan aniqlikda olinadi. 
    O‘lchashlarni bajarish metodikasida o‘lchash natijalarining xatoliklari baholangan bo‘lishi 
    va muayayn o‘lchash sharoitlarida o‘rnatilgan aniqlikni ta‘minlashi lozim. O‘lchashlar belgilangan 
    tartibda attestatlangan o‘lchashlarni bajarish metodikasiga muvofiq bajarilishi lozim. O‘lchashlarni 
    bajarish metodikasini ishlab chiqish va metrologik attestatlash tartibi O‘zstandart Agentligi 
    tomonidan o‘rnatiladi. 
    O‘lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O‘z DSt 8.016:2002 "O‘z O‘DT. 
    O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar" da o‘rnatilgan. 
    O‘lchashlarni bajarish metodikasi (O‘BM) ni ishlab chiqishda O‘z T 51-088:1999 "O‘Z 
    O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari, tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi" 
    ning nizomlaridan foydalanish tavsiya etiladi. 
    Ma‘lumki, har qanday o‘lchashlarni ayrim qoida va muolajalar birlashmasi deb yuritish 
    mumkin, ularni bajarish esa ma‘lum xatolik bilan o‘lchash natijalariga erishishni ta‘minlaydi. 
    Amalda o‘lchash protseduralarini tartiblash: 
    - ko‘plab murakkab o‘lchashlarni shu jumladan modda va materiallarning tarkibini o‘lchashda 
    asosiy ish quroli (instrument) bo‘lib hisoblanadi. 
    O‘BM - bu hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo‘lib ularni bajarish kafolatlangan 
    aniqlikdagi o‘lchash natijalari olishni ta‘minlaydi. 
    O‘BM - metrologik attestatsiyaga tortiladi. 
    O‘BM - O‘zstandart tomonidan tasdiqdan va davlat reestridan o‘tgandan keyin qo‘llaniladi. 
    O‘BM - metrologik nazorat va tekshiruv ob‘ektlari hisoblanadi. (―Metrologiya to‘g‘risida‖ - 13 
    modda DMN va tekshiruv ob‘ektlari) 
    O‘BM - metrologik xarakteristikalarga ega. 
    Asosiy metrologik xarakteristikalar bo‘lib

    o‘lchash diapazonini o‘z ichiga olgan qo‘llanilish sohasi; 

    ta‘sir qiluvchi omillarni cheklovchi parametrlar; 

    muntazam va tasodifiy tashkil etuvchilardan iborat o‘lchash xatoliklari. 
    O‘V kabi O‘BM metrologik attestatsiyaga tortiladi. 
    DMN va T doirasidagi O‘BM ning attestatsiyasi O‘zstandart tomonidan akkreditlangan. Davlat 
    metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘BM 
    ekspertizasini O‘zstandart tarkibidagi O‘zbekiston metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish bosh markazi 
    o‘tkazadi. 
    O‘zRST 8.016 va GOST 8.010- talablariga javob bermaydigan O‘BM qo‘llanilishiga yo‘l 
    qo‘ymaydi. 
    O‘BM qonuniyligini o‘rnatish bo‘yicha ishlar kompleksi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: 
    1. O‘BM metrologik ekspertizasi programmasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash. 
    2. Yangi ishlab chiqarilgan O‘BM - loyihasi yoki amaldagi qayta ko‘rib chiqilayotgan 
    O‘BM ning metrologik ekspertizasi. ―Metrologik ekspertiza – bu ekspert – metrologlar tomonidan 
    o‘lchashlar birliligi va aniqligi bilan bog‘liq bo‘lgan talablar, qoida va normalarning to‘g‘ri 
    qo‘llanilishining tahlili va baholanishidir‖. 
    3. Nazorat va eksperimental tadqiqotlar. 


    59 
    4. O‘BM natijalari bo‘yicha hujjatlarni metrologik ekspertizasi va O‘BM tasdiqlash va 
    registratsiyadan o‘tkazish. 
    5. O‘BM metrologik attestatsiyasi to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtirish. 
    O‘BM attestatsiyasi bo‘yicha ishlarning ijobiy natijalari bo‘yicha O‘zstandart O‘BM 
    hujjatlarning oxirgi tahririni tasdiqlaydi va O‘BM ga sertifikat rasmiylashtiradi. Sertifikat O‘BM 
    DMN va T doirasida, qo‘llanilishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi va besh yildan o‘tmagan 
    mudatga beriladi. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish