176
Laboratoriya vibroo‘lchash o‘zgartirgichlari va vibrometplapni qiyoslash uskunasi bilan
jihozlangan. Uskuna 7,07 dan 300 mG‘s gacha vibrotezlanishga ega 20 dan 5000
Gts gacha
chastota diapazonidagi mexanik tebranish parametrlarini qayta tiklash va o‘lchash uchun
mo‘ljallangan.
Akustika va vibrasiya laboratoriyasi quyidagi o‘lchash
vositalarini qiyoslash, kalibrlash,
metrologik
attestatlash, sertifikasiya sinovlardan o‘tkazishni bajaradi: vibratsiya o‘lchagichlari,
shovqin o‘lchagichlari, laboratoriya vibromaydonchalari, elektrodinamik
vibratsion uskunalar,
vibrostendlar, vibrodatchiklar,
vibratsiya kalibratorlari, pistonfonlar, elektr
filtr va boshqalarning
barcha turlari.
Bo‘lim laboratoriyalari 2015 yilda namunaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlandi. 2250 – H
modelidagi vibratsiya analizatori laboratoriya va ishlab chiqarish xonalarida ishlayotgan asbob-
uskunalarning vibratsiya parametrlarini o‘lchash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, BPF
–
tahlil dasturini o‘z ichiga oladi.
Ayrim o‘ziga xos qo‘llanish doiralari:
• Sifatni tekshirish va sinash.
• Mahsulot ishlab chiqish.
• Mexanizmlar tahlili va nosozliklar qidiruvi.
• Bino vibratsiyasi
4231 akustik kalibrator shovqin o‘lchagichlar va boshqa shovqin o‘lchash
apparaturasini
akustik kalibrlash va darajalash uchun mo‘ljallangan. 4231 akustik kalibrator 1 aniqlik klassiga
mos.
4228 turdagi pistonfon tovush parametrlarini o‘lchash
asboblarini, jumladan shovqin
o‘lchagichlarni tez va aniq kalibrlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
tovush bosimining etalon
darajasini ta‘minlaydi. Tashqi barometrli 4228 turdagi pistonfon 0 aniqlik klassiga mos.
Mexanik
kattaliklarni
o‘lchash