223
– o‘lchash vositalari texnik shartlarining ekspertizasi;
– o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarining ekspertizasi;
– o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarining ekspertizasi;
– o‘lchash vositalari va tizimlarini attestatlash uslubiyatlarining ekspertizasi;
Tadbirkorlik
sub‘ektlariga
qulay
sharoitlar
yaratish
uchun
o‘lchashlarni bajarish
uslubiyatlarining loyihalari va yakuniy tahrirlarini attestatlash, tasdiqlash va davlat reestrida
ro‘yxatga olish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida ekspertiza qilish, shuningdek
xorijiy ishlab chiqaruvchilarning O‘lchash vositasini tan olish tartibotini amalga oshirish uchun
IDXYAP (YEPIGU) orqali arizalar qabul qilish tizimi joriy qilingan.
―O‘zstandart‖ agentligining 2016 yil 17 iyuldagi 415 – sonli buyrug‘iga asosan
―O‘zstandart‖ agentligining metrologiya bo‘yicha vaqtinchalik Ilmiy – texnik komissiya (ITK)
a‘zolarining tarkibi tasdiqlangan. 10 – bo‘lim boshlig‘i metrologiya bo‘yicha Ilmiy – texnik
komissiya kotibidir. Metrologiya bo‘yicha ITK yig‘ilishlarida O‘V tasdiqlangan turini tan olish,
O‘V turini tasdiqlash bo‘yicha sinovdan o‘tkazish maqsadida hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish va
tasdiqlangan turdagi O‘V sertifikatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqiladi. Ushbu
yig‘ilishda ―O‘zstandart‖ agentligi bosh metrologi tomonidan tasdiqlanadigan ITK bayoni olib
boriladi.