184
tayyorlashdagi metrologik ta‘minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida
respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning eskport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmatlarning asosiy vazifasi ishlab chiqarish
metrologik ta‘minlash bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni metrologik ta‘minlash jarayonida talab qilingan sifat
ko‘rsatkichlariga har bir texnologik jarayonlarning nazoratini o‘lchashlarni bajarish yordamida
erishiladi. Bu bosqichda o‘lchash vositalari va usullari aniqlanib va o‘lchash nazorati va o‘lchash
jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar bajariladi, o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti ishlab
chiqiladi va attestatsiyalanadi, agarda me‘yoriy hujjatlarga muvofiqligi nazarda tutilgan bo‘lsa,
texnologik jarayonlar va texnikaviy hujjatlar metrologik ekspertizadan o‘tkaziladi.
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham
talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi
kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta‘minot yotadi.
Metrologik